Oktyabr oyida Uzbekistan Airways jamoasi Italiyada bo‘lib o‘tgan TTG Rimini 2026 xalqaro sayyohlik ko‘rgazmasida mamlakatimizni muvaffaqiyatli taqdim etdi.

Tadbir doirasida biz sayohatchilar va yirik turoperatorlar, jumladan, ALPI tur, Columbia tourismo, Boscolo va PirateHoliday bilan bir qator samarali uchrashuvlar o‘tkazdik. Muzokaralarning asosiy mavzusi O‘zbekistonda ichki turizmni rivojlantirish hamda Rim va Milanni Toshkent, Samarqand, Buxoro va Urganch bilan bog‘laydigan aviaqatnovlarda yo‘lovchilar oqimini oshirishdan iborat bo‘ldi.


O‘zbekiston Respublikasining milliy stendi va havo kemalarimiz parkining tez orada to‘ldirilishi fonida yo‘nalishlar tarmog‘ini kengaytirish rejalari Yevropa matbuotida katta qiziqish uyg‘otdi. Italiyalik jurnalist Federiko Vason jamoa bilan suhbatda muhim tendensiyani ta’kid o‘tdi: Toshkentdagi sovet davrining noyob arxitekturasi va Buyuk Ipak yo‘lining qadimiy yodgorliklari uyg‘unligi bugungi kunda Yevropa sayyohlari uchun juda jozibador bo‘lgan mukammal kontrast yo‘nalishni yaratadi.


Biz xalqaro bozordagi mavqeimizni mustahkamlashda vaO‘zbekistonni butun dunyoga kashf etib, mamlakatlar o‘rtasida ishonchli ko‘priklar o‘rnatishda davom etamiz! Uzbekistan Airways bilan har qanday samo kengliklarida o‘zingizni uydagidek his qilasiz!
Barcha yangiliklar