Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

“Uzbekistan airways” aksiyadorlik jamiyatining maxfiylik siyosati

Ulashing

“Uzbekistan airways” aksiyadorlik jamiyati maxfiylikka hamda mazkur mijozlar va hamkorlarning shaxsiy ma’lumotlarini saqlashga jiddiy yondashadi.

“Uzbekistan airways” aksiyadorlik jamiyati o‘zining mijozlari va hamkorlaridan olinadigan ma’lumotlarni o‘z faoliyatida amalga oshiriladigan ustuvor vazifa sifatida belgilaydi.

Mazkur maxfiylik siyosati mijozlar va hamkorlar bilan o‘zaro hamkorlik maqsadida “Uzbekistan airways” aksiyadorlik jamiyati yig‘adigan, foydalanadigan va ishlab chiqadigan barcha maxfiy ma’lumotga tatbiq etiladi. “Uzbekistan airways” aksiyadorlik jamiyati tatbiq etilayotgan qonunlar talablari o‘zgarishi munosabati bilan, shuningdek “Uzbekistan airways” aksiyadorlik jamiyati ichki normativ hujjatlarini yangilashda oldindan ma’lum qilinmagan holda mazkur maxfiylik siyosatiga tuzatishlar kiritishi mumkin.

Maxfiylik siyosati faqat “Uzbekistan airways” aksiyadorlik jamiyati tomonidan yig‘ilgan ma’lumotga nisbatan qo‘llanadi.

Ushbu maxfiylik siyosati Ma’lumotlarni himoya qilish bo‘yicha umumiy reglament (GDPR), 2016/679-sonli Qaror (EC) va O‘zbekiston Respublikasining “Shaxsiy ma’lumotlar haqida” 2019-yil 2-iyuldagi O`RQ-547-sonli Qarori talablari asosida ishlab chiqilgan.

Shaxsiy ma’lumotlar deganda identufikatsiyalash imkonini beradigan aniq bir shaxsga (shaxsiy ma’lumotlar sub’yektiga) bevosita yoki bilvosita tegishli bo‘lgan har qanday ma’lumot tushuniladi, va odatda familyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan yili, fuqaroligi, passport ma’lumotlari, manzili, joylashgan yeri, elektron pochta mansili, telefon raqami, shuningdek havoda tashish shartnomasini tuzishda va amalga oshirishda olingan ma’lumotlarni va boshqa axborotlarni o‘z ichiga oladi.

Mazkur maxfiylik siyosati doirasida “Uzbekistan airways” aksiyadorlik jamiyati tomonidan ishlov beriladigan har qanday ma‘lumot shaxsiy ma’lumotlarsiz operator hisoblangan “Uzbekistan airways” aksiyadorlik jamiyati tomonidan nazorat qilinadi.

Ushbu maxfiylik siyosati bilan kelishgan holda mijoz o‘zining shaxsiy ma’lumotlariga ishlov berishga shuning uchun rozi bo‘ladiki, “Uzbekistan airways” aksiyadorlik jamiyati bunday ma’lumotlarni shartnoma bilan bog‘liq barcha keyingi to‘g‘rilashlar va tegishli tashuv shartnomasining amal qilish muddati davomida havoda tashish shartnomasini bajarishda mijozning so‘rovlarini qondirish uchun bu kabi ma’lumotlardan foydalanishga haqli. Mijozning o‘z shaxsiy ma’lumotlarini berishga roziligi unga korporativ bev-sayt, mobil ilova va sotuv ofislari, “Uzbekistan airways” aksiyadorlik jamiyati agentlari, aloqa-markaz, uchinchi shaxslar xizmatlaridan foydalanish orqali tegishli xizmatlar taqdim etish uchun zarur shart hisoblanadi.

Shaxsiy ma’lumotlaringizga ishlov berishni amalga oshirishda norozi bo‘lgan taqdirda “Uzbekistan airways” aksiyadorlik jamiyati taqdim etilayotgan xizmatlardan foydalanmaslikni so‘raydi.

