Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Mahsulotlarni olib kirish bo‘yicha cheklovlarga ega mamlakatlar ro‘yxati

Ulashing
Ozarbayjon

  •  Qurol-yarog' va o'q-dorilar: (maxsus ruxsatnomasi bor ovchilik qurollari bundan mustasno);
  •  Narkotiklar va tarkibida narkotik bor preparatlar;
  •  Hayvonlar;
  •  Ozarbayjonning konstitutsiyaviy tizimiga qarshi qaratilgan deb talqin qilinishi mumkin bo'lgan fotosuratlar va bosma materiallar;
  •  Yangi uzilgan sabzavot va mevalar.

Buyuk Britaniya

  • Spirtli ichimliklar va sigaretlar: YeIga a'zo bo'lmagan mamlakatdan Buyuk Britaniyaga bojsiz olib kirish mumkin: - 200 dona sigaret yoki 100 dona sigarill yoxud 50 dona sigara, yoki 225 g tamaki; - 22 darajadan yuqori bo'lgan o'tkir spirtli ichimliklar - 1 l yoki tarkibida 22 darajagacha spirt bo'lgan vino va likyorlar - 2 l.; - 16 l. pivo; - 4 l. oddiy vino;
  • Zargarlik buyumlari. Shaxsiy narsalar, shuningdek, zargarlik buyumlari, qimmatbaho buyumlar va qiymati 4000 evrodan ortiq bo'lgan buyumlar deklaratsiyalanishi lozim.
  • Avtomobillar va benzin. Transport vositasini shaxsiy foydalanish uchun 6 oydan ortiq bo'lmagan muddatga olib kirishda S110 bojxona formasini to'ldirish va bir nusxasini o'zida qoldirib, pochta orqali soliqlardan ozod etish Byurosiga (National Import Reliefs Unit) yuborish lozim. Avtoulovni chegarada deklaratsiyalash talab qilinmaydi. Avtoulovni bojsiz olib kirilishining sharti uni belgilangan muddati tugagunga qadar olib chiqilishi. Talabalar yoki shartnoma bo'yicha ishlayotgan shaxslar o'zining o'qishi yoki shartnomasi davrida transport vositasini bojsiz olib kirishi mumkin. O'qish yoki shartnoma muddati tugagach transport vositasini olib chiqishi lozim. Mamlakatdan chiqib ketishda bojxona shakli nusxasini yuqorida qayd etilgan organga yuborish kerak bo'ladi. Olib kirilgan transport vositasining Buyuk Britaniya hududida amal qiladigan straxovanie (sug'urta) qildirganligi to'g'risidagi hujjati bo'lishi lozim. Avtoulovning baki hajmida shaxsiy foydalanish uchun benzin olib kirish mumkin.
  • Buyuk Britaniyaga olib kirish taqiqlanadi: harbiy anjom , portlovchi moddalar, o'q otish quroli , litsenziyalanmagan dori-darmonlar, pornografik materiallar, qalbaki mahsulot, shuningdek, go'sht, baliq, asal, tuxum, sut va hayvonlardan olinadigan boshqa mahsulotlar.Yuqorida qayd etilgan oziq-ovqat mahsulotlari shaxsiy iste'mol uchun cheklangan miqdorda olib kirilishi mumkin.
  • Boshqa narsalar. Buyuk Britaniyaga shaxsiy samolyoti yoki yaxtasida keladigan chet elliklar 390 yoki 270 f.st. Miqdoridagi itovarlarni bojsiz olib kirishi mumkin.

Germaniya Federativ Respublikasi

  • Spirtli ichimliklar va sigaretlar. 17 yoshgacha bo'lgan shaxslarga tamaki va alkogol olib kirish taqiqlangan. Bojsiz olib kirish mumkin:- 200 dona sigaret yoki 50 dona sigara, yoki 250 g tamaki;- o'tkirligi 22 gradusdan ortiq bo'lgan 1 l alkogolli ichimlik yoki 2 l shampan vinosi yoki likyor, 2 l vino.
  • Qurol-yarog' va o'q-dorilar. O'qotar qurol, portlovchi moddalar va o'q-dorilar, shu jumladan elektroshokerlar va gaz ballonchalari (faqat maxsus ruxsatnomalar bilan).
  • Avtomobillar va benzin. Avtomobilda harakatlanganda zahiradagi kanistrada 10 l dan ortiq bo'lmagan benzin olib o'tish tavsiya qilinadi. Mamlakat hududida bo'lish vaqtida avtomobil va bagajga nisbatan bojxona rejimi amal qiladi, bu ularni sotish, ijaraga berish yoki garovga qo'yish, ulardan daromad olish uchun foydalanishga ruxsat berilmasligini anglatadi. Bunday zaruriyat tug'ilgan hollarda, eng yaqin bojxona ofisi bilan bog'lanish va import bojini to'lash zarur. YeH ga a'zo bo'lmagan davlat tomonidan ro'yxatga olingan avtomobilning GFR hududida bo'lish muddati 6 oyni tashkil qiladi. Bu cheklov Germaniyada ta'lim olayotgan talabalar va mamlakatga xizmat yuzasidan borgan shaxslarga tegishli emas. Ular uchun mashinadan shaxsiy, notijorat maqsadlarda foydalanish muddati mamlakatda bo'lish davri tugagunga qadar davom etadi.
  • Dori-darmonlar. Germaniyaga litsenziyasi bor dori preparatlarini olib kirishga ruxsat beriladi. Dorilarni olib kirish bo'yicha batafsil ma'lumotlarni HM Customs and Excise Advice Centre, Tel: +44 (0) 20-89-29-01-52 dan olish mumkin.
  • Boshqa buyumlar. 500 g kofe, 100 g choyni bojsiz olib kirish mumkin.
  • Germaniyaga olib kirish cheklangan narsalar: - tirik hayvonlar (Germaniya hududiga hayvonlarni olib kirish tartibi maxsus qoidalar bilan belgilangan);- mo'yna, fil suyagi, teri, hayvonlar va qushlarning tulumlari;- o'simliklar, lo'chatlar, urug'lar va piyozboshlar;- uzun to'lqinli radioperedatchiklar.
  • Olib kirish taqiqlangan:- litsenzyasi yo'q meditsina preparatlari , geroin, morfiy, kokain, amfetaminlar, barbituratlar, LSD va gashish kabi narkotik vositalar;- pichoqlar, xanjarlar, kastetlar, teleskopik to'qmoqlar va shu kabi sovuq qurollar;- tovar belgilari egalarining huquqlarini buzuvchi soxta tovarlar, masalan, soatlar yoki litsenziyalanmagan dasturli kompakt-disklar;- YeH mamlakatlaridan tashqarida ishlab chiqarilgan go'sht, baliq mahsulotlari, tuxumlar, asal, ayrim hollar bundan mustasno.Bolalar ozuqasi va meditsina maqsadlarida foydalaniladigan maxsus oziq-ovqat mahsulotlarini olib kirishga ruxsat berilgan.

