Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Mahsulotlarni olib kirish bo‘yicha cheklovlarga ega mamlakatlar ro‘yxati

Ulashing
Koreya Respublikasi

1. Spirtli ichimliklar va sigaretlar: Quyidagi olib kirilayotgan tovarlar uchun boj to'lanadi: alkogolli ichimliklar (1 l gacha bo'lgan 1 butilkadan ortiq), tamaki mahsulotlari: sigaret 200 donadan ortiq, sigara 50 donadan ortiq yoki tamaki 250 g dan ortiq miqdorda.

2. Zargarlik mahsulotlari va qimmatbaho buyumlar. Shaxsiy foydalanish uchun va keyinchalik olib chiqib ketiladigan zargarlik mahsulotlari va qimmatbaho soatlarni olib kirishda deklaratsiyada ko'rsatish zarur.

3. Qurol-yarog' va o'q-dorilar: Qurol-yarog', o'q-dorilar, portlovchi va zaharli moddalarni olib kirish/olib chiqish taqiqlangan.

4. Badiiy va madaniy-tarixiy boyliklar. Antikvar buyumlar, shuningdek madaniy yodgorliklar sirasiga kiritilgan (maxsus ruxsatsiz) tovarlarni olib kirish/chiqish taqiqlangan.

5. Valyuta. 10 ming AQSh dollariga ekvivalent miqdordan ortiq bo'lmagan pul mablag'larini deklaratsiyada ko'rsatmasdan olib kirish va olib chiqishga ruxsat berilgan.

6. Boshqa buayumlar. Shaxsiy foydalanish uchun zarur bo'lgan va keyinchalik olib chiqib ketiladigan fotouskunalar, mo'ynalar va boshqa qimmatbaho buyumlarni olib kirishda deklaratsiyada ko'rsatish zarur. 60 ml dan ortiq atir uchun boj to'lanadi.

7. Olib kirish/chiqish taqiqlangan:- tangalar;- Koreya Respublikasi konstitutsiyasi tomonidan «jamoat xavsizligiga tahdid soluvchi» deb talqin qilingan bosma va boshqa materiallar; - narkotiklar va psixotrop moddalar; - hayvonlardan olingan tibbiyot preparatlari, jumladan ayiq o'ti va mushk;- o'simliklardan olingan tibbiyot preparatlari, jumladan turli ildizlar va b.; - zsimliklar, mevalar va sabzavotlar, shuningdek qishloq xo'jalik va o'rmonchilik mahsulotlari (maxsus ruxsatnomasiz).

Rossiya Federatsiyasi

Hurmatli yoʻlovchilar!

Rossiyaning Veterinariya va fitosanitariya nazorati federal xizmati hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat o‘simliklarni karantin nazorati inspektsiyasining ma’lumotiga ko‘ra, 2019-yilning 5-martidan boshlab, O‘zbekiston Respublikasidan Rossiya Federatsiyasiga kiruvchi yo‘lovchilarning qo‘l yuki va bagajlarida umumiy og‘irligi 5 kilogrammdan ortiq bo‘lmagan sabzavot va mevalar, shuningdek, quritilgan meva va yong‘oqlar olib o‘tilishi mumkin (batafsil: https://karantin.uz/ru/news/razresheno-vvozit-frukty-i-ovoschi-iz-uzbeki...).

Hurmatli yoʻlovchilar!

Rossiya Federatsiyasi Prezidentining «Rossiyada Futbol bo‘yicha 2018-yilgi jahon chempionati va 2017-yilgi FIFA Konfederatsiyalar kubogini o‘tkazish davrida kuchaytirilgan xavfsizlik choralarini qo‘llash xususiyatlari to‘g‘risida»gi farmoniga muvofiq ushbu tadbirlar o‘tkaziladigan vaqtda chet el fuqarolarini migratsion hisobga (ro‘yxatga) olish tartibi o‘zgartiriladi.

Farmonga ko‘ra to‘rtta Rossiya shaharlari – Moskva, Sankt-Peterburg, Sochi va Qozonda 2017-yilning 1-iyunidan 12-iyuligacha, shuningdek 2018-yilning 25-mayidan 25-iyuligacha Moskva, Sankt-Peterburg, Volgograd, Yekaterinburg, Qozon, Kaliningrad, Nijniy Novgorod, Rostov-na-Donu, Samara, Saransk va Sochida chet el fuqarolarini migratsion hisobga qo‘yish muddati Rossiyaga kelgan kunidan boshlab bir sutkagacha qisqartirildi.

O‘z vaqtida migratsion hisobga qo‘ymaslik ma’muriy tartiblarni buzganlik deb baholanishi va keyinchalik Rossiya hududiga kirishga cheklov qo‘yilishiga olib kelishi mumkin.

 

Rossiya Federatsiyasi Bojxona hukumatining talablariga ko‘ra «Nosvoy» chekilmaydigan tamaki aralashmasini RFga olib kirishning ruxsat berilgan normasi 250 grammni tashkil etadi. Bojxona qoidalariga amal qilinmagan hollarda qoida buzganlarga nisbatan jarima solish tarzida ma’muriy jazo choralari ko‘riladi.

