Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Включить озвучивание

COVID-19

O'zingiz va boshqalarni CORONAVIRUS - COVID-19 infektsiyasidan saqlang

Koronavirus nafas yo'llaridagi hujayralarni zararlaydi. Inkubatsiya davri 2 kundan 14 kungacha. Koronavirus belgilari: isitma (harorat), yo'tal, nafas qisishi.

Infektsiyani oldini olish chora-tadbirlari:

  • Qo'llaringizni spirtga asoslangan nam salfetkalar bilan tez-tez artib turing, spirtli dezinfektsiyalovchi vositalardan foydalaning yoki qo'lingizni sovun bilan yuving. Respirator kasalliklari va 37 darajadan yuqori harorati bo'lgan yo'lovchilar parvozga yo'l qo'yilmaydi.
  • Shamollash yoki gripp belgilari bo'lgan odamlar bilan yaqin aloqada bo'lishdan saqlaning.
  • Ro'yxatdan o'tishda, yukni qabul qilishda ijtimoiy masofaga rioya qiling - odamlar orasidagi masofa kamida 2 metr.
  • Epidemiyaga qarshi kurashish qoidalariga rioya qilinmagan taqdirda, 10 BHQ (bazaviy hisoblash qiymatlari)gacha ma’muriy javobgarlik nazarda tutiladi

distance

Biz sizning salomatligingiz haqida qaygʻuramiz.

Har bir parvozdan so'ng samolyotni maxsus vositalar bilan puxta tozalash amalga oshiriladi, barcha sirtlar va buyumlarga ishlov beriladi. Dezinfeksiya salonlarda ham, bagaj bo'limlarida ham amalga oshiriladi. Barcha "Uzbekistan Airways" samolyotlari zamonaviy HEPA-filtrlari bilan jihozlangan bo'lib, ular 99,97% yaqin virus va bakteriyalarni ushlab qoladi.

filters

Koronavirusning tarqalishini oldini olish va infektsiyaga qarshi xavfsizlikni ta'minlash bo'yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun barcha ekipaj a'zolari parvozdan oldin umumiy sog'liq holati va haroratni o'lchash uchun majburiy tekshiruvdan o'tadilar. Parvoz davomida ular xam yo'lovchilar kabi, niqob va himoya qo'lqoplarini taqishadi.

preflightpilots

Ro'yxatdan o'tish tartibi va havo kema bortida o'zini tutish qoidalari.

rules

Hurmatli yo'lovchilar!

Koronavirus pandemiyasi davrida o'zingiz va yaqinlaringiz xavfsizligini ta'minlash uchun havo kema salonida bajarilishi zarur bo'lgan ba'zi qoidalar va tavsiyalar bilan tanishib chiqishingizni so'raymiz:

  • Respublika ichidagi reyslarga COVID-19 kasalligi yo'qligi to'g'risidagi ma’lumotnoma va tashxis natijalari talab qilinmaydi.
  • Kirish joyida termometriya o'tkaziladi va tana harorati 37 darajadan oshmasligi kerak. Agar yo'lovchining harorati 37,5C dan yuqori bo'lsa, burun oqishi, yo'tal va/yoki nafas olish qiyinlashganda, unga samolyotga chiqish taqiqlanadi.
  • Yo'lovchilarga aeroport terminaliga va havo kema bortiga faqat niqob va qo'lqopda kirishga ruxsat beriladi, shuning uchun ularning mavjudligiga oldindan ishonch hosil qilishingizni so'raymiz.
  • Aeroport binosida yo'lovchilar og'zi va burnini yopadigan niqob taqishlari shart (2 yoshgacha bo'lgan bolalar bundan mustasno);
  • Siz bolalar bilan sayohat qilsangiz, samolyot saloniga qo'l yuki sifatida, parvoz paytida sizga kerak bo'lishi mumkin bo'lgan ayollar sumkasi, portfel, noutbuk va bolalar aksessuarlarini olishingiz mumkin. Qolgan buyumlar parvoz uchun ro'yxatdan o'tish vaqtida bagajga topshirilishi kerak;
  • Samolyotga chiqish va tushish paytida, bort kuzatuvchilar ko'rsatmalariga qat'iy amal qilishingizni, ekipaj ko'rsatmasiga qadar o'z joylaridan turmasligingizni va ijtimoiy masofaga qat'iy amal qilishingizni so'raymiz.
  • Koronavirus infektsiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida Sizdan parvoz davomida samolyot bortida ehtiyoj bo'lmasa shaxsiy himoya vositangizni yechmasligingizni va salon bo'ylab harakatlanishni, shu jumladan hojatxonaga tashrif buyurishini iloji boricha cheklashingizni so'raymiz. Hojatxonaga kirish uchun yorug'lik tablosiga e'tibor bering. Hojatxonaga navbatda turishga yo'l qo'yilmaydi. Hojatxonada qo'l uchun o'rnatilgan dezinfektsiya vositalaridan foydalaning
  • Yo'lovchilarga ovqatlanish vaqtidan tashqari parvoz davomida niqoblarni olib tashlash taqiqlanadi. Chaqaloqlar (0 dan 2 yoshgacha) nafas olish qiyinlashuvi va bo'g'ilish xavfi bilan bog'liq holda taqishga yo'l qo'yilmaydi. 2 dan 12 yoshgacha bo'lgan bolalar tegishli o'lchamdagi niqoblardan foydalanishlari kerak.
  • Yurak kasalliklari va nafas olish kasalliklari, astma, autizm bilan og'rigan bemorlar, uzoq vaqt davomida niqob taqish imkoniga ega bo'lmaganlar shaxslarga, shifokorning tegishli xulosasiga ko'ra, niqobdan foydalanmagan holda parvozga ruxsat etiladi.
  • 4 soatdan kam davom etadigan reyslarda issiq ovqat tarqatilishiga ruxsat berilmaydi (yostiq va pletlardan foydalanish 5 yoshgacha bo'lgan bolalar va nogironlar uchun istisno tariqasida ruxsat etiladi).

Suv, eshitish vositasi, oziq-ovqat, yo'l va bolalar to'plamlari alohida paketlarda beriladi.

Bort jurnallari va matbuot vaqtincha mavjud bo'lmaydi.

Kiritilgan cheklovlar parvoz haqidagi taassurotingizga ta'sir qilmasligiga umid qilamiz. Epidemiologik vaziyat yaxshilangan zahoti, yana to'liq servis xizmat ko'rsatishga qaytamiz.

Sizga yoqimli parvoz tilaymiz va tushunganingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz.

O'zingiz va yaqinlaringizni asrang.