“Uzbekistan airways” aksiyadorlik jamiyati mijozlar shaxsiy ma’lumotlarini o‘z xizmatlarini taqdim etishning quyidagi bosqichlarida yig‘adi:

  • aviachiptalarni bronlash va sotish, avia yuk xatlarini rasmiylashtirish, hamda korporativ veb-sayti, mobil ilovada onlayn-sotuv, aviakompaniya vakolatli agentlari va “Uzbekistan airways” aksiyadorlik jamiyati aloqa-markazi tomonidan amalga oshiralayotgan xizmatlar orqali sotuvni o‘z ichiga olgan, ammo cheklanmagan holda “Uzbekistan airways” aksiyadorlik jamiyati barcha sotuv vositalari orqali qo‘shimcha xizmatlarni buyurtma qilish va to‘lash vaqtida;
  • aviachiptani qaytarishda o‘zaro hisob-kitobning tegishli operatsiyalarini amalga oshirish vaqtida;
  • auditni amalga oshirish vaqatida;
  • “UzAirPlus” tez-tez uchadigan yo‘lovchilar dasturida ishtirok etish va undan foydalanish uchun mijozlarni ro‘yxatga olish vaqtida;
  • “Uzbekistan airways” aksiyadorlik jamiyati o‘z faoliyatini amalga oshiradigan aeroportlarda “Uzbekistan airways” aksiyadorlik jamiyati reysiga yo‘lovchilarni ro‘yxatga olish vaqtida;
  • O‘zbekiston Respublikasi aeroportlarida alohida xizmatlarni taqdim etish vaqtida;
  • aviakompaniya saytida xizmat ko‘rsatishni yaxshilash maqsadida o‘z sotuvlar xizmati tomonidan aeroportlar va havo kemlari bortida so‘rovlar o‘tkazish vaqtida;
  • aviakompaniya korporativ veb-saytida ma’lumot almashish va savollarga javob taqdim etish va “UzAirPlus”dasturi ishtirokchisi shaxsiy kabinetida onlayn ro‘yxatdan o‘tish vaqtida;
  • da’vo yoki kattalar hamrohligisiz sayyohat qiluvchi voyaga etmaganlar uchun shaklni rasmiylashtirish vaqtida;
  • yuqori qulaylik zallaridan foydalanish vaqtida;
  • ijtimoiy tarmoqlardagi (Facebook, Instagram va boshqalar) “Uzbekistan airways” aksiyadorlik jamiyati rasmiy sahifalarida ma’lumot almashish vaqtida.

“Uzbekistan airways” aksiyadorlik jamiyati o‘z mijozlari shaxsiy ma’lumotlarini quyidagilardan olishi mumkin:

  • “Uzbekistan airways” aksiyadorlik jamiyati bilan shartnoma bo‘yicha “Uzbekistan airways” aksiyadorlik jamiyati mijozlariga xizmat ko‘rsatadigan kompaniyalardan;
  • “Uzbekistan airways” aksiyadorlik jamiyati mijozi bilan tuzilgan tashuv shartnomasini bajarishga jalb qilingan kompaniyalardan, jumladan oldingi yoki keyingi reysni amalga oshiradigan aviakompaniyalar, aeroportlarning tegishli operatorlari, hamda bojxona va immigratsion xizmatlar va hokazolardan.

“Uzbekistan airways” aksiyadorlik jamiyati tomonidan talab qilinayotgan shaxsiy ma’lumotlar hajmi tashuv shartnomalari va ular bilan bog‘liq xizmatlarni bajarish, hamda bunday shrtnomalarni va qo‘shimcha xizmatlarni bajarish vaqtida taqdim etilayotgan xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish uchun zarur ma’lumotlar bilan cheklanadi.

“Uzbekistan airways” aksiyadorlik jamiyati o‘z mijozlari shaxsiy ma’lumotlaridan quyidagi maqsadlarda foydalanadi:

  • aviatsiya xavfsizligi va parvozlar xavfsizligini ta’minlash;
  • bronlashni amalga oshirish;
  • aviachiptani rasmiylashtirish;
  • bronlash tasdig‘ini yuborish va aviachiptani sotish;
  • parvoz xizmatlari va parvoz, parvozoldi xaridlari, bagaj xizmatlari bilan bog‘liq ma’lumotni taqdim etish;
  • audit o‘tkazish;
  • ro‘yxatga olish va kutish ro‘yxatlari bilan ishlash jarayonini boshqarish;
  • aviakompaniya veb-saytidan shaxsiy foydalanish, hamda veb-saytdan foydalanish bilan bog‘liq jarayonni qo‘llab-quvvatlash;
  • qarama-qarshi aloqani ta’minlash;
  • parvozlar jadvalidagi o‘zgartirishlar haqida ma’lum qilish va tashuv shartnomalarini ijro etish;
  • qonunlarga rioya qilishni ta’minlash;
  • jinoyatlar olidini olish va aniqlash;
  • boshqa bevosita va bilvosita reklama maqsadlari.