  • Nashr qilingan tashuvchilardagi ma'lumotlar, shuningdek ichida quyidagilar bo'lgan audio va  video:- ekstremistik yoki terroristik harakatga da'vat;- sotish uchun olib o'tilayotgan pornografiya;- saylov va referendumlar to'g'risidagi RF qonun hujjatlaridagi talablar buzilib, tayyorlangan targ'ibot materiallari; - natsistlarning ramzlari va atributlarini targ'ib qiluvchi materiallar;- bojxona ittifoqiga kiruvchi davlatlarning siyosiy va iqtisodiy manfaatlariga , ularning davlat xavfsizligiga, shuningdek, ayrim fuqarolarning sog'lig'i va axloqiga ziyon etkazuvchi ma'lumotlar.
  • Xizmat va fuqarolik quroli O'q otish quroliga artilleriya, otar qurollari va granatomyotlar kiradi.- navbat bilan otish mumkin bo'lgan o'q otish quroli;ognestrelnoe orujie, s pomoщyu kotorogo mojno vesti strelbu ocheredyami;- boshqa predmetlarga o'xshatib yasalgan o'q otish quroli;ognestrelnoe orujie, imitiruyuщee drugie predmet;- tig'i yoki uchi 90 mm ortiq bo'lgan tig'li sovuq qurol va pichoqlar; xolodnoe klinkovoe orujie i noji, s dlinoy klinka ili lezviya bolee 90 mm;- asablarni falajlaydigan, zaharlangan moddalar bilan o'qlangan gazlangan qurol;gazovoe orujie snaryajennoe nervno-paraliticheskimi, otravlyayuщimi veщestvami;- qurol sifatida qo'llaniluvchi gurzi, bumerang va boshqa predmetlar; kisteni, bumerangi i drugie predmet, ispolzueme v kachestve orujiya.- qurolning alohida qismlari va o'qlar;patron i otdelne chasti orujiya
  • Xavfli chiqindilar.Xavfli chiqindilar ro'yxati Bojxona ittifoqi qonun hujjatlariga muvofiq o'rnatilgan.
  • Maxfiy ma'lumotlarni olish uchun mo'ljallangan texnik vositalar va moslamalar:- ob'ektivlar (optik asbob shishalari) va fotoapparat s vnesennm zrachkom;- boshqa predmet nomi ostida foto-, tele- va videokameralar; zakamuflirovanne pod drugie predmet;- telefondagi o'zaro gaplarni eshitish uchun texnik vositalar;sredstva dlya proslushivaniya telefonnx peregovorov;- shuningdek, qonun hujjatlariga muvofiq boshqa moslamalar;a takje drugie ustroystva soglasno zakonodatelstvu.
  • Bojxona ittifoqi qonun hujjatlariga muvofiq narkotik moddalarning prekursorlari bo'lmagan (narkotik moddalar va psixotrop moddalardan oldin bo'lgan ) zaharli moddalar va psixotrop moddalar. Yadovite veщestva, ne yavlyayuщiesya prekursorami narkoticheskix sredstv (predshestvennik narkoticheskix sredstv i psixotropnx veщestv) i psixotropnx veщestv soglasno zakonodatelstvu Tamojennogo soyuza.
  • Narkotik vositalar, psixotrop moddalar va ulardan oldin bo'lgan prekursorlar.i ix predshestvenniki (prekursor). Tegishli hujjatlari taqdim etilgan tibbiy ko'rsatmalar bo'yicha qabul qilingan dori-darmon vositalari ushbu toifaga kirmaydi. K dannoy kategorii ne otnosyatsya lekarstvenne sredstva, kotore prinimayutsya po meditsinskim pokazaniyam, pri pred'yavlenii sootvetstvuyuщix dokumentov.
  • Inson organi va to'qimalari, shuningdek, qon va uning komponentlari.
  • Bojxona ittifoqi qonun hujjatlariga muvofiq o'rnatilgan ro'yxat bo'yicha ozonga ziyon etkazuvchi moddalar;
  • Bojxona ittifoqi qonun hujjatlariga muvofiq o'rnatilgan ro'yxat bo'yicha o'simliklarni himoya qilish uchun qo'llaniladigan vositalar;
  • Biologik suv resurslarni ovlash va tutish asboblari; - baliq to'rlari, sintetik neylon yoki boshqa poliamid hamda ipining diametri 0,5 mm dan kam bo'lgan va teshiklarining o'lchami 100 mm dan kam bo'lgan sintetik monoiplardan iborat uzellar; - elektr tutish sistemalari va moslamalar.
  • 18 yoshga to'lgan bir shaxsga umumiy hajmi 5 litrdan ortiq etil spirti va alkogol mahsuloti.
  • 200donadan ortiq sigaret va 50 donadan ortiq sigara, yoki 250 grammdan ortiq tabak, yoxud 18 yoshga to'lgan bir shaxsga umumiy og'irligi 250 grammdan ortiq ko'rsatilgan mahsulotlar.
  • Asalari, zuluk, ipak qurtidan tashqari tirik hayvonlar.
  • Har xil turdagi va holatdagi o'simliklar, o'simlik urug'lari.
  • Zargarlik buyumlaridan tashqari har xil turdagi va holatdagi qimmatbaho toshlar, tabiiy olmoslar.

Rossiya Federatsiyasi  va Bojxona ittifoqining veterinariya qonunchiligi talablariga rioya etish boʻyicha yoʻlovchilarga eslatma

Rossiya Federatsiyasi Davlat Qishloq xoʻjaligi nazorati boshqarmasi va Bojxona ittifoqi ogohlantiradi: hozirgi vaqtda dunyoda murakkab epizootik vaziyat yuzaga kelmoqda: bir qator uzoq va yaqin xorij mamlakatlarida parranda grippi, choʻchqa grippi, oqsim kasalligi, nodulyar dermotit boʻyicha xavfli vaziyatlar yuzaga kelgan.

Yuqumli kasalliklarning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish maqsadida:

  • Xavfli vaziyatlar yuzaga kelgan mintaqalardan hayvonlardan olinadigan xom va tayyor mahsulotlarni olib kirish taqiqlangan.

