Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Uzbekistan Airways Urganch – Milan – Toshkent yo‘nalishida ilk qatnovni amalga oshirdi

2022 19 Avgust
610
Ulashing

2022-yil 19-avgust kuni Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Urganch – Milan – Toshkent yo‘nalishida birinchi qatnovni amalga oshirdi. Boeing 767 havo kemasi 227 yo‘lovchini Milan shahrining Malpensa aeroportiga yetkazib qo‘ydi. 

Urganch xalqaro aeroportida Urganch – Milan – Toshkent ilk qatnovi munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi.  Ushbu tantanali marosimning ishtirokchilari Transport hududiy boshqarmasi xodimlari, sayyohlik agentliklari, bloger va ommaviy axborot vositalari, shuningdek Uzbekistan Airways aviakompaniyasi vakillari va yo‘lovchilar bo‘lishdi.

Tadbirda nafaqat O‘zbekistonda, balki undan tashqarida ham taniqli xonanda va bastakor Sevara Nazarxon ishtirok etdi. Ayni paytda u aviakompaniyaning yuzi hisoblanadi. Xonandaning yorqin ijrosi uning ovozi va mehmonlarning energiyasi birlashib jonli muhit yaratdi. Natijada, mehmonlar xonanda Sevara bilan birga eng yaxshi qo‘shiqlarni ijro etishdi.

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Italiyaga birinchi reysni 2000-yilda Toshkent – Rim – Toshkent yo‘nalishida amalga oshirgan. Bundan tashqari, 2007-yilda Toshkent – Milan – Toshkent yo‘nalishida birinchi reys amalga oshirildi. Biroq, 2019-yilda aviakompaniya Covid-19 koronavirus infektsiyasining tarqalishi sababli bir qator mamlakatlar, shu jumladan Italiya bilan aviaqatnovni to‘xtatdi.

Italiya – bu yuragi Abadiy Rim shahrida joylashgan, ikkinchi poytaxti esa Milan hisoblanadigan quyosh va uzumzorlar mamlakati. Har bir inson kamida bir marta Milanga tushida yoki haqiqatda tashrif buyurishni xohlagan. Ammo uning qiziq tomoni shundaki, bu shahar har kimga buning uchun o‘z sabablarini taqdim etadi. Ajoyib savdo uchun – Milan. Haqiqiy futbol – Milan. Yaqin insonlar bilan orzudagi ta’tillar – bu ham Milan.

Siz Milanga oshxonasi, arxitektura, boy tarixi yoki yangi tanishlar va kasbingiz uchun borishingiz mumkin. Milanda har bir inson o‘ziga kerakli narsani topadi. Bugundan boshlab Uzbekistan Airways yo‘lovchilari mehmonlarga hamisha yorqin xotiralarini baham ko‘rishga tayyor Yevropaning yana bir go‘zal shahrini kashf etishlari mumkin,

O‘zbekistondan Italiya shaharlariga yangi yo‘nalishlarning ochilishi tashqi iqtisodiy va madaniy-gumanitar munosabatlarni mustahkamlashga va turizm sohasini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi. Milan, Rim, Parij kabi shaharlarga parvozlarni tiklanishi madaniyatlarni bir-biriga yaqinlashtirish, shuningdek, mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni mustahkamlash imkonini beradi. Bugungi kunda respublikada turizmni rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Xavfsiz turizm uchun sharoit yaratish hukumatimiz tomonidan qo‘yilgan ustuvor vazifalardan biridir.  

Bugungi kunda Xorazm viloyati eng ko‘p tashrif buyuradigan sayyohlik lokatsiyasi hisoblanadi. 2018-yilda Italiyadan kelgan mehmonlarning sayyohlik yo‘nalishi boshlangan Xiva 2024 yil Islom dunyosining sayyohlik poytaxti deb e’lon qilindi. Ushbu unvonga olish uchun Lagos (Nigeriya), Dushanbe (Tojikiston), Abu-Dabi (Birlashgan Arab Amirliklari) va Shanliurfa (Turkiya) ham murojaat qilishdi. Bundan tashqari, “Lazgi” xalqaro raqs festivali kabi yirik va boshqa madaniy tadbirlarni o‘tkazish Urganch va Xiva, shuningdek, o‘zbek xalqi va uning an’analari haqida ko‘proq ma’lumot olish imkonini beradi.

PDF-ni yuklab oling