Isroil

  • Spirtli ichimliklar va sigaretlar:Deklaratsiyaga kiritilmaydi: o'tkir alkogolli ichimliklar - 1 l gacha, vino – 17 yoshdan oshgan har bir shaxsga 2 l gacha; tamaki mahsulotlari - 17 yoshdan oshgan har bir shaxsga 250 dona sigaret yoki 250 g boshqa tamaki mahsulotlari.
  • Pardoz vositalari. Deklaratsiyaga kiritilmaydi: alkogol asosida tayyorlangan kosmetika — har bir shaxsga 0,25 l gacha.
  • Boshqa narsalar. Deklaratsiyaga kiritilmaydi: shaxsiy ehtiyojlar uchun kiyim-kechak, poyabzal, gigienik vositalar va shaxsiy ehtiyoj hamda sovg'a uchun boshqa tovarlar. Ularning bahosi har bir 2 yoshdan oshgan shaxsga 200 AQSh dollaridan oshmasligi kerak.

Hindiston

  • Spirtli ichimliklar va sigaretlar: Bojsiz olib kirish mumkin: 200 dona sigaret yoki 50 dona sigara, yoki 250 g tamaki, spirtli ichimliklar 0,95 l gacha.
  • Zargarlik mahsulotlari va qimmatbaho buyumlar. Mamlakatga taqinchoqlar olib kirishga ruxsat berilgan.
  • Qurol-yarog' va o'q-dorilar: Qurol-yarog' va o'q-dorilar olib kirish taqiqlangan.
  • Valyuta. Xorijiy valyutani olib kirish va avval olib kirilgan valyutani olib chiqish miqdori cheklanmagan, biroq 10 000 AQSh dollaridan ortiq miqdordagi valyutani deklaratsiyada ko'rsatish zarur.2000 AQSh dollaridan ortiq valyutani olib chiqishda uning qonuniy kelib chiqishini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etish zarur.
  • Maishiy texnika. Bojsiz olib kirish mumkin: fotoapparatlar, video- va kinokameralar, elektromaishiy texnika va boshqalar – har bir nomdan 1 ta buyumdan.Olib kirilayotgan kompyuterlar va noutbuklar deklaratsiyaga kiritilishi shart.
  • Boshqa buyumlar. Oziq-ovqat mahsulotlari va kundalik ro'zg'orda foydalaniladigan buyumlarni shaxsiy ehtiyojlar doirasida olib kirishga ruxsat beriladi.
  • Olib kirish taqiqlangan:- narkotiklar;- oltin yombi;- tilla tangalar - tegishli ruxsatnoma bo'lmasa.
  • Olib chiqish taqiqlangan:- noyob hayvonlar;- yovvoyi hayvonlarning mo'ynalari va terilari;- noyob turdagi qushlarning patlari, fil suyagi;- tirik o'simliklar;- oltin va kumush yombilar;- zargarlik mahsulotlari, agar ularning umumiy narxi 2000 rupiya (500 AQSh dollariga yaqin) dan ortiq bo'lsa.
  • Hindiston hududiga Hindiston hukumatining Telekommunikatsiyalar Departamenti (TD) litsenziyasisiz sputnik orqali ishlaydigan telefonlarni olib kirish, bagajda ham, qo'l yukida ham taqiqlangan. Qoidalarga binoan, Hindistonga faqat "Inmarsat" (Inmarsat) kompaniyasi mahsuloti bo'lgan sputnik orqali ishlaydigan telefonlarni olib kirish va ulardan foydalanish. Keng polosali sputnik aloqasi uchun mo'ljallangan BGAN portativ terminallari bundan mustasno. Bundan tashqari, Hindistonda "Turayya" (Thuraya) sputnik aloqasi xizmatlari taqiqlangan. Shaxsiy buyumlarda yoki bagajda topilgan, TD litsenziyasi bo'lmagan sputnik orqali ishlaydigan telefon o'tkazish punktida musodara qilinadi. Telefon Hindiston hududida topilgan holda uning egasi hibsga olinadi va ishi sudda ko'riladi.