Nazorat ostida boʻlgan mahsulotlar: hayvonlar, parrandalar, baliq, goʻsh-sut mahsulotlari, dengiz mahsulotlari, teri, tulum, ovchilarning yovvoyi hayvonlar, qush va baliq oʻljalari – joʻnab ketiladigan mamlakatning veterinar xizmati tomonidan beriladigan , belgilangan shakldagi veterinar sertifikatlariga ega boʻlishi shart.

  • Rossiya Federatsiyasi davlat chegarasini kesib oʻtayotganda yoʻlovchilarning qoʻl yuki yoki bagaji tarkibida veterinar sertifikatlariga ega boʻlmagan shunday mahsulotlar aniqlanganda bunday mahsulotlar olib qoʻyiladi va qoʻy qilinadi, nazorat ostidagi mahsulotlarni olib kirish talablarini buzgan shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortiladi.

AQSh

Xorijiy davlatlarga olib kirilishi cheklangan yoki taqiqlangan tovarlar haqida ma'lumot (Amerika Qo'shma Shtatlari)

1. Spirtli ichimliklar va sigaretlar:
Inostrantsu, Voyaga etgan (21 yoshga to'lgan) va AQSh norezidenti maqomiga ega chet el fuqarosiga mamlakatga bojxona to'lovisiz 1 litrdan ortiq bo'lmagan alkogol ichimligini olib kirish mumkin, bu nafaqat o'tkir spirtli ichimliklar, balki pivo, vino, likyorlarga ham tegishli.
Belgilangan me'yordan ortiq olib kiriladigan ichimliklar soliqqa tortiladi.
Biroq, AQSh hududida federal qonunlardan tashqari, shtatlarning qonunlari ham amal qiladi va ba'zi hollarda ular nisbatan qattiqqo'l bo'lishi mumkin.
Masalan, Texasda bojsiz olib kirish kvotalari Nyu Yorkdagiga nisbatan kamroq, u erda hatto ikkita yarim litrlik pivo butilkasini olib kirishga ham ruxsat berilmaydi.

2. Olib kirish taqiqlangan:

  • absent;
  • likyorli konfetlar;
  • narkotiklar;
  • xavfli dori-darmonlar;
  • hukumatga qarshi, targ'ib qiluvchi va shpionlik materiallari;
  • pornografiya har qanday ko'rinishda (videokassetalar, jurnallar, fotosuratlar, slaydlar va b.);
  • lotereya chiptalari;
  • zaharli va zaharlovchi moddalar, qalamtarosh (agar u bir qo'lli yo'lovchiga tegishli bo'lmasa), umuman, xavfli bo'lgan hamma narsa.

3. Olib kirish taqiqlangan:

  • yonuvchan va portlovchi materiallar, qurol-yarog', kontrafakt va qalbaki tovarlar;
  • yovvoyi flora va faunaning ba'zi buyumlari, masalan, fil suyagidan, toshbaqa kosasidan yasalgan buyumlar.

Singapur

1. Spirtli ichimliklar va sigaretlar.18 yoshdan oshgan shaxslarga Singapur hududiga shaxsiy ehtiyojlar uchun boj to'lovlarisiz 1 l o'tkir alkogolli ichimliklar (brendi, viski, djin, rom, aroq), 1 litr vino i 1 litr pivo (el, spraut, porter) olib kirish huquqi berilgan. Biroq, bu imtiyoz Singapurga Malayziyadan kiradigan shaxslarga berilmaydi, shuningdek Singapurdan tashqarida 48 soatdan kam vaqt bo'lgan shaxslarga alkogol olib kirish taqiqlangan.

2. Qurol-yarog' va o'q-dorilar: O'qotar qurollar, portlovchi moddalar, zirhli kiyim-bosh, o'yinchoq miltiqlar, to'pponcha va revolverlar, sovuq qurollar, nayzalar va qilichlar (olib kirish uchun Singapur politsiya boshqarmasining maxsus ruxsatnomasi talab qilinadi).

3. Valyuta.Singapurning korruptsiya, narkotiklarning noqonuniy aylanuvi va boshqa jiddiy jinoyatlar to'g'risidagi Qonuniga binoan , naqd pul yoki umumiy miqdori 30 ming singapur dollari (yoki xorijiy valyutadagi ekvivalenti) va undan ortiq miqdorda taqdim etuvchi shaxs nomiga berilgan oborot hujjatlariga ega bo'lgan Singapurga kirib keladigan va Singapurdan chiqib ketadigan shaxslar, bojxona nazoratidan o'tayotganda tegishli deklaratsiyani taqdim etishlari shart. Ushbu qoidaga amal qilmagan shaxslar jinoiy javobgarlikka tortiladi va 50 ming singapur dollari miqdorida jarima to'lash yoki 3 yildan oshmagan muddatga qamoq jazosiga hukm qilinadilar.

4. OAV. Filmlar, video yozuvlar, video o'yinlar, nashrlar va audio yozuvlar (olib kirish uchun OAVni rivojlantirish boshqarmasining maxsus ruxsatnomasi talab qilinadi).

5. Medikamentlar.Farmatsevtik preparatlar, dori-darmonlar, zaharlar (olib kirish uchun Singapur tibbiy-sanitar boshqarmasining maxsus ruxsatnomasi talab qilinadi).

6. Boshqa narsalar.Radio va tele uskunalar, ratsiyalar (olib kirish uchun Singapur Axborot-kommunikatsiya boshqarmasining maxsus ruxsatnomasi talab qilinadi).