Reyslar jadvali

Yo'nalish Qatnov raqami Qatnov bajariladigan kunlar Ketish vaqti Kelish vaqti  
Termiz-Farg'ona 66 Dushanba 10:45 12:05 Chipta sotib olish
Farg'ona-Termiz 65 Payshanba 08:40 10:10 Chipta sotib olish
Samarqand-Namangan 47 Chorshanba, shanba 11:55
15:00
12:55
16:00
Chipta sotib olish
Namangan-Samarqand 48 Chorshanba, shanba 13:45
16:50
14:50
17:55
Chipta sotib olish
Samarqand-Farg'ona 87 Dushanba, seshanba 12:55
15:00
13:55
16:00
Chipta sotib olish
Farg'ona-Samarqand 88 Dushanba, seshanba 14:45
16:50
15:50
17:55
Chipta sotib olish
Samarqand-Urganch 49 Dushanba, chorshanba 08:50
15:40
10:05
16:55
Chipta sotib olish
Urganch-Samarqand 50 Dushanba, chorshanba 10:55
17:45
12:05
18:55
Chipta sotib olish
Toshkent - Buxoro 23 Chorshanba, shanba, yakshanba 07:00
08:20
08:10
09:30
Chipta sotib olish
Buxoro - Toshkent 24 Chorshanba, shanba, yakshanba 08:50
10:10
21:00
09:50
11:10
22:00
Chipta sotib olish
Toshkent - Andijon 23 Seshanba, juma 09:00 10:00 Chipta sotib olish
Andijon - Toshkent 24 Seshanba, juma 10:40 11:30 Chipta sotib olish
Toshkent - Samarqand 45 Shanba 17:25 18:20 Chipta sotib olish
Samarqand - Toshkent 46 Shanba 20:30 21:20 Chipta sotib olish
Toshkent - Namangan 23 Dushanba, payshanba 08:35 09:35 Chipta sotib olish
Namangan - Toshkent 24 Dushanba, payshanba 10:15 11:05 Chipta sotib olish
Toshkent - Nukus 11, 17 Har kuni 07:25
19:00
09:05
20:40
Chipta sotib olish
Nukus - Toshkent 12, 18 Har kuni 09:45
21:20
11:05
22:40
Chipta sotib olish
Toshkent - Urganch 51 Har kuni 07:25
19:00
13:40
20:25
17:55
08:55
20:30
15:10
21:55
19:25
Chipta sotib olish
Urganch - Toshkent 52 Har kuni 09:35
21:10
22:20
22:35
20:05
10:55
22:30
23:40
23:35
21:25
Chipta sotib olish
Toshkent - Termiz 65 Dushanba, chorshanba, shanba 08:45
07:00
10:15
10:05
10:10
11:35
Chipta sotib olish
Termiz - Toshkent 66 Dushanba, chorshanba, shanba 10:45
11:00
12:15
13:35
12:10
13:25
Chipta sotib olish
Toshkent - Navoi 31 Seshanba, juma 08:20
20:00
09:20
21:00
Chipta sotib olish
Navoi - Toshkent 32 Seshanba, juma 10:00
21:40
11:00
22:40
Chipta sotib olish
Yo'nalish Reys raqami Reysni amalga oshirish kunlari Uchish/kelish vaqti Uchish/kelish vaqti (teskari reys)  
Toshkent - Nyu-York - Toshkent HY 101/102 Yakshanba 06:45/10:55 13:25/10:25+1 Chipta sotib olish
Toshkent – Moskva - Toshkent HY 603/604 Seshanba, Shanba 08:05/10:15 11:45/17:30 Chipta sotib olish
Toshkent – Minsk - Toshkent HY 709/710 Dushanba, Payshanba 08:30/11:45 13:15/20:00 Chipta sotib olish
Toshkent - Dehli - Toshkent HY 421/422 Seshanba, juma 02:30/06:00
08:50/11:20
09:00/11:30
08:30/11:00
Chipta sotib olish
Toshkent – Frankfurt - Toshkent HY 231/232 Payshanba 05:45/09:40 11:40/20:55 Chipta sotib olish
Toshkent – Istanbul - Toshkent HY 271/272
HY 273/274
Har kuni 07:40/11:00
17:00/20:20
12:30/19:00
21:45/04:15+1
Chipta sotib olish
Toshkent - Riga - Toshkent HY 103/104 Dushanba 09:00/12:30 14:00/21:00 Chipta sotib olish
Toshkent - Tbilisi - Toshkent HY 745/746 Seshanba, juma 08:40/11:00 12:00/16:00 Chipta sotib olish
Toshkent - Tel-Aviv - Toshkent HY 301/302 Dushanba 08:05/11:35 13:35/20:25 Chipta sotib olish
Toshkent – Dubay - Toshkent HY 333/334 Dushanba, chorshanba, payshanba, juma, yakshanba 08:25/11:00 12:30/16:40 Chipta sotib olish
Toshkent – Sharja - Toshkent HY 333/334 Seshanba 08:25/11:00 12:30/16:40 Chipta sotib olish
Toshkent – Seul - Toshkent HY 511/512 Payshanba, yakshanba 22:15/08:25+1 10:10/13:20 Chipta sotib olish
Toshkent – Olmaota - Toshkent HY 761/762 Har kuni 07:30/10:00
08:25/10:55
14:00/16:30
15:20/17:50
20:15/22:45
11:00/11:40
11:55/12:35
17:30/18:10
18:55/19:35
23:45/00:05+1
Chipta sotib olish
Toshkent - Nur-Sultan - Toshkent HY 721/722 Seshanba, juma, yakshanba 13:00/16:00
15:30/18:30
17:00/18:00
19:30/20:30
Chipta sotib olish
Toshkent - Dushanbe - Toshkent HY 717/718 Chorshanba, shanba 08:00/09:00 11:00/12:00 Chipta sotib olish
Toshkent – Bishkek - Toshkent HY 777/778
HY 779/780
Dushanba, payshanba, shanba 15:50/18:00
15:05/17:15
09:00/11:10
19:30/19:50
18:40/19:00
12:30/12:50
Chipta sotib olish
Samarkand - Istanbul - Samarkand HY 275/276 Dushanba, chorshanba, juma 20:05/23:05 00:35/06:50 Chipta sotib olish
Farg’ona - Istanbul - Farg’ona HY 277/278 Chorshanba, shanba 08:50/12:30 14:00/20:50 Chipta sotib olish
Urganch - Aktau - Urganch HY 725/726 Chorshanba, shanba 16:40/18:20 19:20/20:50 Chipta sotib olish

O'zbekistonga kirish qoidalari.

O‘zbekiston Respublikasining yangilangan talablariga muvofiq, 2 yoshdan katta bo‘lgan chet eldan kelayotgan yo‘lovchilar O‘zbekistonga kelishdan oldin 72 soat ichida O‘zbekiston sifat standartlariga javob beruvchi laboratoriyalarda PZR-testini topshirishlari va testning rus yoki ingliz tilidagi manfiy natijasini olishlari kerak. Testing manfiy natijasi bo‘lmagan va/yoki noto‘g‘ri ma’lumotnomaga ega bo‘lgan yo‘lovchilar parvozga ro‘yxatdan o‘tkazilmaydi.

Amaldagi laboratoriyalarning tasdiqlangan ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologiya xizmatining rasmiy veb-saytida, COVID-19 LAB (http://sanepid.uz/oz) bo‘limida taqdim etilgan.

O'zbekiston Respublikasi fuqarolarining chiqish qoidalari.

Hurmatli yo‘lovchilar!

Eslatib o‘tamiz, 2017-yil 16-avgustdagi PF-5156-son farmonning 3-bandiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining amaldagi biometrik pasporti ("yashil pasport") O‘zbekistondan chiqib ketish uchun faqat 2021-yil 1-yanvargacha amal qiladi. Yuqoridagi sanadan boshlab mamlakatdan chiqish faqat yangi turdagi xorijga chiqish biometrik pasport ("qizil pasport") bilan amalga oshiriladi.

Biroq, siz "yashil pasport" bilan uning amal qilish muddati tugagunga qadar O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilishingiz hamda O‘zbekiston hududiga kirishingiz mumkin.

Kelishi bilan isitma yoki boshqa alomatlar kuzatiladigan yo'lovchilar I.Karimov nomidagi "Toshkent" xalqaro aeroportida tekshiriladi. PCR testining ijobiy natijasi bo'lgan yo'lovchilar davolanish uchun kasalxonaga yotqiziladi.

Iltimos, O'zbekiston Respublikasi fuqarolarining yuqorida qayd etilgan mamlakatlarga uchib ketishlarini istasangiz, belgilangan mamlakatda sanitariya talablarini mustaqil ravishda aniqlab olishingiz va aviachiptalarni sotib olishdan oldin yuqorida ko'rsatilgan mamlakatlarga kirish huquqini beruvchi tegishli asoslar mavjudligiga ishonch hosil qilishingiz kerak.

O‘zbekiston fuqarolarining chet elga chiqib ketishiga qo‘yiladigan asosiy talablar to‘g‘risida batafsil ma’lumotni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining veb-saytidan olishingiz mumkin https://mfa.uz/ru/press/news/2020/09/24635/

O‘zbekiston fuqarolarining o‘qish uchun chet elga chiqishga qo‘yiladigan asosiy talablar to‘g‘risida batafsil ma’lumotni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining veb-saytidan olishingiz mumkin https://mfa.uz/ru/press/news/2020/09/24636/

Ushbu reyslarga aviachiptalarni aviakompaniya veb-saytida, mobil ilova orqali, shuningdek, "Uzbekistan Airways" AJ ning yaqin Sotuv ofislarida yoki O'zbekiston Respublikasida va chet elda sotiladigan agentlardan xarid qilishingiz mumkin.