Korporativ veb-saytning to‘g‘ri ishlab turishi maqsadida «Uzbekistan airways» aksiyadorlik jamiyati cookies-fayldan foydalanadi. Veb-saytlarning ayrimlari tahlil va foydalanish tajribasini yaxshilash uchun ishlatiladi. «Uzbekistan airways» aksiyadorlik jamiyatining korporativ veb-sayti cookies-fayllarni veb-sayt texnik inkoniyatlari uchun mutloq zarur va majburiy bo‘lmagan fayllarga ajratadi. Cookies-fayllar yordamida to‘plangan shaxsiy ma’lumotlar hajmiga mazkur Mahfiylik siyoisati qoidalari asosida ishlov beriladi.

Сookies-fayllar – bu veb-saytga “Internet” tarmog‘iga ruxsat bilan kirish uchun veb-server (www.uzairways.com veb-server kabi) orqali foydalaniluvchi kompyuteri, smartfoni, plansheti va boshqa moslamalarga yuboriladigan ma’lumotlarning harf va raqamlardan iborat bo‘lgan katta bo‘lmagan fragmentlaridir. Cookies-fayllar foydalanuvchi Moslamasida saqlagandan so‘ng veb-sayt serveri foydalanilayotgan Moslamani aniqlay oladi.

Aviakompaniya veb-sayti har xil maqsadlarda xizmat qiladigan turli xildagi cookies-fayllardan foydalanadi. Maqsadlariga qarab cookies-fayllarni quyidagi toifalardan biriga ajratish mumkin:

  • «Majburiy cookies-fayllar», ya‘ni «Uzbekistan airways» aksiyadorlik jamiyati korporativ saytida xarid qilish va bronlash uchun qat’iy zarur cookies-fayllar;
  • «Funksional cookies-fayllar», ya‘ni veb-sayt bo‘yicha ko‘chish va uning imkoniyatlaridan foydalanish imkonini beruvchi, tanlov haqidagi ma’lumotni yozib olish va veb-saytni foydalanuvchi talablari asosida sozlash. Misol uchun, foydalanuvchi kiritgan ma’lumotlarni esda tutish va ma’qul deb bilgan tilni saqlab qolish;
  • «Tahliliy/statistik cookies-fayllar», veb-sayt unumdorligini oshirishga va uni foydalanuvchi uchun yanada qulaylayroq qilishga yordam beruvchi fayllar. Tahliliy cookies-fayllar orqali ma’lumot sifati va/yoki xizmatlar samaradorligi haqida ma’lumot chiqarib olinadi.

Foydalanuvchi «Majburiy cookies-fayllar»ga qarashli cookies-fayllardan foydalanishdan voz kechgan holda veb-saytning ba’zi vazifalarini amalga oshirishning imkoni bo‘lmaydi.

Cookies-fayllar doimiy va sessiyaga olid bo‘ladi.

Doimiy cookies-fayllar brauzer orqali saqlanadi va saqlash shartlari muddatlari vaqtigacha amalda qoladi:

  • seans oxiriga (masalan, brauzer yopilganda);
  • tugash sanasi ko‘rsatilgan, saqlash muddati o‘tgan;
  • brauzer cookies-faylni foydalanuvchining talabiga ko‘ra yo‘q qilgan.

Sessiyaviy cookies-fayllar amal muddati tugashi bilan kuchini yo‘qotadi.

“Uzbekistan airways” aksiyadorlik jamiyatining korporativ veb-sayti https:// www.uzairways.com va uning barcha poddomenlari session va doimiy cookies-fayllardan foydalanadi.

“Uzbekistan airways” aksiyadorlik jamiyati shaxsiy ma’lumotlarga ishlov berish bilan bog‘liq butun faoliyat tashkil etilishini va nazoratini ta’minlaydi. Shaxsiy ma’lumotlarga qo‘lda va avtomatlashtirish vositalari orqali yig‘ish, yozib olish, sistemalashtirish, saqlash, aniqlashtirish (yangilash, o‘zgartirish), ajratish, foydalanish, o‘tkazish (taqdim etish, ruxsat berish), uchirib tashlash, shaxsiy ma’lumotlarni bekor qilish yo‘li bilan ishlov beriladi. “Uzbekistan airways” aksiyadorlik jamiyati xodimlarining shaxsiy ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va saqlash operatsiyalariga ruxsat berish “Uzbekistan airways” aksiyadorlik jamiyati lavozim vakolatlari va tashkiliy-boshqaruv reglamentlariga muvofiq qat’iy tartibda amalga oshiriladi.

