Nosozlik va uzilish holatlarida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish qoidalari
| Rejalashtirilgan jadval o‘zgarishi (PSC) va nosozlik holatlarida (IROP) xizmat ko‘rsatish tartibi | PCS | IROP | |
| Parvozdan 14 kun oldin | Parvozdan 14 kundan 48 soatgacha | Parvozga 48 soatdan kam vaqt qolganda | |
Xuddi shu yoki muqobil HY reysida tashish: - Muqobil tashish qiymati oshganda, yo‘lovchi qo‘shimcha haq to‘laydi; - Muqobil tashish qiymati arzonlashganda, yo‘lovchiga narxlar o‘rtasidagi farq qaytariladi. |
Yo‘q Ha |
Yo‘q Ha |
Yo‘q Ha |
Boshqa aviakompaniyalar/transportning boshqa turlari orqali tashishlarni taqdim etish:
|
Ha Ha |
Yo‘q Ha |
Yo‘q Ha |
| Aviachipta qiymatini jarima to‘lovlarisiz majburiy ravishda qaytarish | Ha | Ha | Ha |
| Mehmonxonaga borish va qaytish uchun transport xizmati | Yo‘q | Yo‘q | Ha |
Qatnovni kutish vaqtida mehmonxona bilan ta’minlash:
|
Yo‘q Yo‘q |
Yo‘q Yo‘q |
Ha Ha |
| Ichimliklar va oziq-ovqat bilan ta’minlash (parvoz 2 soat va undan ortiq muddatga kechiktirilganda — ichimliklar, 4 soat va undan ortiq kechiktirilganda — oziq-ovqat). | Yo‘q | Yo‘q | Ha |
| Aviakompaniya tomonidan tranzit punktlarida soliqlar va yig‘imlarni hamda tranzit/borish mamlakati talabiga muvofiq yuzaga keladigan boshqa xarajatlarni to‘lash | Yo‘q | Yo‘q | Ha |
| Parvozning kechiktirilishi munosabati bilan pul kompensatsiyalarini to‘lash yoki muqobil kompensatsiya xizmatlarini taqdim etish. | Yo‘q | Ha | Ha |
IROP bo‘yicha majburiy sabablarga ko‘ra aviachiptalarni qayta bron qilish/qayta rasmiylashtirish muddatlari:
Chipta parvozning dastlabki sanasidan boshlab 2 kundan kechiktirmay qayta bron qilinishi/qayta rasmiylashtirilishi kerak. Yangi parvoz sanasi quyidagicha belgilanadi:
- Interlayn chipta uchun — chipta qayta bron qilingan/qayta rasmiylashtirilgan sanadan boshlab 5 kundan kechiktirmay.
- o‘z reysidagi chipta uchun — qayta bron qilingan/qayta rasmiylashtirilgan chipta sanasidan boshlab 7 kundan kechiktirmay.
PSC bo‘yicha majburiy ravishda qayta bron qilish/qayta rasmiylashtirish dastlabki reysning parvoz etish vaqtigacha amalga oshiriladi. Qayta rasmiylashtirilgan chiptadagi har bir parvoz kuponi bo‘yicha qayta bron qilish/qayta rasmiylashtirish quyidagi shartda majburiy ravishda amalga oshirilgan deb hisoblanadi, agar yangi tasdiqlangan parvoz sanasi:
- Interlayn chipta uchun — dastlabki reysning parvoz etish sanasidan 5 kun oldin yoki ushbu sanadan 5 kundan kechiktirmay;
- o‘z reysidagi chipta uchun — dastlabki parvoz etish sanasidan 10 kun oldin yoki ushbu sanadan 10 kundan kechiktirmay.
Agar yangi parvoz etish sanasi yo‘lovchini qoniqtirmasa, u holda chipta majburiy tartibda qaytarilishi kerak.
Parvoz kechiktirilganligi uchun kompensatsiya to‘lash — aeroportda parvoz 4 soatdan ortiq muddatga kechiktirilganda yoki belgilangan manzilga yetib kelish 4 soatdan ortiq muddatga kechiktirilganda amalga oshiriladi. Kompensatsiyalar summasi bagaj tashish normasi belgilangan va qaytarish bo‘yicha cheklovlar mavjud bo‘lmagan bir tomonlama ekonom-klass tarifidan yoki parvoz kechikkan yo‘nalish qismi uchun kechikish punktida e’lon qilingan “Comfort” brendining ekonom-klass tarifidan hisoblanadi. Kompensatsiya summasi parvoz 4 soatdan ortiq kechiktirilgan har bir soat uchun yuqorida ko‘rsatilgan tarifning 1% miqdorida belgilanadi, biroq kompensatsiyaning umumiy miqdori tarifning 25% oshmasligi kerak. Agar yo‘lovchi taklif etilgan muqobil qatnovni rad etsa, kompensatsiya miqdori tarifning 25 foizini tashkil etadi va unga chiptaning foydalanilmagan qismi qiymati majburiy tartibda qaytariladi. Yo‘lovchining tanlovi bo‘yicha pul kompensatsiyasi o‘rniga muqobil boshqa kompensatsiya xizmati taqdim etilishi mumkin.