Fuqarolarining kirish qoidalari.

  • O‘zbekiston Respublikasining yangilangan talablariga muvofiq, 2 yoshdan katta bo‘lgan chet eldan kelayotgan yo‘lovchilar O‘zbekistonga kelishdan oldin 72 soat ichida O‘zbekiston sifat standartlariga javob beruvchi laboratoriyalarda PZR-testini topshirishlari va testning rus yoki ingliz tilidagi manfiy natijasini olishlari kerak. Testing manfiy natijasi bo‘lmagan va/yoki noto‘g‘ri ma’lumotnomaga ega bo‘lgan yo‘lovchilar parvozga ro‘yxatdan o‘tkazilmaydi. Amaldagi laboratoriyalarning tasdiqlangan ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologiya xizmatining rasmiy veb-saytida, COVID-19 LAB (http://sanepid.uz/oz) bo‘limida taqdim etilgan.
  • Yo'lovchilar aeroport terminali va samolyot sahniga qo'lqop va niqop taqqan holdagina qiritiladilar, shuning uchun ularni oldindan yoningizda bo'lishini ta'minlashingizni so'raymiz.
  • Kirish joyida termometriya o'tkazilaydi va tana harorati 37 darajadan oshmasligi kerak.
  • COVID-19 kasalligi yo'qligi to'g'risida ma'lumotnoma va tahlil natijalari mahalliy yo'nalishlarda talab qilinmaydi.
  • Shaxsiy himoya vositalarini parvoz davomida yechmaslik tavsiya etiladi.

AQSh Yuqumli kasalliklarni tarqalishini nazorat qilish markazi 2021-yil 26-yanvardan boshlab AQShga chet eldan kelgan 2 va undan katta yoshdagi aviayo'lovchilar parvozga ro‘yxatdan o‘tish paytida kamida 72 soat ichida amalga oshirilgan COVID-19 uchun SARS-COV-2 PZR usuli bilan topshirligan testdan o‘tganligi ma’lumotnomasiga ega bo‘lishi kerakligini e‘lon qildi. Ma’lumotnoma ingliz tilida bo‘lishi kerak. PCR-testning manfiy natijasini taqdim etmagan yo‘lovchilar AQSh qatnovlariga ro‘yxatdan o‘tkazilmaydilar.

1-apreldan Nyu-York shtatining sanitariya xizmatiga shakl to'ldirish va jo'natishning elektron uslubi kiritildi.

Shaklni to'ldirish uchun quyidagilar kerak bo'ladi:

1. Internetga kirish

2. Veb-brauzerning manzil satriga traveler.health.ny.gov manzilini kiritish

3. Sahifaga kiritish so'rovnomani elektron shaklda kiritish

COVID-19 testining "manfiy" natijasi va yuqorida ko'rsatilgan shaklni to'ldirish shart!

So‘rovnomaning elektron shaklini veb-saytda to‘ldirish mumkin - traveler.health.ny.gov

Yo‘riqnoma

Hurmatli yo‘lovchilar!

2020-yil 21-dekabrdan boshlab Belarus Respublikasiga kirish, hududi orqali o‘tish va tranzit qoidalariga o‘zgartirishlar kiritilganiga e’tiboringizni qaratamiz.

alt

Batafsil ma’lumot bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin:

https://mfa.gov.by/ministry/COVID19/information/regimes/

Sizga yoqimli va xavfsiz parvozlar tilaymiz!

"Uzbekistan Airways" AJ

I. Qozog‘istonga xalqaro parvozlarni amalga oshirish uchun sanitariya va karantin talablari:

1. Qozog‘iston Respublikasining davlat chegarasini kesib o‘tayotganda barcha yetib kelgan shaxslar, Qozog‘iston Respublikasi davlat chegarasini kesib o‘tish vaqtida muddati berilgan kundan boshlab, 3 kundan oshmagan COVID-19 uchun PZR usuli bilan topshirilgan testning manfiy natijali Ma’lumotnomasini (keying o‘rinlarda - Ma’lumotnoma) topshirishlari shart, 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar bundan mustasno, ularga hamrohlik qilayotgan shaxslarda Ma’lumotnoma bo‘lishi zarur.

2. Agar ma’lumotnomat rus / ingliz / qozoq tillarida rasmiylashtirilmagan bo‘lsa, uni ingliz yoki rus tillariga tarjima qilish talab qilinadi.

II. Pandemiya paytida Qozog‘istonning Davlat chegarasini kesib o‘tish tartibi.

1. Karantin cheklovlari davrida Qozog‘iston Respublikasi hududiga kirish uchun chet el fuqarosi Qozog‘iston Respublikasi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlarni tiklagan mamlakat fuqarosi bo‘lishi va ushbu mamlakatdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri qatnov bilan kelishi kerak. Ya’ni, Toshkent-Olmaota / Nur-Sulton-Toshkent qatnovlarida faqat to‘g‘ridan-to‘g‘ri rqatnovlar tiklangan 11 mamlakat fuqarolari tashuvga qabul qilinadi. "Qozog‘iston Respublikasi chegarasini kesib o‘tish tartibi" bo‘yicha batafsil ma’lumotni quyidagi manzildan olishingiz mumkin: https://www.gov.kz/memleket/entities/shekaraknb/press/news/details/poryadok-peresecheniya-gosudarstvennoy-granicy-respubliki-kazahstan-na-period-karantinnyh-ogranicheniy?lang=ru.

3. Qozog‘iston Respublikasining chet el fuqarolari uchun viza rejimi.

Qozog'iston Respublikasi Hukumatining qaroriga muvofiq 2021-yilning 1- mayigacha 57 davlatning chet el fuqarolari uchun Qozog‘istonga kirish, qolish va chiqishning vizasiz rejimi to‘xtatilgan. Viza rejimi to‘g‘risida batafsil ma’lumotni quyidagi manzildan olishingiz mumkin: https://www.gov.kz/memleket/entities/mfa/press/article/details/6764?lang=ru

Anketa

Germaniyaga kiradigan barcha yo‘lovchilar reysga chiqishdan oldin COVID testining manfiy natijasini taqdim etishlari shart.

- Aviakompaniyalarga COVID testining manfiy natijasi bo‘lmagan yo‘lovchilarni tashishga ruxsat etilmaydi.

- Agar yo‘lovchilar uchishdan oldin test sinovini topshirmagan bo‘lsa, aviakompaniyalar qo‘nishdan oldin test sinov o‘tkazish imkoniyatini taklif qilishi mumkin.

- COVID testining musbat natijasi bo‘lgan yo‘lovchilarni tashish taqiqlanadi.

- Test JSST tavsiyalariga muvofiq xususiyatlarga ega bo‘lgan, PCR yoki tezkor antigen-test bo‘lishi kerak va Germaniyaga kelishdan kamida 48 soat oldin o‘tkazilgan bo‘lishi kerak.

- Yo‘lovchilarda, Germaniyaga kirishda test sinovining manfiy natijasi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma bo‘lishi kerak, chunki Federal politsiya, kelishi bilan tekshiruvlarni amalga oshiradi.

Mazkur qaror 2021-yil 30-martdan kuchga kiradi va 2021-yil 12-maygacha amal qiladi.

- PLFni to‘ldirish majburiyati va xavf zonasidan, yuqori xavf yoki VOC zonasidan qaytayotganda mahalliy karantin qoidalari.

Germaniya hududiga kirishda Siz oldindan https://einreiseanmeldung.de saytida ro‘yxatdan o‘tishingiz kerak

Yangiliklani www.rki.de/covid-19-risikogebiete saytda muntazam tekshirib turing!

Agar siz chet eldan Germaniyaga kirishdan oldin oxirgi 10 kun ichida xavf ostidagi hududda bo‘lgan bo‘lsangiz, unda siz kirgandan keyin, qoidaga ko‘ra, 10 kun davomida karantinda bo‘lishingiz kerak.

Karantin qoidalariga rioya qiling.

Nima uchun men ma’lumotlarimni berishim kerak?