Eron

  • Spirtli ichimliklar va sigaretlar:Har qanday spirtli ichimliklarni Eronga olib kirish va Erondan olib chiqish taqiqlangan.
  • Qurol-yarog' va o'q-dorilar:Sovuq va o'qotar qurollarni olib kirish ga faqat EIR Mudofaa vazirligi bilan kelishilgan holda ruxsat beriladi.Portlovchi va tez yonuvchi moddalarni Eronga olib kirish taqiqlangan.
  • Olib kirish taqiqlanadi:- qimor o'yinlari uchun ashyolar (kartalar, oshiq va sh.k.);- lotereya biletlari;- havodan foto- va videos'yomka qilish uchun uskunalar;- mamlakatda muomaladan chiqqan xorijiy valyuta; tarkibida cho'chqa go'shti bor mahsulotlar (kolbasalar).Shuningdek targ'ib qiluvchi xarakterga ega, islomni va eronliklarning milliy tuyg'ularini kamsituvchi foto, video va bosma mahsulotlar taqiqlangan.

Ispaniya

Ispaniyada maxsus joylarda tanlab o'tkaziladigan bojxona nazorati amalga oshiriladi , garchi ispan hududiga kiruvchi chet elliklarning transport vositalarida uning o'tkazilishiga ruxsat berilsa ham. Bojxona chegarasi orqali olib o'tilayotgan tovar yoki narsalar tijorat maqsadida olib kirilgan hollarda bojxona deklaratsiyasi to'ldiriladi. Qimmatbaho narsa va buyumlarning olib kirilishi va olib chiqilishiga taalluqli maxsus qoidalar yo'q. Bojxona xizmatlari amaliyotda 10 ming evro bo'lgan yuqoridan belgilangan qiymat chegarasini qo'llaydilar, undan oshgan hollarda deklaratsiyalash (faktura bilan tasdiqlanishi lozim) talab etiladi.

  • Spirtli ichimliklar va sigaretlar: Yoshi 17 dan oshdan fuqarolarga Ispaniyaga 200 dona sigaret yoki 50 dona sigara, yoki 250 g tamaki , tarkibida 22 darajadan kam spirt bo'lgan vino va spirtli ichimliklar - 2 l yoki 22 darajadan yuqori bo'lgan o'tkir spirtli ichimliklar - 1 l, 200 g qahva va 100 g choy, 50mlgacha bo'lgan duxi yoki 0,25 l gacha tualetnaya voda bojsiz olib kirishga ruxsat beriladi.
  • Badiiy va madaniy-tarixiy boyliklar. Ushbu predmetlarni olib kirish tartibi qonun hujjatlarida belgilanmagan.
  • Qurol-yarog' va o'q-dorilar. Qurol-yarog'ning har qanday turi yoki uning qismlarini olib kirish bojxona xizmatiga qurol bilan birga taqdim etiladigan Ispaniya Ichki ishlar vazirligining ruxsati bo'lgan hollardagina amalga oshiriladi. Qurol-yarog'ni chegara orqali olib o'tish nazorati Fuqaro gvardiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
  • Valyuta. Yoshi 17 dan oshgan 1ta odam 10 ming evrogacha bo'lgan naqd pul mablag'larini erkin olib o'tishi mumkin, 10 ming evrodan ortiq pul mablag'lari deklaratsiyalanishi lozim. Agar oilaviy juftlik birga safarga ketayotgan bo'lsa, er-xotinning har biri alohida 20 ming evroni chegara orqali olib o'tishiga rasmiy ruxsat berilmaydi.
  • Avtomobillar va benzin. Boshqa davlatlarning, shuningdek Rossiyaning raqam belgilari bo'lgan avtomobillar bilan kirishda haydovchilik guvohnomasidan tashqari , texnik pasporti va «carta verde» sug'urtasi bo'lishi lozim. Benzinni olib kirish va olib chiqish bo'yicha cheklovlar nazarda tutilmagan. 6. Go'sht-sut mahsulotlarining olib kirilishi taqiqlanadi, iste'moldan oldin sovitilishi talab qilinmaydigan yoki belgilangan namunadagidek tijorat upakovkasi bo'lgan go'sht-sut mahsulotlari bundan mustasno. Tarkibida go'sht yoki sut bo'lmagan oziq-ovqat mahsulotlari kishi boshiga 1kg olib kirilishiga ruxsat beriladi.
  • Boshqa narsalar. Ispaniyada rasmiy ravishda ruxsat berilgan o'yinlar uchun o'yin avtomatlari Ispaniyaning IIVdan o'yinlar bo'yicha Milliy komissiyasi bilan kelishilgan holda olingan litsenziya taqdim etilgandan so'ng olib kiriladi. Ispaniyaga avtomobillarni import qilishda qo'shilgan qiymat solig'i, harakat qilish va davlat raqami olish uchun soliq, shuningdek munitsipial soliq to'lanishi lozim. Barcha toifadagi fuqarolarga avtomobillar olti oy muddatga vaqtincha, talabalarga esa o'qish davrida, mavsumiy ishchilarga ish davrida foydalanish uchun olib kirishga ruxsat beriladi.

Italiya

  • Spirtli ichimliklar va sigaretlar: Voyaga etgan fuqaro o'zi bilan 200 dona sigaret yoki 100 dona sigarilla yoxud 50 dona sigara, yoki 250 g chekiladigan tamaki, 1 l o'tkir alkogolli ichimlik (22 % dan ortiq) yoki 2 l kuchsiz alkogolli ichimlik (22 % dan kam), 4 l vino va 16 l pivo olib o'tishi mumkin.
  • Qurol-yarog' va o'q-dorilar: Faqat Ichki ishlar vazirligi ruxsatnomasi bilan olib kirish yoki olib chiqish mumkin.
  • Zargarlik mahsulotlari, qimmatbaho buyumlar va qimmatbaho tovarlar deklaratsiyaga kiritilishi zarur.
  • Avtomobillar va benzin. Italiyaga sotish uchun avtomobil vositasini olib kirishga tegishli hujjatlar va deklaratsiya mavjud bo'lgan holda ruxsat beriladi. Ushbu transport vositasining ekspluatatsiya vaqti etti yildan oshmagan bo'lishi kerak. Avtomobildan tashqari 50 litrdan oshmagan miqdorda yonilg'i olib kirish mumkin.
  • Boshqa narsalar. 10000 evrogacha bo'lgan miqdordagi valyuta deklaratsiyaga kiritilmaydi. Qimmatbaho maishiy texnikani olib o'tish uchun sotib olish cheki yoki garantiya taloni bo'lishi kerak.
  • Olib kirish/chiqish taqiqlangan: badiiy va madaniy-tarixiy boyliklar, narkotik vositalar, qurol-yarog' va o'q-dorilar, intellektual mulk bo'lgan buyumlar.