7. Olib kirish taqiqlangan:- saqich (tibbiyotda ishlatiladigan saqich bundan mustasno);- chaynaladigan tamaki;- to'pponcha va revolver shaklidagi zajigalka;- narkotik i psixotrop moddalar;- jonli tabiatning yo'qolish xavfi ostida bo'lgan ma'lum ob'ektlari va ularning ikkilamchi mahsulotlari; - feyerverklar;- pornografik nashrlar, video- va audio yozuvlar, kompyuter dasturlari; - nashrlar, video yozuvlar, video kompakt disklar, lazer disklar, yozuvlar va kassetalardan mualliflik huquqini buzgan holda olingan nusxalar;- hukumatga qarshi mazmundagi , isyonkorlik ruhidagi materiallar.Yuqorida nomlari sanab o'tilganlardan birortasini Singapurga olib kirishga harakat qilish jinoiy jazoga tortiladi.

Tojikiston

Jismoniy shaxslar TR chegarasi orqali bojxona to'lovlaridan to'liq ozod qilingan 1000 $ ga ekvivalent miqdordagi tovarni olib o'tish, shuningdek bojxona to'lovlarini to'lamasdan umumiy narxi 100 $ gacha bo'lgan xalqaro pochta jo'natmalarini boj to'lovlarisiz olish va yuborishlari mumkin. Tamaki mahsulotlari va spirtli ichimliklarni, agar ularning umumiy narxi 100 $ dan ortiq bo'lmasa, olib kirish bo'yicha cheklovlar yo'q.

1. Olib kirish/chiqish taqiqlangan: narkotiklar, qurol-yarog' va o'q-dorilar, zaharlar, mamlakatning siyosiy va iqtisodiy manfaatlari hamda xavfsizligiga, aholi ma'naviyatiga putur etkazishi mumkin bo'lgan bosma va videomateriallar.

Hayvonlar, asbest, asalarilar, zuluklar, pilla qurti va boshqa tirik organizmalar, biologik substantsiyalar (infektsion yoki noinfektsion), oltin yoki kumush quymalari, qalbaki tovarlar yoki materiallar, tangalar, valyuta, o'qotar qurollar, amunitsiya (yoki ehtiyot qismlar), qalamtaroshlar, mo'ynalar, xavfli yoki yonuvchi materiallar, odam va hayvon xoki, fil suyagidan yasalgan buyumlar, zargarlik mahsulotlari, narkotiklar, kredit-pul hujjatlari, parfyumeriya mahsulotlari, tez buziladigan mahsulotlar, pornografik mahsulotlar, qimmatbaho metallar va toshlar, narxi 150$ dan ortiq bo'lgan soatlar, antikvar buyumlar, xom tuxumlar, elektron va yuqori chastotali uskunalar, mo'ynalar, asal va asalari uyalari, viagra.

2. Valyuta.Xorijiy valyutani olib kirishga cheklov yo'q; olib chiqish - 500 $ gacha (bu AQSh dollariga ekvivalent miqdordagi milliy valyutaga ham tegishli).Olib kirishda emlashlar haqidagi sertifikat talab qilinmaydi, lekin ich terlamaga qarshi emlanganlik haqida hujjat bo'lishi maqsadga muvofiq. Uy hayvonlarini olib kirishda ularga tegishli xalqaro namunadagi pasport bo'lishi zarur, unda quturish va chumkaga qarshi emlanganligi haqida belgi bo'lishi kerak.

Tailand

1. Spirtli ichimliklar va sigaretlar: maksimal ruxsat berilgan miqdor — bir kishiga 200 dona sigaret yoki 250 g tamaki (sigara) , lekin ikkalasidan 250 g dan oshmagan miqdorda,va 1 l alkogolli mahsulot.Belgilangan me'yordan ortiq mahsulotni bojxona nazoratidan o'tgunga qadar buning uchun mo'ljallangan maxsus qutilarda qoldirish kerak.

2. Badiiy va madaniy-tarixiy boyliklar. Buddaning haykalchalari va tasvirlarini , diniy va qadimiy san'at buyumlari, anitikvar buyumlarni olib kirish/chiqish uchun Tasviriy san'at departamentining ruxsatnomasi talab qilinadi.

3. Qurol-yarog' va o'q-dorilar:Qurol-yarog', o'q-dorilar va portlovchi uskunalarni olib kirish/chiqish uchun Milliy politsiya boshqarmasi (Office of National Police)ning ruxsatnomasi talab qilinadi.

4. Texnika.Simsiz priyomnik va peredatchiklar, telekommunikatsion qurilmalarni olib kirish/chiqish uchun Telekommunikatsiyalar bo'yicha milliy komissiya (National Telecommunications Commision)ning ruxsatnomasi talab qilinadi.

5. Olib kirish taqiqlangan:- narkotik vositalar va psixotrop moddalar;- behayo mazmundagi buyumlar va nashrlar;- soxta va qalbaki mahsulotlar; - soxta tangalar va banknotalar, qo'riqlanadigan yovvoyi hayvonlar.Narkotik vositalar va psixotrop moddalarni olib kirish va olib chiqish uchun Tailand qonunlarida o'ta og'ir jazo – o'lim jazosigacha ko'zda tutilgan.

Turkmaniston

1. Turkmanistonga yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan olib kirish taqiqlangan:- bolalar pnevmatik to'pponchalari, naganlar, avtomatlar, miltiqlar va plastmassa hamda boshqa o'qlar otuvchi boshqa vositalar;- ishlatilgan shinalar (ulardan tijorat maqsadlarida foydalanish ko'zda tutilgan holda);- ruli o'ng tarafdan boshqariladigan yoki ruli chap tarafdan o'ng tarafga qaytadan o'rnatilgan avtotransport vositalari , Turkmaniston hududidan tranzit orqali o'tayotgan maxsus texnika, mexanizmlar va transport vositalari bundan mustasno.

