2026-yil 3-noyabrdan boshlab AQSh Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazlari (CDC – U.S. Centers for Disease Control and Prevention) tomonidan xorijiy davlatlardan AQShga uchayotgan barcha yo‘lovchilar, shu jumladan tranzit yo‘lovchilar uchun deklaratsiyani (Attestation) to‘ldirish majburiy talabi joriy etiladi.
Yo‘lovchilar nimalarni bilishlari kerak?
- Har bir yo‘lovchi AQShga uchishdan oldingi 21 kun davomida Kongo Demokratik Respublikasi (KDR) hududida bo‘lmaganligini tasdiqlovchi qog‘oz yoki elektron deklaratsiyani to‘ldirishi va imzolashi shart.
- KDR aeroporti orqali tranzitdan o‘tish, hatto yo‘lovchi havo kemasi bortini yoki aeroportni tark etmagan bo‘lsa ham, ushbu mamlakat hududida bo‘lganlik deb hisoblanadi.
- 18 yoshga to‘lmagan yo‘lovchilar uchun deklaratsiya ota-ona, vasiy yoki boshqa vakolatli shaxs tomonidan to‘ldiriladi va imzolanadi.
- Deklaratsiyani taqdim etmagan yo‘lovchilar reysga chiqishga qo‘yilmaydi.
- Bila turib yolg‘on ma’lumot taqdim etish AQSh qonunchiligiga muvofiq jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkin.
Talablar bilan oldindan tanishib chiqish va aeroportga kelishdan avval deklaratsiyani tayyorlab qo‘yish tavsiya etiladi.
Batafsil ma’lumot va deklaratsiya shakli quyidagi havolada mavjud:
www.cdc.gov/port-health/media/pdfs/2026/10/367886-A_FRM_EbolaAttestation_3_pass.pdf
Barcha yangiliklar