Ma‘lum bir mamlakat qonunchiligiga muvofiq tegishli organlar tomonidan karantin va karantindan ozod qilish shartlariga rioya etilishi nazorat qilinishi uchun Siz kirish raqamli ro‘yxatidan o‘tish shaklini to‘ldirishingiz kerak. Sizning aloqa va safar ma’lumotlaringiz Siz bilan keyinchalik bog‘lanish uchun Sizning yashash joyingizdagi tegishli idoraga yuboriladi.

Qanday hollarda men ma’lumotlarimni bermasligim kerak?

• agar Siz xavf hududini oraliq to‘xtashsiz kesib o‘tgan bo‘lsangiz;

• agar Siz Germaniya Federativ Respublikasiga faqat tranzit uchun kirgan bo‘lsangiz;

• agar Siz qo‘shni davlatlar bilan chegara harakati doirasida 24 soatdan kam vaqt davomida xavf hududida bo‘lgan yoki Germaniya Federativ Respublikasiga 24 soatdan ko‘p bo‘lmagan muddatga kirgan bo‘lsangiz.

Diqqat:

SARS-CoV-2 koronavirusining (virusning variantlari mavjud hudud) ayrim variantlarining keng tarqalganligi sababli, ayniqsa yuqori xavfga ega bo‘lgan mintaqada bo‘lganlarga, hech qanday istisnolar qo‘llanilmaydi. Bunday holda, Siz kirishdan oldin so‘nggi 10 kun ichida virus tarqalishi yuqori bo‘lgan hududda bo‘lgan bo‘lsangiz, kirish raqamli ro‘yxatidan o‘tish shaklini to‘ldirishingiz kerak.

Virusning variantlari mavjud bo‘lgan dolzarb va kasallanish darajasi yuqori hisoblangan hududlarni Robert Koch nomidagi Institut saytida ko‘rish mumkin.

COVID-19 pandemiyasi munosabati bilan Germaniyaga kirishning amaldagi qoidalari va majburiy karantindan ozod qilinish shartlari to‘g‘risidagi qo‘shimcha ma’lumotni tegishli federal hudud veb-saytidan olishingiz mumkin. Kirish raqamli ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha tez-tez beriladigan savollarga javob olish uchun Federal Sog‘liqni saqlash vazirligining veb-saytiga kiring.

Quyidagi xavfli hududlardan birini tanlang va so‘nggi 10 kun davomida u yerda bo‘lganligingizni tekshiring.

Passenger Locator Card

Gruziyaga kirish shartlari

Ingliz tilidagi COVID-19 testi natijalariining mavjudligi majburiy shart hisoblanadi. Test Gruziyaga kelishdan oldin 72 soat ichida amalga oshiriligan bo‘lishi zarur. Test oldindan tasdiqlanishi va https://registration.gov.ge/pub/form/8_protocol_for_arrivals_in_georgia/tk6157/ havolasida ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak.

3 kundan so‘ng tasdiqlangan laboratoriyalardan (laboratoriyalar ro‘yxati) birida qaytadan test topshirish lozim. Natijalarni mamlakatdan chiqib ketgunga qadar saqlash zarur. Shu bilan birga, har qanday yoshdagi bolalarga ham test talab etilishiga e’tibor qarating.

- Emlanganlik haqidagi sertifikatning asl nusxasiga ega bo‘lsansiz, PZR-testisiz kirishingiz mumkin.

Mamlakatdagi cheklovlar:

Quruqlikdagi chegara yopiqligicha qolmoqda. Shartlar faqat samolyotda kelganlar uchun amal qiladi.

Kovid bo‘yicha standart cheklovlar amalda.

Mart oyining boshidan umumiy ovqatlanish joylarining ishi uchun cheklovlar bekor qilinadi.

Kechki soat 21:00dan ertalab soat 5:00gacha komendantlik soati amal qilmoqda.

Gruziyaga COVID-19 uchun manfiy PZR-testisiz kelgan Gruziya fuqarolari 8 kunlik oz‘ini o‘zi izolyatsiya qilishdan o‘tishlari kerak.

Batafsil ma’lumotni quyidagi havoladan olishingiz mumkin:

https://stopcov.ge/en va https://mfa.gov.ge/MainNav/CoVID-19-sakitkhebi/sazgvris-kvetis-regulaciebi.aspx?lang=en-US

Ta'kidlash joizki, xorijiy fuqarolarga Isroilga kirish va tranzit maqsadida foydalanish taqiqlandi. Ushbu ro'yxat Isroil fuqarolari va rezidentlari, aholi va immigratsiya boshqarmasi tomonidan berilgan ruxsatnomaga ega yo'lovchilarni o’z ichiga olmaydi.

Bundan tashqari, 72 soatdan ko'proq vaqt davomida Isroildan tashqarida bo'lgan, ushbu davlatga kirgan yoki tranzit yo'lovchilar va ekipaj a'zolari 72 soat oldin COVID-19 uchun PCR-testini topshirishlari va birinchi nuqtadan chiqishdan oldin testning salbiy natijasini olishlari kerak.

Isroilga keladiganlar ushbu manzil orqali "Kirish hisoboti" shaklini Isroilga parvoz qilishdan oldin 24 soatdan kechiktirmasdan to'ldirishlari kerak: https://www.gov.il/en/service/request-entry-to-israel-covid19 va Isroil sog'liqni saqlash vazirligidan elektron ruxsat olishlari talab etiladi. Bundan tashqari, yo'lovchilar COVID-19 xarajatlarini qoplash uchun tibbiy sug'urtaga (Isroil fuqarolari va rezidentlariga taalluqli emas) ega bo'lishlari kerak.

Yo'lovchilar Isroilga kelishlari bilan COVID-19 uchun PCR-testini topshiradilar va 14 kungacha karantinda saqlanishlari mumkin.

Qo’shimcha ma'lumotlar haqida quyidagi havolada tanishishingiz mumkin: https://tinyurl.com/ypvvex9p.

COVID-19 haqida batafsil ma'lumot bilan quyidagi manzilda tanishishingiz mumkin: https://www.gov.il/en/departments/air-travel-covid19-israel.

2021-yil 2-iyundan boshlab Dubay amirligi aviatsiya ma’muriyatining yangilangan bayonnomasiga binoan aviakompaniyalar Dubayga/Dubay orqali Bangladesh, Hindiston, Nepal, Pokiston, Shri-Lanka, Nigeriya, JARga 14 kun ichida tranzit tashrif buyurgan yo‘lovchilarni bortga qabul qilmaydi. Istisno tariqasida, ushbu qaror diplomatik missiya a’zolari, BAA fuqarolari va tegishli organlardan BAAga kirishga maxsus ruxsatnoma olgan yo‘lovchilarga taalluqli emas. Yuqoridagi shaxslar BAAga kelganida quyidagi shartlarga rioya qilishlari shart:

a) kelgan barcha yo‘lovchilar kelgan kundan boshlab 10 (o‘n) kun ichida karantinga olinishi kerak.

b) BAA aeroportiga yetib borgan kuni, shuningdek, kelgan kundan boshlab 4 va 8-kunlarda PZR-testini topshirishi kerak.

c) namuna (surtma) yig‘ish paytidan boshlab 48 soatdan ichida olingan amaldagi PZR-testi natijasining mavjudligi.

d) Faqat sertifikatlangan laboratoriyalarda QR kodidan foydalangan holda o‘tkazilgan PZR-testlari qabul qilinadi.

1. Barcha yo‘lovchilar Dubay amirligining Dubay aeroportlariga kiruvchi yoki tark etuvchi fuqarolar, rezidentlar va sayyohlar uchun belgilangan hukumat bayonnomalari va shartlariga rioya qilishlari kerak.

2. Dubay amirligi rezidentlari BAAga qaytish uchun GDRFAdan olingan amaldagi ruxsatnomaga ega bo‘lishlari kerak. Boshqa barcha amirliklar (Abu Dabi, Ajman, Fujayra, Ras Al Khaimah, Sharja va Umm Al Quwain) rezidentlari ICAning amaldagi ruxsatnomasiga ega bo‘lishlari kerak.