  • ishlab chiqarilgan yilini hisobga olmaganda 10 yil to'lgan avtotransport vositasi, shuningdek ishlab chiqarilgan yilidan qat'iy nazar avtotransport vositalari, mototsikllar, traktorlar, maxsus texnika va shikastlangan yoki buzilganligi munosabati bilan yo'l harakati qoidalariga muvofiq kelmaydigan boshqa texnika, shikastlanganlik va buzilganlik darajasi belgilangan tartibda aniqlangandan so'ng;- sport namunasidagi yuqori tezlikka ega avtomobillar, shuningdek dvigatelining ishchi hajmi 3 500 kub sm dan ortiq bo'lgan engil avtomobillar (shuningdek yo'l yo'q joylardan harakatlanishga, Turkmaniston hududidan tranzit yo'li bilan o'tishga va reeksportga mo'ljallangan avtotransport vositalari, mikroavtobuslar);
  • pornografik mazmundagi bosma, video-, foto-, kino- va audio mahsulotlar*;- Turkmanistonning siyosiy va iqtisodiy manfaatlariga, uning davlat xavfsizligiga, aholining salomatligi va ma'naviyatini himoya qilishga putur etkazadigan ma'lumotlari bor bosma va audiovizual materiallar, boshqa axborot tashuvchilar*.Eslatma: * Shuningdek Turkmaniston hududidan tranzit yo'li bilan olib o'tish ham taqiqlangan.

2. Turkmanistonga jismoniy shaxslar tomonidan olib kirish va olib chiqish (jo'natma yuborish) taqiqlangan: - qurol-yarog', o'q-dorilar, harbiy texnika va ularni ishlab chiqarish uchun maxsus tayyorlangan yig'uvchi qismlar va materiallar;- portlovchi moddalar;- yadroviy materiallar, shu jumladan issiq ajratuvchi sborka ko'rinishidagi materiallar;- nurlanishni ionlashtiradigan manbalar;- qurol-yarog' va harbiy texnikani yaratishda ishlatilishi mumkin bo'lgan texnologiyalar va maxsus uskunalar;

  • pirotexnik vositalar (feyerverklar (bengal mushaklari va chaqmoqtoshlar, shamlar va mash'alalar, porox yordamida o't oladiganlar bularga kirmaydi) petardalar, raketnitsalar);- narkotik moddalar, psixotrop vositalar, prekursorlar, ularni tayyorlash va qo'llash uchun texnologiyalar va moslamalar;- zaharlar va zaharlovchi moddalar;- bekor qilingan qimmatli qog'ozlar;- yorliqlar (etiketkalar), butilkalarning po'kaklari va alkogol mahsulotlarining barcha turlarini tayyorlash uchun kerakli boshqa upakovka materiallari.

Turkiya

1. Spirtli ichimliklar va sigaretlar: Bojsiz olib kirish mumkin: 20 quti sigaret, yoki 50 dona sigara yoki 200 g tamaki, 5 l alkogolli ichimlik.

2. Zargarlik mahsulotlari, qimmatbaho buyumlar: Zargarlik mahsulotlari va qimmatbaho buyumlarni deklaratsiyada ko'rsatish zarur.

3. Qurol-yarog' va o'q-dorilar: Olib kirish va olib chiqish taqiqlangan.

4. Maishiy texnika. Shaxsiy ehtiyojlar uchun zarur buyumlardan tashqari, olib kirish mumkin: ikkita fotoapparat, portativ radiopriyomnik, yozuv mashinkasi, kinokamera. Videomagnitofonlar, televizorlarni deklaratsiyada ko'rsatish zarur.

5. Valyuta. Xorijiy va milliy valyutani olib kirish cheklanmagan (5000 AQSh dollaridan ortiq miqdorda bo'lsa, deklaratsiyada ko'rsatish shart). Turk lirasini 1000 AQSh dollariga ekvivalent miqdorda olib chiqish mumkin.

6. Boshqa buyumlar. Narxi 200 AQSh dollaridan ortiq bo'lmagan sovg'alar, shaxsiy ehtiyojlar doirasida kosmetik vositalar, atir-upalar, oziq-ovqat mahsulotlarini.

7. Olib kirish taqiqlangan:narkotiklar, tarkibida yuqori dozada narkotik vositalar bo'lgan dori-darmonlar.

Ukraina

Ukrainaga urushni, irqchilikni, zo'ravonlikni targ'ib qiluvchi materiallarni olib kirish qat'iyan taqiqlangan. Shuningdek, quyidagi tovarlarni olib kirish taqiqlangan:

  • Narkotiklar;
  • Zaharlovchi va radioaktiv moddalar;
  • Zaharli va portlovchi moddalar;
  • Ruxsatnomasi bo'lmagan mahsulotlar;
  • Katta miqdorda dorilar. Dorining bir turi – 5 upakovkadan oshmasligi kerak;
  • Psixotrop moddalar.

Frantsiya Respublikasi

1. Sigaretalar. 200 dona sigareta yoki 100 dona sigarill, yoxud 50 dona sigara yoki chekish uchun 250 g tabak. O'rnatilgan me'yorlardan birortasi oshganda tovarni olib o'tish huquqidan foydalanganligi uchun belgilangan miqdordagi pul yoki jarimani to'lashi yoki olib o'tilayotgan tovardan voz kechishi va jarima to'lashi kerak bo'ladi. Sigareta va spirtli ichimliklarni 17 yoshga to'lgan shaxslargina olib o'tishlari mumkin.

2. Spirtli ichimliklar. 4 l – vino, 16 l – pivo. O'tkirligi 22 darajadan yuqori bo'lgan spirtli ichimliklar – 1 l. O'tkirligi 22 darajadan past bo'lgan spirtli ichimliklar – 2 l. Toza etil spirti asosidagi o'tkirligi 80 darajadan yuqori bo'lgan ichimliklar – 1l.