Qozog'iston

  • Urushdan qolgan namunalar sifatidagi har qanday qurol-yarog' va o'q-dorilar, ommaviy qirg'in qurollari, shuningdek bunday qurollarni yaratishda qo'llanishi mumkin bo'lgan uskunalar va materiallar.
  • Narkotik vositalar, tarkibida narkotik vositalar, psixotrop vositalar va prekursorlar bo'lgan tibbiyot vositalari.
  • Urushni targ'ib qiluvchi, terrorizm, irqchilik, zo'ravonlik, davlat tuzumini emirishga qaratilgan tasviriy va bosma materiallar.
  • Pornografik mazmundagi materiallar.
  • Tuproq, shuningdek tuproqqa ekilgan jonli ildiz otgan o'simliklar.
  • O'simliklarning kasalliklarini qo'zg'atuvchilar, shu jumladan jonli bakteriyalar, viruslar, zamburug'larni o'z ichiga olgan mikroorganizmlar, shuningdek o'simliklarni kasallantiruvchi kana, hasharot, chuvalchanglar.
  • Karantinli organizmlar bilan zararlangan karantin joriy qilinadigan mahsulotlar, begonya o'tlarning urug'lari. Ilmiy maqsadlarda va faqat vakolatli organ bilan kelishilgan holda olib kiriladigan namunalar bundan mustasno.

Qirg'iziston

Olib kirish taqiqlanadi: narkotiklar, qurol-yarog' va o'q-dorilar, Qirg'iziston davlat tuzumi asoslarini emiruvchi har qanday elektron tashuvchidagi ma'lumot.Mamlakatning sanitar-veterinar xizmati ruxsatisiz hayvonlarni olib kirish taqiqlanadi. Shunday ruxsatsiz mevalar, reza mevalar va sabzavotlarni olib kirish taqiqlangan.Vakolatli mahalliy organlarning ruxsatisiz mamlakatga minerallar va tog' jinslarini olib kirish taqiqlangan.Kuchli ta'sir etuvchi tibbiyot vositalarini shifokorning tegishli retsepti bo'lsagina olib kirish mumkin.

Xitoy Xalq Respublikasi

XXR Qishloq xoʻjalik vazirligi va Tovarlar sifatini texnik va karantin nazorat qilish bosh boshqarmasining 1712-farmoyishida  Xitoy hududiga havo transporti orqali olib kirish taqiqlangan hayvonlar, oʻsimliklar va ulardan olingan mahsulotlar roʻyxati koʻrsatilgan:

1. Hayvonlar va ulardan olinadigan mahsulotlar

Tirik jonivorlar (kuchuk va mushuklardan tashqari), shu jumladan barcha sut emizuvchilar, qushlar, baliq, ham suvda ham quruqlikda yashovchilar, sudralib yuruvchilar, hasharotlar, umurtqasizlar, hayvonlarning genetik materiallari.

  • Xom yoki qaynatilgan goʻsht (shu jumladan ichak-chovoqlar) va goʻsht mahsulotlari .
  • Sut va sut mahsulotlari, shu jumladan qaynatilmagan sut, ayron, smetana, sariyogʻ, pishloq va boshqa sut mahsulotlari.
  • Tuxum va tuxum mahsulotlari, tuzlangan tuxum, tuxum suyuqligi, tuxum poʻchogʻi, mayonez va boshqa tuxum mahsulotlari.
  • Qaldirgʻoch  ini   (konservalanganidan tashqari)
  • Hayvon yogʻlari va moylari, terisi va moʻynasi, joʻni,  tuyogʻi, suyaklari,   shoxi va boshqalar.
  • Hayvonlardan olingan ozuqa (shu jumladan goʻsht uni, suyak uni, baliq uni, quruq sut), hayvon mahsulotlaridan tayyorlangan dori va oʻgʻitlar.

2. Oʻsimliklar va ulardan olinadigan mahsulotlar.

  • Yangi uzilgan meva va sabzavotlar.
  • Tamaki barglari.
  • Urugʻ, nihol va boshqa oʻsimlik materiallari.
  • Organik ekin yetishtirish  muhiti.

3. Boshqa karantin toifalari.

  • Vaksina, zahar, kasallik qoʻzgʻatuvchi zararkunandalar, hujayralar, organlar, qon va shunga oʻxshash biomateriallar.
  • Jonivorlarning jasadi, tuluplari.
  • Tuproq.
  • Genetik material.

Izoh: Uy hayvonlarini (kuchuk va mushuk) Xitoyga olib kirishga ularda karantin sertifikati va vaksinatsiya toʻgʻrisida guvohnoma boʻlganida ruxsat etiladi.

 

1. Spirtli ichimliklar va sigaretlar: 1,5 l gacha miqdorda spirtli ichimliklar, 600 donagacha sigaret miqdorida tamaki mahsulotlarini olib kirishga ruxsat berilgan.