3. Test Dubayga parvozdan oldin 72 soatdan oshmagan vaqt ichida topshirilishi kerak (surtma olish), testdan o‘tganlik to‘g‘risidagi sertifikat ingliz tilida rasmiylashtirilishi yoki ingliz tiliga rasmiy ravishda tarjima qilinishi kerak. Qo‘lda to‘ldirilgan koronavirusga test topshirilgani to‘g‘risidagi hujjatlardan foydalanish taqiqlanadi. 12 yoshgacha va o‘rta va og‘ir nogironligi bo‘lgan bolalar PZR test topshirishdan ozod etiladilar. BAA fuqarolari PZR sinovlaridan ozod etiladilar.

4. Dubayga kelgan barcha yo‘lovchilar (sayyohlarga/viza kirishda) BAAda ishlatilishi mumkin bo‘lgan tibbiy sug'urtaga ega bo‘lishlari kerak.

5. Dubay aeroportlari orqali uchadigan barcha tranzit/transfer yo‘lovchilariga amaldagi tibbiy sug‘urta ma’lumotnomasiga ega bo‘lishi tavsiya etiladi.

6. Barcha yo‘lovchilar DECLARATION FORM to‘ldirishlari va Dubayga uchib ketishlaridan oldin COVID 19 DXB Smart App mobil ilovasini o‘rnatishlari kerak (DECLARATION FORM formasi ilovada biriktirilgan).

Declaration Form

Birlashgan Arab Amirliklarining O‘zbekiston Respublikasidan uchib keladigan yo‘lovchilarga talablari to‘g‘risidagi ma’lumot

*2021-yil 24-apreldan Dubay amirligi aviatsiya hukumatining yangilangan bayonnomasi kuchga kiradi, unga muvofiq:

1. 2021-yil 24-apreldan BAA yo‘nalishi bo‘yicha Hindiston Respublikasining istalgan nuqtasidan bajariladigan havo aloqalari va yo‘lovchilar tashuvlari 10 kunlik muddatga to‘xtatiladi, zarurat bo‘lsa, mazkur muddat uzaytirilishi ham mumkin;

2. Ushbu qaror diplomatik missiyalar a’zolari, BAA fuqarolari va tegishli hukumatlardan BAAga kirish uchun maxsus ruxsat olgan yo‘lovchilarga tegishli emas.

Yuqorida ko‘rsatilgan shaxslar BAAga kelganida quyidagi talablarga rioya qilishlari shart:

  • kelgan barcha yo‘lovchilar kelgan kundan boshlab 10 (o‘n) kunlik karantinga olinishi zarur.
  • BAA aeroportiga yetib kelgach, PZR-testidan o‘tishi, shuningdek yetib kelgan kundan boshlab 4- va 8-kunlarida PZR-test topshirishi kerak.
  • namuna (surtma)ni yig‘ish paytidan boshlab 48 soatdan kechiktirmay amalga oshirilgan amaldagi PZR-testi mavjud bo‘lishi zarur.
  • Faqatgina QR-kodlardan foydalanadigan sertifikatlangan laboratoriyalarda o‘tkazilgan PZR- testlari qabul qilinadi.

* Ushbu qoidalar yuk tashish va BAAdan jo‘nayotgan yo‘lovchilarga tegishli emas.

Joriy yilning 10 may kunidan boshlab Hindiston hududiga O’zbekistondan borgan quyidagi yo’lovchlar kirishlari mumkin:

  • Xizmat safari doirasida ushbu davlatlarga tashrif buyurayotgan fuqarolar va fuqaroligi yuq shaxslar;
  • Chet elda ta’lim olayotgan talabalar;
  • Diplomatlar va ularning oila a’zolari;
  • Faoliyatini chet elda olib borayotgan fuqarolar va fuqaroligi yuq shaxslar;
  • Investitsiya loyihalari doirasida O’zbekistonga olib kelingan mutaxasislar;
  • Tranzit va transfer yo’lovchilari;
  • Davolanish (kerakli hujjatlar taqdim etilgandagina) maqsadida borgan fuqarolar va fuqaroligi yuq shaxslar.

Xizmat sayohatlari uchun aviachiptalar faqat maxsus komissiyaning ruxsati bilan, boshqa toifadagi fuqarolar uchun esa ular shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar asosida sotiladi.

Hujjatlar aeroport hodimlari tomonidan ro’yxatdan o’tish jarayonida tekshirilishi zarur.

Hindistonga tashrif buyurish istagida bo‘lgan barcha yo‘lovchilar Hindistonning quyidagi talablarini bajarishlari zarur:

1 – Yangi koronavirus infektsiyasining yo‘qligiga, Hindistonga jo‘nashdan oldin 72 soat ichida PZR (COVID-19 RT-PCR) usulida amalga oshiriladigan testdan o‘tish.

2 – COVID-19 RT-PCR testining ingliz tilidagi manfiy natijasini Dehli aeroportining https://www.newdelhiairport.in/airsuvidha/apho-registration onlayn portaliga yuklash, so‘rovnomani to‘ldirgandan so‘ng “SUBMIT” tugmasini bosish zarur.

3 – https://www.newdelhiairport.in/airsuvidha/allairports havolasiga o‘tib, «Track Your Exemption / Self-Reporting Application» bo‘limini tanlab, Dehli aeroportining onlayn portali tomonidan so‘rovnoma qabul qilinganining tasdig‘ini olish, Hindistonga parvoz qilish uchun So‘rovnoma faqat unga “ACCEPTED” maqomi berilgandan so‘ng amal qiladi.

Har bir yo‘lovchi parvozga ro‘yxatdan o‘tish paytida:

1 - Hindistonga kirish uchun amaldagi sayohat hujjatini;

2 - PZR (COVID-19 RT-PCR) testining ingliz tilidagi manfiy natijasini;

3 – to‘liq to‘ldirilgan so‘rovnomani;

4 - Hindiston tomonidan so‘rovnomaning qabul qilinganining tasdig‘ini taqdim etishi lozim.

So‘rovnoma yo‘lovchining mobil telefoniga yuklangan yoki chop etilgan shaklda uning qo‘lida bo‘lishi kerak.

Hindiston talabini bajarmagan yo‘lovchilar parvozga qo‘yilmaydi.

Yuqorida sanab o‘tilgan barcha talablar, yo‘lovchining fuqaroligi va maqomidan qat’iy nazar barcha yo‘lovchilarga qo‘llaniladi.

*2021-yil 24-apreldan Dubay amirligi aviatsiya hukumatining yangilangan bayonnomasi kuchga kiradi, unga muvofiq:

1. 2021-yil 24-apreldan BAA yo‘nalishi bo‘yicha Hindiston Respublikasining istalgan nuqtasidan bajariladigan havo aloqalari va yo‘lovchilar tashuvlari 10 kunlik muddatga to‘xtatiladi, zarurat bo‘lsa, mazkur muddat uzaytirilishi ham mumkin;

2. Ushbu qaror diplomatik missiyalar a’zolari, BAA fuqarolari va tegishli hukumatlardan BAAga kirish uchun maxsus ruxsat olgan yo‘lovchilarga tegishli emas.

Yuqorida ko‘rsatilgan shaxslar BAAga kelganida quyidagi talablarga rioya qilishlari shart:

  • kelgan barcha yo‘lovchilar kelgan kundan boshlab 10 (o‘n) kunlik karantinga olinishi zarur.
  • BAA aeroportiga yetib kelgach, PZR-testidan o‘tishi, shuningdek yetib kelgan kundan boshlab 4- va 8-kunlarida PZR-test topshirishi kerak.
  • namuna (surtma)ni yig‘ish paytidan boshlab 48 soatdan kechiktirmay amalga oshirilgan amaldagi PZR-testi mavjud bo‘lishi zarur.
  • Faqatgina QR-kodlardan foydalanadigan sertifikatlangan laboratoriyalarda o‘tkazilgan PZR- testlari qabul qilinadi.

* Ushbu qoidalar yuk tashish va BAAdan jo‘nayotgan yo‘lovchilarga tegishli emas.

Barcha yo‘lovchilar samolyotga chiqish uchun ro‘yxatdan o‘tayotganda COVID-19 koronavirus infektsiyasi yo‘ligini tasdiqlovchi, uchishdan oldin oxirgi 72 soat ichida o‘tkazilgan PZR testining natijalarini taqdim etishlari shart.