3. Yuvelirne ukrasheniya i dragotsennosti.Zargarlik buyumlari va zeb-ziynatlar. Zargarlik buyumlarini olib o'tishda kumush, oltin va ularning qotishmasi, shuningdek, qimmatbaho metallarning qoldiqlari, kumush va oltin tangalardan 7,5 % miqdorida boj undirilishini nazarda tutish lozim. Olib o'tilayotgan buyum qiymati 5000 evrodan oshgan hollarda uning qiymatidan 4,5 % yig'im undiriladi. Ushbu qiymatdagi kollektsiya olib o'tilayotganda soliq kollektsiyaning umumiy qiymatidan olinadi.

4. Avtomobillar va benzin. Milliy hududga olib kirishda quyidagilarni taqdim etish lozim:- avtomobilni qayd etish to'g'risidagi hujjat;- sotish to'g'risidagi hujjat (agar u o'ringa ega bo'lgan bo'lsa);- Frantsiyada amal qiladigan sug'urta;- zarur hollarda umumevropa tranziti to'g'risidaga hujjat T1);- agar avtomobil olib kirilayotgan mamlakat YeI bilan erkin ayirboshlash to'g'risida bitim imzolagan bo'lsa (Association européenne de libre échange (AELE) mamlakat bojxona hukumati tomonidan tasdiqlangan, transport vositalarini olib kirishda to'lanadigan bojxona bojlari qisqartirish yoki umuman to'lamaslik imkonini beruvchi EUR1 sertifikatini taqdim etish talab etiladi

Frantsiya hududiga olib kiriluvchi avtomobillarni bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish ya'ni ular uchun davlat boji to'lanishi lozim. Avtomobilning bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish haqida http://www.douane.gouv.fr. Frantsiya bojxonasi saytidan bilib olishingiz mumkinAvtotransport vositasining benzin solinadigan idishida va 1 dona kanistrda 10 litr benzin solingan benzin olib kirilishiga ruxsat beriladi.Agar siz Frantsiyaga doimiy yashash uchun borayotgan bo'lsangiz quyidagi shartlar bajarilganda avtomobilni olib kirishda soliqlarni to'lashdan ozod etilishingiz mumkin:- YeIga kirmaydigan davlat hududida 1 yildan kam bo'lmagan muddat mobaynida istiqomat qilgan bo'lsangiz;- avtomobildan shaxsiy ehtiyojlaringiz uchun yarim yildan kam bo'lmagan muddatda, to yashash joyingizni o'zgartirguningizga qadar foydalangan bo'lsangiz; - avtomobil qaysi davlatdan olib kirilayotgan bo'lsa mazkur davlatda barcha soliqlarni to'lagan bo'lsangiz.

4. Avtomobillar va benzin. Avtomobil, doimiy yashash joyini o'zgartirgan paytdan boshlab, 1 yildan oshmagan muddatda olib kirilishi lozim. Avtomobil doljen bt vvezen v srok, ne prevshayuщiy 1 goda s momenta smen postoyannogo mesta jitelstva.YeIga kirmaydigan mamlakatlardan Frantsiya hududiga avtomobil olib kirishda quyidagilar taqdim etilishi lozim:- avtomobil egasining ob'ektning taxminiy bahosi ko'rsatilgan, sana va imzo qo'yilgan 2 nusxada tayyorlangan mulk to'g'risidagi batafsil ro'yxati (ro'yxatda avtomobil eslatilishi lozim); - Frantsiyaga boj to'lamasdan kirganligi to'g'risida to'ldirilgan deklaratsiya blankasi (n°10070*02) ikki nusxada; tranzit hollarida esa uch nusxada (quyidagi manzil bo'yicha kirish mumkin: https://www.formulaires.modernisation.gouv.fr/gf/cerfa_10070 02.do?jeton=ZMG-ygFAbTi_1QFAebFW_1rf- doimiy yashash joyi YeIdan tashqarida ekanligini va Frantsiyaga yashash uchun ko'chib borganligini tasdiqlovchi hujjat (ushbu hujjat ketgunga qadar Frantsiya konsulligida olinishi mumkin);

Transport vositasi amaldagi xorijiy davlat qayd raqamiga ega bo'lishi lozim.Bojxona xizmatlari kerakli jarayonlarni amalga oshirgandan so'ng mulk ro'yxatining (zavizirovanny) vizalangan nusxasi va transport vositasini qayd qilish uchun 4 oy davomida prefekturaga taqdim qilinishi lozim bo'lgan n° 846A sertifikatini sizga qaytarib beradilar.Yuqoridagi qoidalardan birontasi bajarilmagan va avtomobil YeIdan tashqarida sotib olingan hollarda bojxona xizmatlari siz tomoningizdan taqdim etilgan ma'lumotlar asosida soliqlar miqdorini belgilab beradi (tovar olib kirish uchun + QQS, 19.6% transport vositalariga) . Ular naqd pul yoki chek bilan to'lanishi mumkin.Pul miqdori 1524,49 evrodan ortiq bo'lgan chek tasdiqlangan bo'