Jo‘nab ketish punktida ixtiyoriy ravishda ushlanib qolishga rozi bo‘lgan yo‘lovchilarga quyidagilar taqdim etiladi:
- IROP holatlarida belgilangan standart xizmatlar (taomlanish, mehmonxona, mehmonxonaga borish va qaytish transporti);
- yo‘lovchi uchib ketish punktida kechiktirilgan birinchi soatdan boshlab hisoblanadigan pul kompensatsiyasi;
- yo‘lovchining tanloviga muvofiq, bonuslardan biri - qo‘shimcha bagaj me’yori, FFP uchun qo‘shimcha ballar, joy tanlash imkoniyati, Business Lounge. Agar yo‘lovchi keyingi parvozini boshqa tashuvchi reysida amalga oshirsa, bonus taqdim etilmaydi.
Yo‘lovchilar bagaji bilan bog‘liq noto‘g‘ri tashish holatlari uchun kompensatsiyalar 1955-yil 28-sentyabrdagi Gaaga Bayonnomasi, 1-, 2-, 4-Monreal Bayonnomalari (Monreal, 25.09.1975-y) bilan o‘zgartirilgan Xalqaro havo transportida tashishlarga doir ayrim qoidalarni birxillashtirish to‘g‘risidagi konvensiya (Varshava, 12.10.1929-y.) qoidalariga muvofiq to‘lanadi.
Aviakompaniya yo‘lovchini havo kemasi bortiga joylashtirishni rad etish huquqiga ega:
1. Tashish amalga oshirilayotgan hududdan/hududga/hudud orqali har qanday mamlakatning davlat organlari qonunlarining buzilishini oldini olish uchun;
2. Yo‘lovchida barcha zarur va tegishli amal qilish muddatlariga ega bo‘lgan yo‘l hujjatlari mavjud bo‘lmasa;
3. Yo‘lovchi parvozdan oldingi tekshiruvdan o‘tishni rad etganda va xavfli buyumlar yoki moddalarga oid talablarga rioya qilmaganda, tashish shartnomasida nazarda tutilgan shartlar asosida me’yordan ortiq yoki maxsus bagaj uchun haq to‘lashni rad etganda;
4. Yo‘lovchi jamiyatda o‘zini tutish qoidalarini hurmat qilmaslik, fuqarolarga nisbatan haqoratomuz munosabatda bo‘lish va jamoat tartibi va osoyishtaligini buzuvchi boshqa xatti-harakatlarda ifodalanadigan xulq-atvorni namoyon etsa, shuningdek tashuvchi va boshqa shaxslarning mol-mulkiga qasddan zarar yetkazish deb hisoblanishi mumkin bo‘lgan harakatlarni sodir etsa;
5. Yo‘lovchining jismoniy va/yoki ruhiy holati alohida sharoitlar va yordam ko‘rsatishni talab qilsa, yo‘lovchining o‘zi yoki boshqa shaxslar xavfsizligiga tahdid solsa, bu holatlar obyektiv dalillar va tibbiy hujjatlar bilan tasdiqlansa, ekipaj a’zolarining xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilsa, tartibsizlik, bartaraf etib bo‘lmaydigan noqulayliklar hamda yo‘lovchining o‘zi, boshqa shaxslar va/yoki ularning mol-mulki uchun xavf-xatar yuzaga keltirsa.
1-4-bandlarda ko‘rsatilgan holatlarda summalarni qaytarish - tashish haqini to‘lash uchun qo‘llanilgan tarif qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi. 5-bandda ko‘rsatilgan vaziyatda yo‘lovchiga summalarni qaytarish, majburiy qaytarish shartlari asosida va jarima to‘lovlarini ushlab qolmasdan amalga oshiriladi, bunda xulq-atvori parvoz xavfsizligiga tahdid soladigan alkogolli yoki giyohvand modda ta’sirida mast bo‘lgan shaxslarni tashishni rad etish hollari mustasno. Ushbu holatlarda summalarni qaytarish tashish uchun qo‘llanilgan tariflar shartlariga muvofiq amalga oshiriladi.