Anketa

Latviyaga uchuvchi samolyotga chiqishdan oldin topshirilganiga 72 soatdan oshmagan COVID-19 test sinovining manfiy natijasini taqdim etgan holda Latviyaga havo transporti orqali kirish mumkin. Test sinovi polimer zanjirli reaktsiya (PZR) usuli bilan tahlil qilinishi kerak!

Ko‘proq ma’lumot olish

 

Latviyaga kirishda www.covidpass.lv internet sahifasida elektron tasdiqni to‘ldiring!

 

 

Latviyaga kirishda qanday talablar mavjud?

COVID-19 test sinovining manfiy natijasi

15 yanvardan boshlab Latviyaga uchuvchi samolyotga chiqishdan oldin COVID-19ning  topshirilganiga 72 soatdan oshmagan polimer zanjirli reaktsiya (PZR) test sinovining manfiy natijasi bo‘lgan yo‘lovchilarga Latviyaga havo transporti orqali kirishga ruxsat etiladi. Test sinovi bo‘lmagan yo‘lovchilarga samolyotga chiqishda rad etiladi.

Test sinovi manfiyligining tasdig‘I, samolyotga chiqishdan oldin hujjat ko‘rinishida yoki elektron shaklda taqdim etilishi zarur bo‘lgan test sinov natijasidir. Tasdiq ingliz, frantsuz, nemis yoki rus tillarida bo‘lishi kerak.

Yaqin orada (uch oy gacha) Covid-19 dan davolangan yo‘lovchilar, shaxsning infeksiya tashuvchi emasligini tasdiqlovchi shifokor tomonidan berilgan ma’lumotnomani taqdim etish zarurdir.

Quyidagilardan test sinovi talab etilmaydi:

  • 11 yoshdan kichik bolalar;
  • diplomatik korpus vakillari;

Istisno qo‘llaniladigan shaxsda buni tasdiqlovchi hujjat bo‘lishi kerak. 

Uchinchi mamlakatlardan Latviya kelayotgan shaxs kirganidan song, darhol Riga aeroportidagi test sinovidan o‘tish joyida Covid-19 ga qayta test sinovini topshirishi kerak. Test sinovining 24.00 evro miqdoridagi to‘lovi yo‘lovchi tomonidan amalga oshiriladi:

- naqd pul bilan,

- kredit karta bilan,

- Internet orqali https://www.egl.lv/ru/eksprestests-lidosta/?auth saytida.

Mazkur test sinovi passport nazoratian o‘tishdan oldin topshiriladi. Uchinchi mamlakatlardan keluvchi sayohatchilar uchun maxsus talablar haqida batafsil bu yerda o‘qing.

Uchinchi mamlakatlardan kelgandan so‘ng Covid-19 test sinovi natijasi manfiy bo‘lsa ham, majburiy 10 kunlik o‘zini o‘zi izolyatsiya qilish sharti o‘zgarmay qolmoqda.

Latviyaga kirishdan oldin barcha yo‘lovchilar covidpass.lv internet sahifasida Latviyaga yetib kelganlaridan keyin mamlakatda o'rnatilgan epidemiologik xavfsizlik choralariga rioya qilishlari to‘g‘risida elektron tasdiqnomani to'ldirishlari kerak. Tasdiqnomani Latviyaga kelishidan 48 soat oldin amalga oshirilishi mumkin.

Elektron tasdiqni to‘ldirgandan so'ng, sayohatchiga sahifada va elektron pochta orqali QR-kod oladi, uni samolyotga chiqishdan oldin mobil qurilmada yoki bosma shaklda taqdim etilishi kerak. Agar yo‘lovchida bunday QR-kod bo‘lmasa, havoda tashuvchi parvozni rad etishga haqli. Agar QR kod yo'qolsa, uni covidpass.lv sahifasida tiklash mumkin.

15-fevraldan boshlab Latviyani tranzit orqali kesib o‘tadigan shaxslar covidpass.lv kuzatuv tizimi saytida tasdiqlovchi anketa taqdim etilgan vaqtdan boshlab 12 soat mobaynida tranzit orqali Latviya Respublikasi hududini kesib o‘tishlari shart.  To‘ldirish paytida covidpass.lv Latviya tranzit orqali kesib o‘tmoqchi bo‘lgan shaxs, tasdiqnomani to‘ldirishda tegishli belgi qo‘yishi kerak.

O‘zini-o‘zi izolyatsiya qilish

Uchinchi mamlakatlardan Latviyaga kelganda, COVID-19 test sinov natijasi manfiy bo‘lsa ham, 10 kunlik majburiy izolyatsiyaga rioya etish kerak. Yo‘lovchi bunday mamlakatdan kelganda, yashash joyiga yoki boshqa yashash joyiga imkon qadar tezroq etib borishga majburdir.

 

Riga aeroportiga va undan muntazam yo‘lovchi qatnovlari qanday amalga oshiriladi?

Uchinchi mamlakatlardan Latviyaga kirish uchun talablar

Latviyaga kelishi bilan Riga aeroportida o‘z hisobingizdan test sinovdan o‘tishingiz kerak. Test sinov narxi – 24.00 evro.

Test sinovdan bolalar va emlangan shaxslar ham o‘tishlari kerak.

Takroriy test sinovi manfiy bo‘lsa, 10 kun ichida yashash joyingizdagi o‘zini-o‘zi izolyatsiya qilish rejimiga rioya qilishingiz kerak.

Agar ikkinchi test ijobiy bo‘lsa yoki siz test topshirishdan bosh tortgan bo‘lsangiz, ushbu ma’lumotlarni covidpass.lv veb-saytida ko‘rsatishingiz va investitsiyalar ro'yxatida ko'rsatilgan turistik yotoqxonalardan birida 10 kun davomida o‘zingizni izolyatsiya qilish rejimiga rioya qilishingiz kerak.  Latviya taraqqiyot agentligi . Test sinovidan o‘tmagan yoki testning ijobiy natijasini olgan chet ellik mehmon maqomingiz to‘g‘risida yotoqxona rahbariyatiga xabar berishingiz shart. Turistik yotoqxonada yashash xarajatlaringizni o‘z mablag‘laringizdan  to‘lashingiz kerak.

Latviyaga kelgandan so‘ng takroriy testdan o‘tish talabi quyidagilarga amal qilmaydi:

  • aerodromning nazorat hududidan chiqmagan va unda 24 soatdan ko‘p bo‘lmagan tranzit yo‘lovchilar, agar ular o‘zlarining parvozlarini tranzit reysida davom ettirishlarini tasdiqlasalar;
  • Latviya hududini quruqlikda kesib o‘tadigan tranzit yo‘lovchilar;
  • diplomatik xizmat xodimlari;

 

“Riga” aeroportida qaerda qayta test sinovdan o‘tish mumkin?

Agar "Riga" aeroportiga Shengen hududiga kirmagan mamlakatdan kelgan bo‘lsangiz, chegara nazorati oldida C kelish zonasida o‘rnatilgan E. Gulbis laboratoriyasining test sinov nuqtasidan foydalanishingiz mumkin.

Latviyaga Shengen hududi mamlakatidan kelganingizda, aeroportni ro‘yxatga olish zalida joylashgan E. Gulbisa laboratoriyasida test sinovidan o‘tishingiz mumkin.

Yo‘lovchilardan o‘z vaqtida E.Gublisa laboratoriyasining veb-saytida ro‘yxatdan o‘tish va test sinovini to‘lashni so‘raymiz.

 

Latviyada qanday cheklovlar o‘rnatilgan?

Latviyada 6-aprelgacha favqulodda vaziyat e’lon qilindi va odamlar yig‘ilishi va savdo-sotiqqa turli cheklovlar qo‘yildi. Latviyada bo‘lish vaqtida amal qilinishi kerak bo‘lgan qoidalar haqida batafsil www.covid19.gov.lv  saytida o‘qing. 

 

Aeroportda qanday epidemiologik xavfsizlik choralariga rioya qilish kerak?

