Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Hurmatli yo‘lovchilar!

Onlayn ro‘yxatdan o‘tish xizmatidan foydalanib, qatnovga ro‘yxatdan o‘tishingiz va aeroportda vaqtni tejashingiz mumkin.

Onlayn ro‘yxatdan o‘tish parvozdan 23 soat oldin ochiladi.

Onlayn ro‘yxatdan o‘tish parvozdan 4 soat oldin to‘xtatiladi.

 Onlayn ro'yxatdan o'tish xizmati ochiq

wc

dep

Respublikaning barcha ichki yo‘nalishlariga onlayn ro‘yxatdan o‘tish mumkin.

dep

O‘zbekiston Respublikasi aeroportlaridan: barcha MDH davlatlariga, Dubay, Istanbul, Sharja

arr

O‘zbekiston Respublikasi shaharlari aeroportlariga:
Astana, Olmaota, Bishkek, Irkutsk, Minsk, Nyu-York, Omsk, Riga, Sochi, Istanbul, Tbilisi, Frankfurt.

Tashqi tizimlari orqali bunday qatnovlarga ro‘yxatdan o‘tgan yo‘lovchilar jo‘nab ketish aeroportida ro‘yxatdan o‘tish vaqtida boshqa joyga o‘tkaziladi.

Qatnovga har qanday qulay joydan – uydan, ofisdan, internetga ega bo‘lgan kafelardan ro‘yxatga o‘tish mumkin. Buning uchun aviakompaniya veb-saytidagi tegishli bo‘limni tanlab, aviachipta raqami, yo‘lovchining familiyasi, amaldagi elektron pochta manzilini o‘z ichiga olgan kerakli ma’lumotlarni diqqat bilan kiritish lozim. Pochta manziliga Siz chop etishingiz kerak bo‘lgan sahnda Sizga biriktirilgan joy ko‘rsatilgan chiqish taloni yuboriladi.

Agar Sizda printer bo‘lmasa, chiqish talonini aeroportda maxsus QR - kioskada chop etishingiz mumkin. Buni amalga oshirish uchun mobil telefon/planshet ekranida chiqish taloningizni ochishingiz va uni QR-kodi (shtrix kod) tomoni bilan kiosk skaneriga yaqinlashtirishingiz zarur. Chiqish taloni avtomatik ravishda chop etiladi.

Bundan tashqari, chiqish talonini Siz aeroportda bevosita ro‘yxatdan o‘tish ustunida chop etishingiz mumkin.

selfcheck

Siz aviachiptani agentlikdan sotib olganingiz yoki parvozni aviakompaniyaning www.uzairways.com veb-saytida to‘g‘ridan-to‘g‘ri bron qilganingizni ahamiyati yo‘q, onlayn ro‘yxatdan o‘tish xizmati “Uzbekistan Airways”ning barcha yo‘lovchilari uchun taqdim etiladi.

1. Saytning asosiy sahifasida “onlayn ro‘yxatdan o‘tish” tugmasini tanlang. Tizim Sizni aniqlashi uchun, chiptada ko‘rsatilgan chipta raqamini, lotin harflari bilan o‘zingizning familiyangizni kiriting. Shundan so‘ng, “Keyingi” tugmasini bosing.

2. Ro‘yxatdan o‘tayotgan yo‘lovchilar familiyasini va tanlangan qatnovni belgilang. Tashish uchun taqiqlangan buyumlar ro‘yxati bilan tanishing. “Davom etish” tugmasini bosing.

3. Shundan so‘ng Siz qatnovga ro‘yxatdan o‘tasiz, salondagi joy avtomatik ravishda biriktiriladi. Agar joyni almashtirishni xohlasangiz, “Joyni o‘zgartirish” havolasini bosing.

4. Sahnning sxemasiga qarang. Sichqoncha tugmasini bosib, joyingizni belgilang hamda “Tasdiqlash” va “Keyingi” tugmalarini bosing.

5. Chop etilgan yoki telefonga yuklab olingan mobil chiqish taloni bilan rasmiyyatchilikdan o‘tish uchun aeroportga ertaroq keling.

Qatnovga onlayn ro‘yxatdan o‘tish samolyot parvozidan 23 soat oldin boshlanadi.

excDiqqat

Bagaj samolyot parvozidan 30 daqiqa oldin topshirilishi lozim, qo‘l yukining o‘lchami va og‘iligi belgilangan me'yorlardan oshmasligi kerak. Bagaj va qo‘l yukida tashish uchun taqiqlangan buyumlar (https://www.uzairways.com/ru/perechen-opasnykh-veschestv-i-predmetov-zapreschennykh-k-perevozke-na-vozdushnykh-sudakh) havolasida keltirilgan.

Agar Siz parvozdan oldin 23 soatdan kamroq vaqt ichida chipta sotib olgan bo‘lsangiz yoki broningizga o‘zgartirishlar kiritgan bo‘lsangiz, qatnovga onlayn ro‘yxatdan o‘tish imkoni mavjud bo‘lmasligi mumkin.

Agar Siz chiqish talonini aeroportda olishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, u holda buni qatnovga ro‘yxatdan o‘tish tugagunga qadar, lekin parvozdan 40 daqiqa oldin, kechikmasdan amalga oshirishingiz kerak.

Siz quyidagi hollarda:

- bronlashtirishda alohida joy ajratilgan chaqaloq bilan parvoz qilsangiz;

- maxsus toifadagi yo‘lovchilar – og‘ir kasallar, zambildagi yoki kislorod uskunasiga muhtoj bo‘lgan yo‘lovchilar toifasiga kirsangiz;

- hayvonlarni olib ketayotgan bo‘lsangiz;

- qo‘shimcha joylarga, jumladan bagaj uchun joylarga ega bo‘lsangiz;

- o‘zingiz bilan qurol olib ketayotgan bo‘lsangiz qatnovga onlayn ro‘yxatdan o‘ta olmaysiz.

Bunday hollarda Siz aeroportda maxsus tartib-taomillarni bajarish uchun ro‘yxatdan o‘tish ustunida qatnovga ro‘yxatdan o‘tishingiz kerak.

Sizni aviakompaniyamiz qatnovlarida ko‘rishdan mamnun bo‘lamiz.

Sizga yoqimli va xavfsiz parvozlar tilaymiz!