“Uzbekistan airways” aksiyadorlik jamiyati mijozlarining shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlash va saqlash, shu jumladan “Uzbekistan airways” aksiyadorlik jamiyatining, uning tijorat va ishlab chiqarish faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun maxsus dasturiy yechim taqdim etuvchi hamkorlarining avtomatlashtirilgan tizimlari vositasida, shuningdek to‘lovlarni qayta ishlash xizmatlarini taqdim etuvchi moliya tashkilotlari tomonidan ta’minlanadi. Bunda “Uzbekistan airways” aksiyadorlik jamiyati hamkorlari mijozlarning shaxsiy ma’lumotlarini yig‘ish, qayta ishlash va saqlashning ishonchlilik tegishli darajasini ta’minlash majburiyatini oladi.

“Uzbekistan airways” aksiyadorlik jamiyati korporativ veb-sayti foydalanuvchilarining tashqi havolalar (shu jumladan to‘lov tizimlari resurslari) bo‘yicha boshqa veb-saytlar o‘tishi holatida “Uzbekistan airways” aksiyadorlik jamiyati o‘zga veb-saytlar shaxsiy ma’lumotlarinining maxfiyligini ta’minlanishi uchun mas’uliyatni zimmasiga olmaydi. “Uzbekistan airways” aksiyadorlik jamiyati o‘zining barcha hamkorlaridan ma’lumotlarning maxfiyligi ta’minlashi va ularni saqlash bo‘yicha choralar ko‘rilishini talab qiladi.

Shaxsiy ma’lumotlarni saqlash muddati va davri amaldagi qonunchilik bilan aniqlangan, “Uzbekistan airways” aksiyadorlik jamiyati tomonidan foydalanadigan avtomatlashtirilgan tizimlardan foydalanish reglamenti, tashuv shartnomalarini bajarilishini ta’minlovchi va yozuvlarni rasmiylashtirish, qayta ishlash va saqlash tartibini belgilovchi xalqaro standartlar, shuningdek “Uzbekistan airways” aksiyadorlik jamiyati texnologik hujjatlari bilan belgilanadi.

“Uzbekistan airways” aksiyadorlik jamiyati o‘zining mijozlariga ba’zi xizmatlar taqdim etilishini tashkillashtirishda yordam ko‘rsatish maqsadida shaxsiy ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga shu jumladan bojxona va immigratsiya hokimiyati, boshqa aviakompaniyalar, aeropotlar va qo‘shimcha xizmatlarni ko‘rsatuvchilarga taqdim etadi.

“Uzbekistan airways” aksiyadorlik jamiyati shaxsiy ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga sotmaydi va uchinchi shaxslarning marketing ma’lumotlarini o‘z mijozlariga yuborish imkoniyatini taqdim etmaydi.

“Uzbekistan airways” aksiyadorlik jamiyati shartnomaga muvofiqlashtirish yoki reyslar amalga oshirilayotgan davlatlar qonunchiligining ma’lum talablarini bajarish uchun jamlangan shaxsiy ma’lumotlarni (ismi, passport raqami, sayohat to‘g‘risidagi ma’lumot va b.) to‘liq yoki qisman taqdim etishi mumkin. Xorijiy mamlakatga shaxsiy ma’lumotlarni yuborishda shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash tartibi tegishli davlat qonunchiligi bilan tartibga solinadi.

“Uzbekistan airways” aksiyadorlik jamiyati mijozlarning shaxsiy ma’lumotlarini tegishli qonunlarga rioya qilgan holda O‘zbekiston Respublikasining hamda xorij davlatlarining vakolatli davlat va huquqni muhofaza qulish va boshqa organlarga berishi mumkin.

“Uzbekistan airways” aksiyadorlik jamiyati mijozlari va hamkorlari ularning shaxsiy ma’lumotlariga ishlov berish yuzasidan o‘zlarining da’volarini ko‘rsatishlari yoki shaxsiy ma’lumotlarni taqdim etishga o‘z rosiligiga javob muolajalarini boshlashlari mumkin.

Ushbu maxfiylik siyosati yuzasidan qandaydir savollar tug‘ilganda quyidagi manzilga murojaat qilish zarur:

“Uzbekistan airways” Aksiyadorlik jamiyati, GSP-100060, Toshkent sh., Amir Temur shox ko‘chasi, 41.