5. Qurol-yarog' va o'q-dorilar. 4 toifadagi qurollar mavjud:A toifa: sotib olinishi va saqlanishi taqiqlangan harbiy (voennoe oborudovanie) jihozlar (uskunalar) va qurol-yarog' (A1) hamda harbiy jihozlarga (uskunalarga) tegishli bo'lgan shaxsan olib yurish va harbiy harakatlar uchun mo'ljallangan qurol-yarog' (o'q otar qurol), (boevx) jangovar zaharlovchi moddalardan himoya qilish uchun mo'ljallangan aslaha-anjom (A2).V toifa: sotib olish va saqlash uchun ruxsatnoma talab qiladigan qurol-yarog';S toifa: sotib olish va saqlash uchun maxsus deklaratsiya bo'lishini talab qiladigan qurol-yarog';D toifa: qayd qilinshini talab qiluvchi qurol-yarog' va bemalol foydalanish mumkin bo'lgan uskuna (jihoz)Frantsiya hududiga qurol-yarog' olib kirish bo'yicha batafsilroq ma'lumot Bojxona bosh boshqarmasi saytida berilgan: http://www.douane.gouv.fr/page.asp?id=282

6. Tarixiy qurol-yarog' olib kirilishini nazorat qilish Burj shahrining Texnik boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi. Etablissement technique de Bourges Centre technique armes et munitions6 route de Guerry 18 015 BOURGES Telephone: +33 (0)2-48-27-48-00;Fax: +33 (0)2-48-27-47-69).Olib kirishda predmet texnik analizga yuboriladi, undan o'tkazilgandan so'ng qurol –yarog' bojxona chegarasidan o'tkaziladi. Frantsiya YeIdan tashqarida qilingan qurol-yarog' deaktivatsiyasi (qayta ishlanganligini) tan olmaydi. Qayta ishlangan dekorativ qurol-yarog' Sent-Eten shahridagi o'q otar qurollar bo'yicha Sinov markaziga tahlil uchun yuboriladi: anc d'epreuve des armes a feu de Saint-Etienne5 rue Meons 42 004 SAINT-ETIENNE Telephone: +33 (0)4-77-25-12-06.Tekshiruvdan o'tkazilgandan so'ng u bojxona chegarasidan o'tkaziladi.Burj shahrining Texnik boshqarmasi, shuningdek tarixiy va kollektstyalangan qurol-yarog' nusxalarini olib kirilishining nazoratini amalga oshiradi.

Olib kirish taqiqlanadi:- qalbakilashtirilgan (falsifitsirovanne) tovarlar;- pedofil xarakterdagi materiallar, ya'ni bolalar pornografiyasi;- asbest va tarkibida asbest bo'lgan mahsulotlar (1996 yil 24 dekabrdagi dekretning 7-moddasida nazarda tktilganlari bundan mustasno );- tarkibida xavfli elementlari bo'lgan predmetlar (masalan: qo'rg'oshin tuzi, nikel);- o'simliklar, o'simlik va boshqa mahsulotlar (yuqori qatlamlar, urug'lar, kultivatsiya qilinadigan tuproq); poverxnostne sloi, semena, kultivirueri maya pochva);- milliy yoki umumevropa qonun hujjatlari bilan taqiqlangan hayvonlardan olingan mahsulotlar.

Chexiya Respublikasi

1. Spirtli ichimliklar va sigaretlar: 200 dona sigaret, 1 l o'tkir spirtli ichimlik, 2 l vinoni bojsiz olib kirish mumkin.

2. Bojsiz olib kirish mumkin: 500 g kofe, 40 g choy, shaxsiy ehtiyojlar doirasida yangi buyumlar, pardoz vositalari va oziq-ovqat mahsulotlari.

3. Mamlakat bankining ruxsatisiz oltinni quyma shaklda, plastina yoki tangalar shaklida olib kirish taqiqlanadi.

4. Nolegal chop etilgan bosma materiallarni olib kirish taqiqlanadi.

Yaponiya

Yaponiya qonun hujjatlariga muvofiq chet ellik jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli bo'lgan mamlakatga olib kirilayotgan yuk va shaxsiy narsalar bojxona ko'rigidan o'tkazilishi lozim. Chet el fuqarolari soddalashtirilgan tartibda bojxona nazoratidan o'tadilar. “Yashil” va “qizil” yo'lak deb ataluvchi tizim nazarda tutiladi. Yuki bo'lmagan yoki bojxona boji undirilmaydigan narsalari bo'lgan yo'lovchilar “yashil” yo'lakdan o'tadilar. Bagajida deklaratsiyalanishi lozim bo'lgan narsalari yoki Yaponiyaga olib kirilishi cheklangan yoxud taqiqlangan tovarlari bo'lgan yo'lovchilar “qizil” yo'lakdan o'tadilar.Yaponiyada amalda bo'lgan bojxona qoidalari bilan Yaponiya bojxonasining ingliz tilidagi yoki rus tilida pdf formatdagi sayti orqali batafsil tanishib olish mumkin.

1. Spirtli ichimliklar va sigaretlar: Bojxona qoidalari cheklangan miqdordagi alkogol ichimliklari va tamaki mahsulotlarining mamlakatga bojsiz olib o'tilishini nazarda tutadi. Uch shisha spirtli ichimlik (har biri 760 mldan ortiq bo'lmagan), 200 donagacha sigaret , 100 dona sigara va 500 gdan ortiq bo'lmagan tabakning har xil turlarini olib kirishga ruxsat beriladi. Alkogol va tamaki mahsulotlarini olib kirish qoidalari voyaga etgan (Yaponiya qonun hujjatlari bo'yicha – 20 yoshga to'lgan ) shaxslarga nisbatan tatbiq etiladi.

2. Zargarlik va qimmatbaho ziynat buyumlari Zargarlik va qimmatbaho ziynat buyumlariga ham xuddi shunday qoidalar tatbiq etiladi (“shaxsiy narsalar” bandiga qarang).

3. Qurol yarog' va o'q-dorilar:Olib kirish taqiqlanadi : - sovuq va o'q otar qurollar, ularning qismlari hamda detallari; - o'q dorilar va portlovchi moddalar (dinamit, porox va boshqalar), portlovchi moddalar ishlab chiqarish uchun xomashyo.