Aeroportda bo‘lganida, barcha sayohatchilar, 7 yoshgacha bo‘lgan bolalardan tashqari, tibbiy niqob kiyishlari shart. Faqatgina niqob kiygan holda yo‘lovchilarga parvoz taloni yoki bron qilingani tasdig‘i  taqdim etilganida aeroport terminaliga kirishga ruxsat beriladi.

Aeroport aeroportda bo‘lgan barcha vaqt davomida niqob kiyish talabiga qat’iy rioya qilishni talab qiladi. Jismoniy masofani saqlash qiyin bo‘lgan joylarda niqoblardan foydalanish ustidan alohida nazorat amalga oshiriladi.

Agar yo‘lovchi aeroportga niqobsiz kelgan bo‘lsa, uni bir nechta joydan - kirish joyidan ham, bevosita terminaldan sotib olish mumkin.

Bundan tashqari, aeroport sayohatchilarni qo‘llarni qattiq gigiena bilan shug‘ullanishga va iloji boricha jismoniy masofani saqlashga chorlaydi.

 

Terminal xonasida kuzatuvchilar / kutib oluvchilar borligi bilan bog‘liq cheklovlar bormi?

Kuzatuvchilarga aeroport terminaliga kirishga ruxsat berilmagan.  Agar yo‘lovchiga aeroportga yetib olish va orqaga qaytish uchun maxsus yordam kerak bo‘lgan holda, aeroportga borishingizni tavsiya qilamiz. Aeroportda xarakatlanishi qiyin bo‘lgan yo‘lovchilar PRM xizmatidan foydalanishlari mumkin.

Kutib oluvchilarga niqob kiyib, jismoniy masofani saqlagan holda zallarga kirishga ruxsat beriladi.

 

Tranzit orqali sayohat qilishda aeroportda tunash mumkinmi?

Ha, tranzit yo‘lovchilar keyingi reysni kutish vaqtida aeroportda tunni o‘tkazishlari mumkin. Tranzitda sayohat qilayotgan yo‘lovchilardan Latviya Respublikasi va Shengen hududiga kirish uchun barcha kerakli hujjatlar bo‘lishini ta’minlash, shuningdek, Latviyada o‘rnatilgan bo‘lish va karantin qoidalari bilan tanishishlari so‘raladi.

 

Agar mening reysim juda erta tongda rejalashtirilgan bo'lsa, men aeroportga kech tushdan keyn kelsam va tunni terminalda o‘tkazsam bo‘ladimi?

Ha. Erta tongda rejalashtirilgan yo‘lovchilar avvalgi kunning kechqurunida aeroportga etib kelishlari va aeroportda tunashlari mumkin.

 

Manfiy COVID-19 test sinovini nima tasdiqlaydi? Uni kimga ko‘rsatishingiz kerak?

25-yanvardan boshlab faqat polimer zanjirli reaktsiyasi (PZR) sinovlari qabul qilinadi.  Sinovning manfiy natijasining tasdig‘i tashuvchiga, masalan, aviakompaniyaga taqdim etilishi kerak (bosma nashr, elektron tasdiq shaklida). Aks holda, samolyotga chiqishda rad etiladi.

Yaqinda (uch oygacha) Covid-19 dan sog‘aygan yo‘lovchilar shifokor tomonidan berilgan shaxsning yuqumli kasallik tashuvchi emasligini tasdiqlovchi ma’lumotnomani taqdim etishlari shart.

manfiy test sinovining mavjudligi Davlat chegara xizmati yoki davlat politsiyasi tomonidan tekshiriladi.

 

Qanday test sinovni o‘tkazish kerak? Ekspress-test sinovi to‘g‘ri keladimi?

25-yanvardan keyin faqat polimer zanjirli reaktsiyasi testlari (PZR) mos keladi.

COVID-19 uchun ekspess-test sinovi tashuvchining transport vositasiga chiqishdan 72 soat oldin topshirilishi kerak.

 

Tasdiq qaysi tilda tuzilgan bo‘lishi kerak?

Tasdiqlov ingliz, frantsuz, nemis, rus tillarida bo'lishi kerak 

 

Manfiy COVID-19 test sinovi tasdiqlanmagan bo‘lsa yoki test sinovi 72 soatdan ortiq bo‘lsa, samolyotga chiqish rad etilishi mumkinmi?

COVID-19 test sinovi samolyotga chiqishdan 72 soat oldin amalga oshirilishi kerak. Test sinovning manfiy natijasining tasdig‘i, sinov natijasi, shifokorning yozuvi yoki antitellar borligi to‘g‘risidagi guvohnomalardir, ular tashuvchiga, masalan, aviakompaniyaga taqdim etilishi kerak. Aks holda, samolyotga chiqishda rad etiladi.

“Uzbekistan Airways” AJ Toshkent-Moskva yo‘nalishi bo‘yicha muntazam aviaqatnovlar qayta joriy etilishini e’lon qiladi.

Qatnovlar 10-apreldan boshlab, har shanba kunlari amalga oshiriladi. Mazkur qatnovlarga O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari va Rossiya Hukumatining 16.03.2020-yildan 635-p farmoyishi asosida Rossiyaga kirishga cheklov qo‘yilmagan O‘zbekistonda doimiy yashash huquqiga ega chet el fuqarolari kiritilishi mumkin. Shuningdek, Rossiya Federatsiyasi fuqarolari ham qatnovlarga qabul qilinadi.

Rossiya Federatsiyasining fuqrolaridan tashqari, barcha yo‘lovchilar, yoshidan qat’iy nazar parvozdan oldin kamida 72 soat ichida PZR usuli bilan amalga oshirilgan COVID-19 testining manfiy natijasiga ega bo‘lishi zarur. Test natijasi rus yoki ingliz tilida taqdim etilishi kerak.

Rossiya Federatsiyasi fuqarolari uchun Rossiya Federatsiyasining Coronavirus infektsiyasi uchun test natijalarini (Rossiya Federatsiyasiga kelganidan keyin) www.gosuslugi.ru/400705/1 havolasiga yuborish bo‘yicha qoidani bajarish amalda qolmoqda.

Tojikistonga sayohat qilishni rejalashtirgan yoʻlovchilar uchun muhim maʼlumot

Tojikiston davlati XXR, BAA, Turkiya va Oʻzbekiston bilan toʻgʻridan-toʻgʻri aviaqatnovlarni tikladi.

Boshqa mamlakatlarning fuqarolari, amaldagi Tojikiston vizasiga yoki Dushanbe aeroportiga yetib kelganida kirish vizasini olish uchun tasdiqlovchi hujjatlarga ega boʻlsa, Tojikistonga kirish huquqiga ega boʻladi. Vizasiz rejim tartibi oʻrnatilgan mamlakatlar fuqarolari uchun viza talab qilinmaydi. Elektron viza Tojikistonga joʻnab ketishdan oldin https://www.evisa.tj veb-saytida rasmiylashtirilishi mumkin.

Shu bilan birga, yoʻlovchi Tojikistonga uchish uchun roʻyxatdan oʻtayotganda tasdiqlangan elektron vizaning chop etilgan nusxasini taqdim etishi shart.

Shuningdek, Dushanbega yetib kelgan barcha yoʻlovchilar, fuqaroligidan qat'i nazar, Tojikistonga kelishdan 72 soat ichida olingan "COVID-19" koronavirusiga PZR-testining manfiy natijasiga ega boʻlishi talab etiladi. Ushbu tibbiy maʼlumotnoma boʻlmasa, yoʻlovchilar mamlakatga kirish huquqidan mahrum boʻlishadi. 3 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun ushbu maʼlumotnoma taqdim etilishi shart emas.

Tibbiy maʼlumotnoma aslida (asl nusxada) rus yoki ingliz tilida boʻlishi kerak. Mobil telefondagi fotosurati yoki nusxasi qabul qilinmaydi.

Dushanbe shahrida tibbiy laboratoriya ishlamaydi.

Hurmatli yoʻlovchilar!

15-martdan boshlab Turkiyaga kiruvchi fuqarolar https://register.health.gov.tr/ saytida soʻrovnomani toʻldirishlari hamda qogʻozga chop etishlari yoki mobil telefonga yuklab olishlari zarur.

Mazkur shakl Turkiyaga parvozga qadar kamida 72 soat ichida toʻldirilgan boʻlishi lozim.

