We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

Font-size

Enable a screen reader

Ish beruvchi: “Uzbekistan Airways” AJ
Talab etiladigan ish tajribasi: 6 yildan kam emas 
Bandlik turi: to‘liq bandlik, to‘liq ish kuni 

Bilishi shart:
•    Korxonaning ishlab chiqarish-xo‘jalik faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy-uslubiy materiallar;
•    Audit, audit uslubiyati va jarayonlari, ichki audit standartlari;
•    Buxgalteriya hisobi va hisobotlarni yuritish tartibi, buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari;
•    Korxonaning xo‘jalik va moliyaviy faoliyatini tahlil qilish usullari;
•    Tekshiruvlar o‘tkazish va hujjatli audit o‘tkazish qoidalari;
•    Pul aylanmalari, kredit, narx belgilash tartiblari;
•    Biznesni tashkil etish va yuritish qoidalari;
•    Soliq tizimining asoslari, soliqlarni hisoblash tartibi;
•    Mehnat, moliya, soliq va iqtisodiyot qonunchiligi.

Vazifalari:
•    Korxonaning moliyaviy va boshqaruv hisoboti tekshuvlarini amalga oshiradi, uning ishonchliligini tahlil qiladi, uni tuzish va taqdim etishning o‘z vaqtida bajarilishini baholaydi;
•    Buxgalteriya jarayonlarini unifikatsiyalash va standartlashtirishni tashkil qiladi;
•    Audit rejasini va audit byudjetini tuzadi va korxona rahbariyatiga tasdiqlash uchun taqdim etadi;
•    Tasdiqlangan rejaga muvofiq korxona bo‘linmalarida audit va tekshiruvlarni amalga oshiradi;
•    Korxona byudjetining bajarilishini nazorat qiladi; 
•    Shartnomalar loyihalarining ekspert baholashini amalga oshiradi, tuzilgan bitimlar (shartnomalar) va ularning natijalari buxgalteriya hujjatlarida o‘z vaqtida va to‘liq aks ettirilishini nazorat qiladi;
•    Korxonada yangi loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tashqi va ichki xavflarni aniqlaydi va tahlil qiladi;
•    Bajarilgan ishlar yuzasidan hisobotlar, tahliliy va eslatmalar tuzadi, ekspert xulosalarini beradi;
•    Lavozim yo‘riqnomasidagi boshqa ishlar.

Lavozim talablari: 
•    Iqtisod va/yoki moliya mutaxassiligi bo‘yicha oliy ma’lumot;
•    Buxgalteriya hisobi bo‘yicha kamida 4 yillik ish tajribasi;
•    Auditor sifatida kamida 2 yil ish tajribasi;
•    Shaxsiy kompyuterdan foydalanish ustasi;
•    IFRS va CAP (sertifikatlangan amaliyotchi buxgalter), CIPF (sertifikatlangan xalqaro professional buxgalter), ACCA, DipIFR bo'yicha malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirganlik;
•    1C:8.3 korxona, QUICKBOKS dasturini bilish;
•    Rus, o‘zbek va ingliz tillarini mukammal bilish.

Asosiy ko‘nikmalar:
•    O‘zbek tili – C2 – mukammal darajada;
•    Rus tili – C2 – mukammal darajada;
•    Ingliz tili – C1 – yuqori rivojlangan darajada; 
•    Ichki audit;
•    Audit;
•    Audit tekshiruvlari; 
•    XMHS;
•    Moliyaviy hisobotlar.

Rezyume ko‘rib chiqish uchun quyidagi elektron manzilga yuborilsin:
Toir.Pardaev@uzairways.com 
Erkin.Alimov@uzairways.com