Pulli ovqatlanish
“Uzbekistan Airways Express”
reyslarida pullik ovqatlanish.
“Uzbekistan Airways Express” aviakompaniyasining 2,5 soatdan ortiq davom etadigan reyslarida (HY9XXX reyslari raqamlari) yo‘lovchilarga oldindan to‘lovni amalga oshirish sharti bilan qo‘shimcha issiq taomlarga buyurtma berish imkoniyati taqdim etiladi. Bunday pullik taomlar reysni amalga oshirish vaqtida mavjud bo‘lgan reyslarning bort taomlari menyusidan taqdim etiladi va taomlar to‘plamidan tanlashni nazarda tutmaydi.

- Bortda issiq taomlarning to‘liq standart to‘plami, jumladan: Mol go‘shtidan garnirli asosiy issiq taom, sabzavotli salat/sabzavotli gazak, yangi non va shirinliklar
- Faqat asosiy issiq taom mol go‘shti garnir bilan.
- Buyurtma berish va xizmat uchun to‘lov aviachiptani rasmiylashtirish vaqtida yoki undan keyin amalga oshiriladi va 45 kun oldin boshlanadi va jadval bo‘yicha parvozdan 24 soat oldin to‘xtatiladi.
Xizmatni bron qilish, rasmiylashtirish va haq to‘lash, faqat yo‘lovchi tomonidan belgilangan yo‘nalish uchastkalari uchun amalga oshiriladi.
Yo‘lovchi aviachiptani ixtiyoriy ravishda qaytargan holatlarda, xizmat uchun to‘langan summalarni reys jadvali bo‘yicha parvozdan 24 soatdan kechiktirmay qaytarishga ruxsat beriladi.
Majburiy ravishda qaytarilgan holatlarda, xizmat uchun to‘langan summa to‘liq qaytariladi.