Ushbu shakl Turkiyaga kirishda yoʻlovchilar tomonidan HK sahnida va pasport nazorati ustuni oldida toʻldiriladigan shakllarning oʻrnini bosadi.

Shaklni toʻldirish faqat Turkiyaga kiruvchi yoʻlovchilardan talab etiladi, tranzit yoʻlovchilardan talab etilmaydi.

Turkiya hukumatining mazkur talabi bajarilmasa, yoʻlovchilar Istanbul qatnovlariga qoʻyilmaydi.

Sizning tushunishingizga va fuqarolik majburiyatini bajarishingizga umid qilamiz.

1. Turkiya Sogʻliqni saqlash Vazirligi chet eldan Turkiyaga tashrif buyurayotgan 6 va undan yuqori yoshdagi aviayoʻlovchilar 30-dekabrdan boshlab, COVID-19 uchun PZR SARS-COV-2 usuli bilan, Turkiya chegarasini kesib oʻtishdan kamida 72 soat oldin topshirilgan test natijalari maʼlumotnomasini majburiy ravishda taqdim etishlari lozimligini eʼlon qildi.

2. PZR SARS-COV-2ga manfiy natijali PZR-testni taqdim etmagan yoʻlovchilar, chegarani kesib oʻtishda koʻrsatilgan (uy, mehmonxona va boshqa) manzil boʻyicha 7 kunlik karantinga olinadi. Turkiyadagi yashash manzilini koʻrsatmagan shaxslar, Turkiya sogʻliqni saqlash Vazirligi tomonidan ajratilgan joylarga joylashtiriladi.

3. 7 kunlik karantindan soʻng SARS-COV-2ga PZR-testi musbat natija bergan yoʻlovchilar Turkiya Sogʻliqni saqlash Vazirligining COVID-19 amaldagi talablari asosida davolanadilar..

Hurmatli Yo‘lovchilar!

2021-yil 24-fevraldan boshlab Koreya Respublikasi fuqarolari COVID-19ga jo‘nab ketishdan oldin, kamida 72 soat ichida, O‘zbekiston laboratoriyalaridan birida PZR usuli bilan amalga oshirilgan testning manfiy natijasini taqdim etishlari shart.

Koreyaga sayohat qilayotgan xorijiy fuqarolar, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ham, Koreyaning O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan tasdiqlagan laboratoriyalardan birida parvozdan oldin, kamida 48 soat ichida PZR usuli bilan amalga oshirilgan COVID-19 testining manfiy natijalariga ega bo‘lishi kerak.  Ma’lumotnoma Koreyaning O‘zbekistondagi elchixonasi muhri bilan tasdiqlangan bo‘lishi lozim!

Shuningdek, Koreyaga O‘zbekiston orqali havo transportida, chegarani kesib o‘tmasdan, tranzit bilan sayohat qilayotgan yo‘lovchilar ham, doimiy yashash mamlakatida COVID-19ga PZR usuli bilan o‘tkazilgan testining manfiy natijasi ko‘rsatilgan ma’lumotnomaga ega bo‘lishlari kerak.

1. Ma’lumotnomalar uchun umumiy qoida

Qo‘shimcha tariqasida shuni ma’lum qilamizki,  quyidagi talablarga javob bermaydigan ma’lumotnomani taqdim etgan shaxs zarur ma’lumotnomani taqdim etmagan shaxs sifatida tan olinadi va Koreya respublikasi hukumati tomonidan belgilangan maxsus karantin muassasasiga 14 kunlik muddatga joylashtiriladi.  (karantin muassasasida  yashash xarajatlari karantin ostida bo‘lgan shaxs tomonidan qoplanadi, 14 kun – 1 680 000 von)

Ma’lumotnomalar uchun umumiy qoida

1. Tahlil o‘tkazish usuli

 

1. PZR, LAMP, TMA, SDA usullari bilan o‘tkazilgan tahlillar tan olinadi                                          

 *Virus genini (PCR, LAMP va boshqa) aniqlash usuli bilan o‘tkazilgan tahlil natijalari tan olinadi.

Antitanalarni (RAT, ELISA va boshqa) aniqlash usuli bilan o‘tkazilgan tahlil natijalari tan olinmaydi.

2. Tahlilni berish vaqti

Ma’lumotnoma parvozdan oldin 72 soat ichida berilgan bo‘lishi kerak                                                    

 *Masalan: agar uchib ketish sanasi 2021-yil 10-mart soat 10:00  bo‘lsa, faqat 2021-yil 7-mart soat 00:00dan keyin berilgan ma’lumotnomalar tan olinadi.

3. Ma’lumotnoma mazmuni

3. Ma’lumotnomada F.I.Sh.*, Tug‘ilgan  yili **, tahlil o‘tkazish usuli, natijasi, berilgan sanasi,          tahlilni o'tkazgan tashkilot nomi ko‘rsatilishi kerak.

 * F.I.Sh. faqat ariza beruvchining pasportiga muvofiq ko‘rsatilishi kerak

 ** tug'ilgan sana o‘rniga pasport yoki ID-karta raqamini ham ko‘rsatish mumkin

4. Natija

Faqat  "Manfiy" natijali  ma’lumotnoma tan olinadi                                                                             

 *"Noma’lum", "Musbat" va boshqa natijali ma’lumotnomalar tan olinmaydi.

5. Berilgan ma’lumotnomani tili

Ma’lumotnoma koreys yoki ingliz tillarida berilishi kerak.                                                                 

 *Ma’lumotnoma  boshqa tilda berilgan bo‘lsa, uning tasdiqlangan tarjimasi taqdim etilganda tan olinadi. 

(Agar ma’lumotnoma mustaqil ravishda tarjima qilingan bo‘lsa, u holda notarius yoki Elchixona tomonidan tasdiqlanishi kerak.)

2. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va maktabgacha yoshdagi bolalar uchun guvohnoma taqdim etish zaruriyati to‘g'risidagi qoida

Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar yoki maktabgacha yoshdagi bolalarni kuzatib boruvchi barcha shaxslar belgilangan tartibda ma’lumotnomani taqdim etishlari shart, ammo yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va maktabgacha yoshdagi- 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar (mamlakatga kirish vaqtida) ma’lumotnomani taqdim etishdan ozod etiladi.

Toshkent-Seul yo‘nalishi bo‘yicha amaldagi vizasi mavjud xorijiy fuqarolarni tashish quyidagi shartlar asosida amalga oshiriladi:

1 – Amaldagi kirish vizasi mavjudligi

2 – Yuqorida ko‘rsatilgan kabi COVID-19ga manfiy test natijalari mavjudligi.

Shuningdek, ko‘rsatilgan sanalarda Toshkentdan Inchxon aeroporti orqali uchinchi mamlakatlarga tutash vaqti 24 soatdan kam bo‘lgan qatnovlarda uchuvchi tranzit yo‘lovchilarni tashish imkoniyati mavjud.

Oxirgi manzil yoki undan keyingi tranzit mamlakatlariga kirish qoidalariga rioya qilish uchun javobgarlik to‘liq tranzit yo‘lovchilari zimmasiga yuklatiladi.

Koreya Respublikasiga kelgandan so‘ng, barcha yo‘lovchilar PZR sinovidan o‘tishlari va yashash joylarida 14 kunlik izolyatsiyadan bo‘lishlari shart. O‘zini izolyatsiya qilish joyi mavjud bo‘lmagan taqdirda yo‘lovchilar o‘z mablag‘lari hisobidan yashash uchun 2,100,000 KRW miqdorida pul sarflab maxsus karantin muassasalarida o‘zini izolyatsiya qilishlari zarur.

Yaponiya qatnovlariga Yaponiya fuqarolari, shuningdek, amaldagi sayohat hujjatlari va Covid-19ga PZR usuli bilan topshirilgan ingliz tilida rasmiylashtirilgan manfiy test natijalari bo‘lgan chet el fuqarolari cheklovlarsiz qabul qilinadi.

To‘liq ma’lumotlar Yaponiya elchixonasining www.uz.emb-japan.go.jp veb-saytida

 

Sizga yoqimli va xavfsiz sayohat qilishingizni tilaymiz!