2. Zargarlik mahsulotlari va qimmatbaho buyumlar: Zargarlik mahsulotlarini shaxsiy ehtiyojlar doirasida bojsiz olib kirishga ruxsat berilgan.Og'irligi 50 g dan ortiq bo'lgan qimmatbaho metalldan yasalgan zargarlik buyumlarini XXR ga kirishda deklaratsiyada ko'rsatish va mamlakatdan chiqib ketishda albatta olib ketish zarur.

3. Qurol-yarog' va o'q-dorilar. XXR ga qurol va qurolni imitatsiya qiluvchi predmetlar, o'q-dorilar va portlovchi moddalarni olib kirish taqiqlangan.

4. Valyuta. Olib kiriladigan xorijiy valyuta miqdori cheklanmagan. 5000 AQSh dollaridan ortiq xorijiy valyutani olib o'tishda uni deklaratsiyada ko'rsatish zarur. Chegaradan olib o'tiladigan xitoy yuanining miqdori 6000 dan oshmasligi kerak.

5. Olib kirish taqiqlangan:- qalbaki pullar, obligatsiyalar va qimmatli qog'ozlar,- XXR ning siyosati, iqtisodiyoti, madaniyati va ma'naviyatiga zarar etkazadigan bosma nashrlar, fotoplyonkalar, fotosuratlar, ovozli yozuvlar, kino-, video- va magnit plyonkalari, lazer video- va audiodisklar, kompyuter dasturlari va boshqa materiallar;- turli zaharlovchi moddalar;- narkotik moddalar, shuningdek psixotrop vositalar (narkotiklarni olib qirish bo'yicha taqiqni buzgan shaxslarga ko'p hollarda o'lim jazosi yoki umrbod qamoq jazosi beriladi) -tarkibida xavfli kasaalantiruvchi mikroblar bo'lgan predmetlar va buyumlar;- odam qoni va undan ishlab chiqarilgan preparatlar (limfa va b.);- mevalar va sabzavotlar, hayvonlarning tulumlari, tuproq, hayvonlar va o'simliklarning patogen mikroorganizmlari, hayvonlarning qayta ishlanmagan terilari, ularning qoni, mo'ynasi, tuyoqlari, yog'lari va moylari, go'shti va ichki a'zolari, xom sut, pishloqlar, yog', qaymoq, zardob.

6. Olib chiqish taqiqlangan:- olib kirish taqiqlangan hamma predmetlar va buyumlar;- noyob va qimmatbaho hayvonlar, o'simliklar, urug'lar.

Latviya

1. Spirtli ichimliklar va sigaretlar: - havo transportida sayohat qilish vaqtida:200 dona sigaret yoki 50 dona sigara, 250 g tamaki yoxud bir kishi foydalanishi uchun belgilangan umumiy miqdori 100 foizdan oshmagan turli kombinatsiyadagi tamaki mahsulotlari; - boshqa transport vositalari bilan sayohat vaqtida: 40 dona sigaret yoki 10 dona sigara, 50 gramm tamaki yoxud bir kishi foydalanishi uchun belgilangan umumiy miqdori 100 foizdan oshmagan turli kombinatsiyadagi tamaki mahsulotlari;

  • boshqa transport vositalari bilan sayohat vaqtida: - 1 litr distillangan ichimlik va alkogol, agar tarkibidagi alkogol 22 % dan yuqori bo'lsa;- to'yinganlik darajasi 80 % bo'lgan sof etil spirti va 2 litr yoki undan ortiq distillangan ichimlik ;- tarkibida 22 % dan yuqori bo'lmagan alkogol va aperitivov vino yoki alkogol asosida ; - vijillab turgan vino, desert (liker) vino.
  • foiz qismining bir kishi foydalanishi uchun belgilangan umumiy miqdori 100 foizdan oshmagan turli kombinatsiyadagi alkogol ichimliklarini olib o'tish mumkin; 4 litr vijillamagan (gazlanmagan) vino; 16 litr pivo.18 yoshdan kichik shaxslar tamaki va alkogol mahsulotlarini olib kirishda soliq to'lovlaridan ozod etilmaydi.

2. Avtomobillar va benzin. Yoqilg'i transport vositalarining yonilg'isi saqlanadigan standart idishlarda olib kirilishi mumkin; yonilg'i uchun ko'chma idishlarda - bir transport vositasiga 10 litrdan ortiq bo'lmagan yoqilg'i olib kirilishi mumkin;

3. Boshqa narsalar. 2 kg gacha bo'lgan hayvondan olingan quyidagi mahsulotlar shaxsiy iste'mol uchun chegara veterinar nazoratisiz olib kirilishiga yoki pochta orqali yuborilishiga ruxsat beriladi :- asal, tuxum;- tirik ustritsalar, tirik mollyuskalar va shilliq qurtlar;

2 kg gacha bo'lgan hayvondan olingan quyidagi mahsulotlar shaxsiy iste'mol uchun chegara veterinar nazoratisiz olib kirilishiga yoki pochta orqali yuborilishiga ruxsat beriladi :- asalari urg'ochisining suti, propolis (asalari elim);- emizikli bolalar uchun quruq sut, bolalar ovqati;- o'ziga xos tibbiy oziq-ovqat (osoboe meditsinskoe prodovolstvie);- qo'llanilishi bo'yicha ishlab chiqaruvchining ma'lumoti ko'rsatilgan tegishlicha patentlangan upakovkada uy hayvonlari uchun ozuqa (korm dlya domashnix pitomtsev v sootvetstvuyuщey zapatentovannoy upakovke, na kotoroy ukazana informatsiya proizvoditelya ob osobom ispolzovanii);

