We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

Font-size
Interface size

Enable a screen reader

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Character spacing
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Line spacing

O‘quv-mashq markazi hududida aviatsiya xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha asosiy o‘quv muassasasi hisoblanadi.

O‘quv-mashq markazi fuqaro aviatsiyasi uchuvchilari, bortkuzatuvchilari, shuningdek aviakompaniya parvozlarini boshqarish markazlari va parvozlarni aeronavigatsiya ta’minoti xizmatlari uchun parvozlarni ta’minlash bo‘yicha xodimlarni dastlabki tayyorlashni amalga oshiradi.

O‘zbekiston Respublikasi aviatsiya ma’muriyati tomonidan ma’qullangan malaka oshirish kurslari IKAO va IATA standartlariga qat’iy rioya etilgan holda olib boriladi.
O‘quv-mashq markazi zamonaviy trenajyor komplekslariga ega. Protsedura (Virtual Procedure Trainer) va to‘la funksiyali trenajyorlarda (Full Flight Simulator Level D) mashg‘ulotlar haftasiga 7 kun, sutkasiga 24 soat o‘tkaziladi.

Murakkab trenajyor asbob-uskunalarining ishga shaylik darajasi 99,7% gacha bo`lishi ta’minlanadi.

Ma'muriy-o'quv korpusi rivojlangan o'quv-maishiy infratuzilmaga ega besh qavatli bino

  • 46 auditoriya — har biri 20 tinglovchiga mo`ljallangan;
  • 100 kishilik majlislar zali zamonaviy ma’ruza va multimediya asbob-uskunalari bilan jihozlangan;
  • Imtihon olinadigan xonalar og`zaki, yozma imtihon o`tkazish imkoniyatiga ega, shuningdek personal kompyuter yordamida test sinovlari o`tkazish imkoniyatiga ega, bir vaqtning o`zida bir necha joydan videokuzatuv olib borish, video va audio yozib oluvchi qurilmalar bilan jihozlangan;
  • Xorijiy tillarni samarali o`zlashtirish uchun lingafon xonalari.

Trenajyor majmua aviatsiya xodimlarini amaliy tayyorlash uchun zamonaviy standartlar bo`yicha maxsus loyihalashtirilgan alohida bino

Protsedura tranajyorlari — Virtual Procedure Trainers:

  • Airbus procedure trainer A320 (APT Airbus 320 produced by «CAE» Canada);
  • Virtual procedure trainer (VPT Boeing 767 produced by «Aerosim» USA);

To`liq funksiyali trenajyorlar — Full Flight Simulators produced by «CAE Inc.», Canada:

  • Boeing 767 SERIES 6000XR, Full Flight Simulator Level D, Engines PW4060 (Qualification Standard FAA AC 120-40A requirements for a Phase III flight simulator and ICAO Doc 9625 3rd Edition Level VII);
  • Airbus 320 SERIES 7000XR, Full Flight Simulator Level D, Engines CFM 56-5B4 (Qualification Standard ICAO Doc 9625 3rd Edition Level VII);
  • IL-114-100 HK to`liq funksiyali trenajyorlari, «Ilyushin» konstruktorlik byurosi bilan hamkorlikda yagona nusxada tayyorlangan. Uchuvchilar kabinasi interfeysi “Rockwell Collins«da ishlab chiqarilgan PW127 dvigatelli avionikaga to`liq mos keladi. Hozirgi vaqtda IL-114-100 HK ekspluatatsiyadan chiqarilganligi sababli, trenajyor asosan uchish-metodik va tadqiqot ishlari uchun foydalaniladi.

Boshqa o’quv vositalari:

  • Yong`inni o`chirish va samolyot ichida tutun chiqqanda harakatlanish ko`nikmasini ishlab chiqish uchun trenajyor: «V9000 Commander™» (produced by «Flame-Aviation», Netherlands).
  • Avariya paytida samolyotni tark etish ko`nikmasini ishlab chiqish uchun trenajyor.