4. Valyuta. Yaponiyadan chiqib ketishda 1 mln. iendan ortiq bo'lmagan miqdorda milliy valyuta olib chiqilishiga ruxsat beriladi. Ko'proq miqdordagi pul mablag'ini olib chiqish uchun Moliya vazirligining ruxsatini olish zarur. Tegishli jarayonlar uchish aeroportida to'g'ridan-to'g'ri o'tkazilishi mumkin. Xorijiy valyuta, turistik cheklar va kredit kartalarining olib chiqilishiga cheklovlar yo'q. Sootvetstvuyuщaya protsedura mojet bt provedena pryamo v aeroportu vleta. Ogranicheniy na vvoz inostrannoy valyut, turisticheskix chekov i kreditnx kart ne imeetsya.

5. Avtomobillar va boshqa mulk. Uzoq (bir yildan ortiq) muddatga Yaponiyaga borilganda shaxsiy foydalanish uchun avtomobil, qayiq va boshqa transport vositalari, shuningdek mebel va boshqa uy-joy mulki, bojxona organlariga ushbu predmetlar Yaponiyaga kirishdan bir yil avval sotib olinganligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilganda , bojsiz olib kirishga ruxsat beriladi.Yaponiyadan iste'mol solig'idan ozod etilgan mahsulotlarni olib chiqishda xaridor xarid paytida rasmiylashtirilgan tovarlarning olib chiqilishini tasdiqlovchi hujjatni bojxonaga topshirishi lozim.Bojxona xodimlari bojsiz sotib olingan tovarni taqdim etilishini talab qilishlari mumkin.

6. Dori preparatlari. Shaxsiy foydalanish uchun mo'ljallangan dori preparatlarining mamlakatga olib kirilishi cheklangan. Xususan, ichish uchun 2 oyga mo'ljallangan va sirtdan surish uchun 24 o'ramdan ortiq bo'lmagan dorilarni olib kirishga ruxsat beriladi. Ruxsat berilganidan ortiq miqdorda Yaponiyaga olib kirilgan dori preparatlari musodara qilinadi.

7. Oziq-ovqat tovarlari. Iste'mol guruchini olib kirish cheklangan (chegaralangan) (bir odamga bir yil mobaynida 100 kgdan oshmasligi lozim).Qora ikrani bojsiz olib kirish cheklangan, bir odamga 200 g.

8. Shaxsiy narsalar. Chet el fuqarolari tomonidan faqat shaxsiy iste'mol uchun va mamlakat hukumati tomonidan chet ellikning Yaponiyada bo'lish vaqtini hamda mutaxassisligini hisobga olgan holda o'rnatilgan miqdorda olib kirilgan predmetlar yig'imlarni to'lashdan ozod etiladi. .Chet elda ishlab chiqarilgan boshqa tovarlar ularning umumiy qiymati bir odamga 200 ming iendan oshmagan hollarda olib kiriladi.

9. Yaponiyaga olib kirish taqiqlanadi: - ommaviy ziyon keltiradigan qurollarni ishlab chiqarishda foydalanadigan kimyoviy moddalar va biologik materiallar;- narkotiklarning barcha turlari va psixotrop moddalar, shuningdek ularni ishlab chiqish va iste'mol qilish uchun vositalar;- qalbaki qimmatli qog'ozlar va qog'oz pullar; - axloqsizlik mazmunidagi, bolalar pornografiyasi bo'lgan kitoblar, jurnallar, rasmlar va gravyuralar knig, jurnalov, risunkov i gravyur, - jamoat tartibini buzadigan (zo'ravonlikka, ommaviy chiqishlarga va davlat hukumatini ag'darishga da'vat etuvchi bosma nashr

- intellektual mulkka (savdo markalari, mualliflik va patentlik huquqi) ziyon etkazuvchi predmetlar va soxta tovar buyumlari. Quyidagi urug' va o'simliklarning olib kirilishi taqiqlanadi: - ayrim turdagi kartoshkaning tugunaklari; - sholi, sholi poxoli, shuningdek sholi poxolidan tayyorlangan narsalar (bo'yra, qoplar, sholchalar va ); - ba'zi mevalar plodov nekotorx fruktov (o'rik, gilos, olcha, olxo'ri, shaftoli, nok, behi, yong'oq);- poxollar va Hordeum, Triticum i Secale o'simliklarining barglari solom i listev rasteniy Hordeum, Triticum i Secale (shuningdek, o'rash uchun materiallar ko'rinishidagi poxollar va undan tayyorlangan shunga o'xshagan tovarlar) , shuningdek g'allasimon o'simlik barglari va poxoli

Yaponiyaga Amerika va Yevropadan (svejego) hayvon go'shti hamda undan tayyorlangan yarimfabrikatlar, shuningdek xalqaro standart sertifikati («Animal Health Certificate») bo'lmagan, tez ayniydigan go'sht mahsulotlarini olib kirish butunlay taqiqlanadi Bu xususda batafsil ma'lumotni ingliz tilidagi Animal Quarantine Service saytidan olish mumkin.

O'zbekiston

Kelayotgan yo`lovchilar bagajlarida, shu jumladan yuqori fitosanitar xavfga ega karantin ostidagi mahsulotlarni ko`l yuklari orqali (ekish materiallari,meva-sabzavot va gullar) olib kirish taqiqlanadi. Taqiqlangan karantin ostidagi mahsulotlar mavjudligi aniqlansa, o`simliklar karantini davlat inspektori tomonidan maskur mahsulotlar olib qo`yiladi va o`rnatilgan tartibda yoq qilinadi