Hayvondan olingan quyidagi mahsulotlar shaxsiy iste'mol uchun chegara veterinar nazoratisiz olib kirilishiga yoki pochta orqali yuborilishiga ruxsat beriladi :- 20 kg gacha baliq mahsulotlari (rbolovnx produktov) (osyotr ikrasi bundan mustasno. Ushbu baliq ikrasi upakovkadagi markirovkaga muvofiq 125 g gacha);- tirik (albatta tozalangan (butunligicha olib kiriladigani ham), quritilgan, termik ishlov berilgan, sho'r, dudlangan baliq yoki baliq konservalari;

2 kg gacha bo'lgan hayvondan olingan quyidagi mahsulotlar shaxsiy iste'mol uchun chegara veterinar nazoratisiz olib kirilishiga yoki pochta orqali yuborilishiga ruxsat beriladi :- turli qisqichbaqasimonlar, masalan, krevetkalar (mayda qisqichbalar), omarlar (katta qisqichbaqalar).- 10 kg gacha bo'lgan (va 1 kg gacha pochta orqali olish mumkin) oziq-ovqat mahsulotlari, masalan: tarkibida go'sht mahsulotlari bo'lmagan yoki ichiga go'sht solinmagan non, pirojniylar, pechene, shokolad va qandolat mahsulotlari (shirinliklar bilan birga);- go'sht mahsulotlari bilan aralashtirilmagan yoki go'sht to'ldirilmagan makaron mahsulotlari va vermishel;

2 kg gacha bo'lgan hayvondan olingan quyidagi mahsulotlar shaxsiy iste'mol uchun chegara veterinar nazoratisiz olib kirilishiga yoki pochta orqali yuborilishiga ruxsat beriladi :- *upakovkadagi (o'ramdagi) bulon i ziravorlar, go'sht ekstrakti va kontsentratlar;- baliq solingan olivki;- upakovkadagi ovqatga solinadigan (piщeve dobavki v upakovke);- tarkibida ishlov berilgan go'sht yoki sut mahsulotlari yoxud 50% ishlov berilgan tuxum yoki baliq mahsulotlari bo'lgan har qanday boshqa oziq-ovqat mahsulotlari.

O'rnatilgan qoidalarga rioya qilinmagan hollarda bojxonaning mansabdor shaxsi ularni musodara qiladi va yo'q qiladi. Hayvondan olingan mahsulotlarni olib kirish talablari buzilgan holatlarda ma'muriy javobgarlik, takroran buzilganda esa pulli jarima nazarda tutilgan . Yevropa ittifoqiga yuqorida qayd etilganiga nisbatan katta hajmdagi tovarlar olib kirilganda , bojxona chegarasini kesib o'tish chog'ida tovar deklaratsiyalanishi va va normadan ortiq hajmdagi tovar uchun aktsiz solig'i to'lanishi lozim.

Ushbu masala bo'yicha Latviya Oziq-ovqat veterinar xizmatining Chegara sanitariya inspektsiyasi +371 6702-72-82 telefon raqami orqali to'liq ma'lumot olish mumkin. 4. Bojxona yig'imlari. Kirishda bojxona yig'imi undirilmaydi, agar shaxsiy foydalanish yoki iste'mol uchun yoxud sovg'aga olingan tovarlar quyidagilardan oshmasa: 210 lat (300 evro) — agar sayoh quruqlikdan kirib kelsa;300 lat (420 evro) — agar sayoh havo yoki dengiz transportida kirib kelsa;15 yoshgacha bo'lgan bolalar qay tarzda kirib kelishidan qat'iy nazar ularga shaxsiy foydalanish uchun umumiy miqdori 200 latdan ortiq bo'lmagan tovarlar olib kirilishiga ruxsat beriladi.

Umumiy qiymatga quyidagilar kirmaydi:- sayoh tomonidan vaqtinchalik yoki vaqtinchalik olib kirilgandan so'ng qayta olib kirilayotgan shaxsiy yuk qiymati;- sayohning shaxsiy ehtiyoji uchun zarur dori-darmonlar;- ma'lum miqdorda cheklanganligi hisobga olingan shaxsiy bagajdagi tamaki mahsulotlari, alkogol ichimliklari va yonilg'i; tabachne izdeliya, alkogolne napitki i goryuchee, vvozime v lichnom bagaje, s uchetom opredelennx ogranicheniy kolichestva.

Quyidagilarni Latviyaga shaxsiy iste'mol uchun shaxsiy bagajda olib kirish man etiladi: - go'sht va go'sht mahsulotlari (yog', yangi so'yilgan yoki ishlangan go'sht, shuningdek parranda go'shti, hayvon yog'i, har xil turdagi kolbasalar, go'shtli konservalar;- ichiga go'sht solingan yoki tarkibida go'sht bo'lgan xamir mahsulotlari;- makaronlar, souslar, sho'rvalar va boshqalar;- sut va sut mahsulotlari ( yogurt, smetana (qaymoq), tvorog, kefir, pishloq, yog', quyultirilgan sut, morojenoe va boshqalar);- tarkibida go'sht yoki sut bo'lgan uy hayvonlari uchun ozuqa ,(uy hayvonlari uchun ozuqa, sobachi jevatelne igrushki, yirik tortilgan un aralashmasi).Shaxsiy iste'mol uchun Yevropa ittifoqiga olib kirilishi taqiqlangan oziq-ovqat mahsulotlarini pochta orqali yuborish ham man etiladi.

Malayziya

1. Spirtli ichimliklar va sigaretlar: Malayziyaga bojsiz olib kirish mumkin: 200 dona sigaret yoki 50 dona sigara, yoki 225 g tamaki; o'tkir spirtli ichimliklar - 1 l, vino i likyorlar - 1 l.

