Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.
O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar
xavfsizligini nazorat qilish davlat
inspeksiyasi boshlig‘ining 2012-yil
27-dekabrdagi 14 n-son buyrug‘iga ilova
QOIDALARI
Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Havo kodeksining 921-moddasiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 247-modda) muvofiq yo‘lovchining havo kemasi ichidagi yurish-turish qoidalarini belgilaydi.
I bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
2. Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining tashuvchilari tomonidan tashiladigan barcha yo‘lovchilar uchun majburiydir.
II bob. Yo‘lovchining havo kemasi ichidagi yurish-turishi
3. Havo kemasi (bundan buyon matnda HK deb yuritiladi) ichida yo‘lovchi quyidagilarni bajarishga majburdir:
4. Yo‘lovchi HK ichida quyidagilarni amalga oshirishi taqiqlanadi:
5. HK ichidagi yurish-turish qoidalari yo‘lovchi tomonidan parvoz xavfsizligiga tahdid tug‘diradigan yoxud shaxslarning hayotiga yoki sog‘lig‘iga va mol-mulkiga tahdid tug‘diradigan tarzda buzilsa, u bilan tuzilgan tashish shartnomasi tashuvchi tomonidan tashish yo‘nalishining istalgan manzilida bekor qilinishi mumkin.
III bob. Yo‘lovchining huquqlari
6. Yo‘lovchi HK ekipaji a’zolaridan tashish shartnomasi shartlarida belgilangan xizmatlarning ko‘rsatilishini talab qilishga haqlidir.
7. Yo‘lovchi jamoat tartibini buzayotgan, o‘zini yoki boshqa shaxslarni zaruriyatsiz bezovta qilayotgan hamda sha’ni va qadr-qimmatiga putur yetkazayotgan, mol-mulkiga yoki sog‘lig‘iga yoxud hayotiga xavf tug‘dirayotgan yo‘lovchiga ta’sir ko‘rsatish talabi bilan HK ekipaji a’zolariga murojaat qilish, shuningdek xuddi shunday harakatlar qilayotgan HK ekipaji a’zolari ustidan shikoyat qilish huquqiga ega.
Qonun hujjatlariga muvofiq yo‘lovchi boshqa huquqlarga ham egadir.
IV bob. Yakuniy qoidalar
8. Mazkur Qoidalar talablarini buzganlikda aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.