Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

Shuni ma’lum qilamizki, 2018-yilning 1-aprelidan boshlab “Uzbekistan airways” AJning Sankt-Peterburgdan qatnovlariga roʻyxatdan oʻtish vaqti qatnov joʻnashidan 3 soatu 30 daqiqa oldin boshlanadi va qatnov joʻnashiga 1 soat qolganda roʻyxatdan oʻtish tugatiladi.

Blagoveshensk shahri aeroportidan aviachiptada ko‘rsatilgan jo‘nash vaqtidan 5 soat oldin.

Samolyot sahniga oʻtqazish qatnov joʻnashidan 1 soat oldin boshlanadi va uchib ketishdan 20 daqiqa oldin tugatiladi.

Xalqaro qatnovlarda chiptani roʻyxatdan oʻtkazish va bagajni rasmiylashtirish aviachiptada koʻrsatilgan joʻnash vaqtidan 40 daqiqa oldin tugatiladi.

Xorijiy aeroportlarda roʻyxatdan oʻtkazish qatnov joʻnashidan 40 daqiqa oldin tugatiladi. Quyidagi shaharlar aeroportlari bundan mustasno: Toshkent, Ankara, Moskva (Vnukovo), Myunxen, Dehli, Kuala-Lumpur, London (Heatrow va Gatwick), Milan, Nyu-York, Rim, Seul, Istanbul, Tel-Aviv, Frankfurt, Sharja, Dubay, Bangkok, Pekin, Nyachang aeroportlaridan uchib ketadigan MAK qatnovlarida yoʻlovchilarni roʻyxatdan oʻtkazish va bagajni rasmiylashtirish qatnov joʻnashidan 1 soat oldin.

Blagoveshensk shahri aeroportidan aviachiptada ko‘rsatilgan jo‘nash vaqtidan 2 soat oldin.

Milliy aviakompaniyaning ichki qatnovlarida aviabiletlarni ro‘yxatga olish va bagajni rasmiylashtirish:

  • O‘zbekiston Respublikasining barcha aeroportlarida – aviabiletda ko‘rsatilgan jo‘nab ketish vaqtidan 30 daqiqa oldin tugaydi.

Roʻyxatdan oʻtish tugatilgandan soʻng yetib kelgan yoʻlovchi qatnovga qoʻyilmaydi.

Chiptada ko‘rsatilgan uchish vaqtidan 40 daqiqa oldin tugatiladigan ro‘yxatdan o‘tish vaqtiga kechikib kelgan yo‘lovchi mazkur qatnovda tashuvga qo‘yilmaydi.

Onlayn ro‘yxatdan o‘tish