2. Valyuta. Deklaratsiya to'ldirmasdan 10 000 AQSh dollaridan oshmagan miqdorga ekvivalent bo'lgan valyutani olib kirish/olib chiqish mumkin.

3. Qurol-yarog' va o'q-dorilar: Tegishli ruxsatnomasi bo'lgan qurol-yarog' olib kirish va olib chiqishda bojxona nazoratidan o'tkazilishi lozim.

Birlashgan Arab Amirliklari

1. Spirtli ichimliklar va sigaretlar: Bojxona qoidalariga binoan, BAAga bir voyaga etgan kishi hisobidan 2000 dona sigaret yoki 400 dona sigara, yoki 2 kg tamaki, zarur miqdorda parfyumeriya mahsulotlari olib kirish mumkin. Bundan tashqari, musulmon diniga mansub bo'lmagan voyaga etgan shaxs o'zi bilan 2 litr o'tkir spirtli ichimlik va 2 litr vino olib kirishga haqli.

2. Valyuta. Valyuta va qimmatbaho metallardan yasalgan buyumlarni BAA ga olib kirish va olib chiqishga cheklovlar yo'q.

3. Boshqa buyumlar. Bosma va video mahsulotlar tsenzura maqsadida va axloq me'yorlariga muvofiqligi jihatdan tekshirish uchun talab qilinishi mumkin.

4. Olib kirish qat'iyan taqiqlangan: narkotiklarning barcha turlari, buning uchun mahalliy qonunchilik tomonidan o'lim jazosigacha bo'lgan og'ir jazo berish ko'zda tutilgan.Shuningdek mamlakatga o'qotar qurollar, fil suyagi va undan yasalgan mahsulotlar, ov qushlarini olib kirish taqiqlangan.Taqiqlov erotik va pornografik, zo'ravonlik mazmundagi hamda islomni kamsitib, Isroilni madh etuvchi, do'stona mamlakatlarga nisbatan haddan ortiq tanqid, shuningdek BAA ni boshqaruvchi oilalarga nisbatan tanqid ruhidagi har qanday materiallarga ham tegishli.

Belorussiya

YEI va Belarus Respublikasi hududiga karantin mahsulotlarini olib kirish taqiqlanganligi toʻgʻrisidagi axborot         

Hurmatli yoʻlovchilar!

Belarus Respublikasi hukumatining talablariga muvofiq, Belarus Respublikasi va Yevropa iqtisodiy ittifoqi hududiga fitosanitar sertifikati boʻlmagan karantin ostidagi  mahsulotlarni roʻyxatdan oʻtkazilgan bagaj sifatida ham, qoʻl yuki sifatida ham olib kirish taqiqlanadi.

Taqiqlangan karantin ostidagi mahsulotlarga quyidagilar kiradi:

  • ekiladigan va yovvoyi oʻsimliklarning urugʻlari;
  • urugʻli kartoshka va ovqatga ishlatiladigan kartoshka
  • mevali, manzarali, daraxt-boʻta, gulli va boshqa oʻsimliklar, tuvakdagi oʻsimliklar, rezavor meva oʻsimliklar;
  • tirik oʻsimliklar va ularning qismlari (qalamchalari, tugunaklari, ildizpoyasi,ildizmevasi, piyozi va b.)
  • tirik hasharotlar, shu jumladan kapa, qurt va boshqa zararli organizmlar;
  • tirik zamberugʻlar, bakteriyalar, viruslar – oʻsimliklarda kasallik qoʻzgʻatuvchilar;
  • hasahrotlar kolleksiyasi,  turli oʻsimliklarning urugʻlari va gerbariylari;
  • uchta guldastadan ortiq uzilgan gullar;
  • umumiy ogʻirligi 5 kg dan ortiq fitosanitar xavfi yuqori boʻlgan oʻsimlik mahsulotlari (yangi uzilgan mevalar, sabzavotlar va razavoq mevalar, yogʻoq, quruq mevalar, un, yorma va b.)

Belarus Respublikasi va Yevropa iqtisodiy ittifoqi hududiga karantin ostidagi  mahsulotlarni olib kirish talablari buzilganda barcha mahsulot olib qoʻyiladi va yoʻq qilinadi.

Ushbu talablarga qat’iyan  rioya etishingizni soʻraymiz.

 

Belorussiya Respublikasining bojxona qoidalari

OLIB KIRISH:

Majburiy yozma deklaratsiya qilinishi shart bo’lgan shaxsiy iste’mol tovarlari ro’yxati:

  • Kuzatib boriladigan (shu jumladan qo’l yuki tarkibida) tashiladigan shaxsiy iste’mol uchun mo’ljallangan tovarlarning umumiy og’irligi 50 kg dan va(yoki) umumiy summasi 10000 Evrodan oshsa;
  • 3 litrdan ortiq alkogol ichimliklar va(yoki) pivo;
  • Umumiy summasi 10000 AQSH dollaridan ortiq bo’lgan naqd pul vositalari va(yoki) yo’l cheklari;
  • Pul vositalari – veksel, bank cheklari, qimmatbaho qog’ozlar va h.k.;
  • Tamaki va tamaki mahsulotlari: 200 sigaretadan, yoki 50 ta sigar (sigarill), yoki 250 gr tamaki, yoki 250 gr tamaki mahsulotlari assortimentidan ortiq;
  • og’irligi 35 kg dan ortiq bo’linmaydigan tovarlar;
  • Etil spirti.

Olib kirishi taqiqlangan va/yoki cheklangan tovarlar ro’yxati (asosiylari):

  • 18 dan oshgan (18 ga kirmaganlarga olib kirish taqiqlangan) bir kishi hisobiga 5 litrdan ortiq etil spirti yoki alkogolli mahsulotlar;
  • 18 dan oshgan (18 ga kirmaganlarga olib kirish taqiqlangan) bir kishi hisobiga 200 sigaretadan, yoki 50 ta sigar, yoki 250 gr tamaki, yoxud ko’rsatilgan tamaki mahsulotlarining umumiy og’irligi 250 gr dan ortiq to’plami;
  • xizmat va noharbiy qurol-aslahalar, ularning asosiy qismlari va patronlari;
  • narkotik vositalar, psixotrop moddalar va ularning prekursorlari;
  • tashish taqiqlangan bosma, audiovizual va boshqa axborot tashuvchilardagi axborotlar;
  • shifrlovchi (kriptograf) vositalar;
  • maxfiy axborot olish uchun mo’ljallangan maxsus texnik vositalar;
  • noharbiy maqsadlardagi radioelektron vositalar va (yoki) yuqori chastotali qurilmalar, shu jumladan olib kirishi cheklangan tovarlar ichiga o’rnatilgan yoxud tarkibiga kiruvchi vositalar;
  • xavfli chiqindilar;
  • narkotik vositalar va psixotrop moddalarning prekursorlari hisoblanmaydigan zaharli moddalar;
  • ozon qatlamga ziyon yetkazuvchi moddalar;
  • 2001-yil 22-maydagi barqaror organik ifloslantiruvchilar to’g’risidagi Stokgolm konvensiyasida ko’zda tutilgan o’simliklarni himoya qilish vositalari;
  • suvdagi biologik resurslarni chiqarib olish (ovlash) qurollari;
  • odam organlari va (yoki) to’qimalari, qon va uning komponentlari.

OLIB CHIQISH:

Majburiy yozma deklaratsiya qilinishi shart bo’lgan shaxsiy iste’mol tovarlari ro’yxati:

  • Madaniy boyliklar;
  • Umumiy summasi 10000 AQSH dollaridan ortiq bo’lgan naqd pul vositalari va(yoki) yo’l cheklari;
  • Pul vositalari – veksel, bank cheklari, qimmatbaho qog’ozlar va h.k.;
  • Olib chiqish taqiqlangan va/yoki cheklangan tovarlar;

Olib chiqish taqiqlangan va/yoki cheklangan tovarlar ro’yxati (asosiylari):

  • xizmat va noharbiy qurol-aslahalar, ularning asosiy qismlari va patronlari;
  • narkotik vositalar, psixotrop moddalar va ularning prekursorlari;
  • olib kirish taqiqlangan bosma, audiovizual va boshqa axborot tashuvchilardagi axborotlar;
  • yer osti boyliklari to’g’risidagi tashqariga olib chiqish cheklangan axborotlar;
  • shifrlovchi (kriptograf) vositalar;
  • maxfiy axborot olish uchun mo’ljallangan maxsus texnik vositalar;
  • xavfli chiqindilar;
  • narkotik vositalar va psixotrop moddalarning prekursorlari hisoblanmaydigan zaharli moddalar;
  • ozon qatlamga ziyon yetkazuvchi moddalar;
  • qora va rangli metallarning chiqindilari va parchalari;
  • ishlov berilmagan qimmatbaho metallar, qimmatbaho metallarning chiqindilari va parchalari, qimmatbaho metallarning va tarkibida qimmatbaho metallari bo’lgan xom-ashyo tovarlarining rudalari va konsentratlari;
  • mineral xom ashyo (tabiiy ishlov berilmagan toshlar);
  • yovvoyi holda o’sadigan dorivor xom-ashyolarning (o’simliklar, ularning qismlari, urug’lari, mevalari) har bir turidan uch namunadan ortig’i;
  • yovvoyi tirik hayvonlar va alohida yovvoyi holda o’sadigan o’simliklarning (ovchilik va baliqchilik o’ljalaridan tashqari) har bir turidan uch namunadan ortig’i;
  • 1973-yil 3-martdagi yo’qolib ketish xavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlari bilan xalqaro savdo qilish to’g’risidagi konvensiyaga kiradigan yovvoyi fauna va flora turlari;
  • Belorussiya Respublikasi, Qozog’iston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi Qizil kitoblariga kiritilgan kamyob va yo’qolib ketish xavfi ostidagi yovvoyi hayvonlar va yovvoyi o’simliklar, ularning qismlari va (yoki) hosilalari;
  • odam organlari va (yoki) to’qimalari, qon va uning komponentlari.
  • mineralogiya va paleontologiya bo’yicha kolleksiyalar va kolleksiya ashyolari;
  • milliy arxiv fondi hujjatlari, arxiv hujjatlari asl nusxalari;
  • madaniy boyliklar;

DIQQAT! “Yashil” va “qizil” yo’lak deb ataladigan tizimlar ko’zda tutilgan. Belorussiya Respublikasining bojxona qoidalari bilan Davlat bojxona qo’mitasining www.customs.gov.by saytida batafsil tanishish mumkin.

Kuchuklar va mushuklarni olib kirishda Belorussiya Respublikasining veterinar talablari

Hayvonlarning yuqumli kasalliklaridan xoli hududlardan klinik sog’lom kuchuklar va mushuklarni olib kirishga ruxsat eriladi.

Xalqaro pasport bo’yicha 2 tadan ko’p bo’lmagan kuchuk va mushukni ruxsatnomasiz va karantinga qo’ymasdan olib kirishga ruxsat etiladi, bunda xalqaro pasportda jo’nab ketishdan oldin 5 kun mobaynida vakolatli organ tomonidan klinik ko’rikdan o’tkazilganligi to’g’risidagi belgi bo’lganida u veterinar sertifikatga tenglashtiriladi.

Muloqot uchun telefonlar: (017) 279-12-15, 279-16-90.