We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

Font-size
Interface size

Enable a screen reader

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Character spacing
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Line spacing

Jismoniy shaxslar uchun bojxona qoidalari to‘g‘risida ma’lumot

Share on social media

Aviayo‘lovchilar O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali o‘tganlarida - respublikaning barcha aeroportlarida namunasi mavjud bo‘lgan yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini to‘ldirishlari kerak.

O‘zbekiston Respublikasiga kelgan mehmonlar, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek,  O‘zbekiston Respublikasidadoimiy yashash joyigaega bo‘lgan chet el fuqarolariva fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar mamlakathududiga quyidagilarni olib kirish huquqigaegadirlar:

  1. Yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini yozma ravishda majburiy to‘ldirishi sharti bilan cheklanmagan miqdorda naqd chet el valyutasi. 

Jismoniy shaxsning xohishiga ko‘ra naqd chet el valyutasi TS-21 kvitansiyasi bo‘yicha saqlash uchun qabul qilinadi, bunda yig‘im undirilmaydi.

2. Shaxsiy foydalanish uchun iste’mol tovarlari:

а) bojxona to‘lovlari (boj, QQS) to‘lanmagan holda, qiymati:

10 (o‘n) AQSH dollari - chegaradosh davlatlar (Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Afg‘oniston, Turkmaniston) hududidan olib kiriladigan;

1000 (ming) AQShdollari – boshqadavlatlar hududlaridan olib kiriladigan tovarlaruchun;

б) aksiz solig‘i to‘lanmasdan, quyidagi miqdorlarda*:

Mahsulot nomiAksiz solig‘i to‘lanmaydigan tovarlarni olib kirish normalari (bir shaxs uchun)
Qovurilgan yoki qovurilmagan kofeinli yoki kofeinsiz qahva2 kg
Osyotr ikrasi0,5 kg
Ikra o‘rnini bosuvchilar1 kg
Qandolat mahsulotlari5 kg
Plitka va briketli shokolad5 kg
Don, don mahsulotlari, kraxmal va undan tayyorlangan mahsulotlar, unli qandolatchilik mahsulotlari10 kg
Sabzavotlar, mevalar, yong‘oqlar yoki boshqa o‘simliklarni qayta ishlash mahsulotlari5 kg
Aralash oziq-ovqat mahsulotlari2 kg
Pivo2 litr
Alkogolsiz ichimliklar, sharbatlar (sitrus mevalaridan tashqari)2 litr 
Alkogolli mahsulotlarning barcha turlari (pivodan tashqari)2 litr
Tamaki mahsulotlarining barcha turlari

sigaretalar, sigaralar, va papiroslar

umumiy miqdori 10 qutidan 

Attorlik mollari har bir nom bo‘yicha 2 tadan
Avtokosmetikahar bir nom bo‘yicha 2 tadan
Yuvish va tozalash vositalari5 kg
Maktab portfellari va sumkalaridantashqari tabiiy vasun'iy charmdan tayyorlangan mahsulotlarhar bir nom bo‘yicha 1 tadan, biroq 3 tadan ko‘p bo‘lmagan miqdorda
Tabiiy charmdan tikilgan kiyimlar va kiyim ashyolarihar bir nom bo‘yicha 1 tadan, biroq 3 tadan ko‘p bo‘lmagan miqdorda
Tabiiy mo‘ynadan ustki kiyimlar va bosh kiyimlarhar bir nom bo‘yicha 1 tadan, biroq 3 tadan ko‘p bo‘lmagan miqdorda
Gilamlar va gilam mahsulotlari15 kv.m
Mashina va qo‘lda to‘qilgan trikotaj buyumlarhar bir nom bo‘yicha 1 tadan,
Yotar-joy buyumlari  5 komplekt 
Kulolchilik buyumlari1 ta to‘plam, lekin 24 tadan ko‘p bo‘lmagan
Billur idishlar1 ta to‘plam, lekin 12 tadan ko‘p bo‘lmagan
Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik buyumlariUmumiy og‘irligi 30 grammdan ortiq bo‘lmagan 5 ta buyum
Bijuteriya0,5 кg dan ortiq bo‘lmagan
Asl bo‘lmagan metallardan, shu jumladan qimmatbaho metallar bilan qoplangan oshxona anjomlari, pichoqlar, qoshiqlar, vilkalar va boshqalar1 ta to‘plam, lekin 24 tadan ko‘p bo‘lmagan
Video va audio apparatura   har bir nomdan 1 tadan, biroq 3 tadan ortiq bo‘lmagan miqdorda
Barcha turdagi soatlar2 dona 
Qandillar, yoritish jihozlari 2 dona 

*Izoh: aksiz solig‘i to‘lanmaydigan tovarlarning yuqorida ko‘rsatilgan normalari qo‘shni davlatlar (Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Afg‘oniston, Turkmaniston) hududidan olib kiriladigan tovarlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

 Notijorat maqsadlardagi, qiymati va miqdori qonunchilikda belgilangan tovarlarni bojsiz olib kirish normalaridan oshmaydigan, aksiz solig‘i belgilanmagan tovarlarni deklaratsiyalash og‘zaki ravishda amalga oshiriladi;

 Notijorat maqsadlardagi, qiymati va miqdori qonunchilikda belgilangan tovarlarni bojsiz olib kirish normasidan oshadigan, aksiz solig‘i belgilanmagan tovarlarni deklaratsiyalash yozma ravishda amalga oshiriladi;

 Jismoniy shaxslar tomonidan qo‘l yukida yoki kuzatib borilayotgan bagajda notijorat maqsadlar uchun olib o‘tilayotgan tovarlarning qiymati va (yoki) miqdori tovarlarni bojsiz olib kirishning qonunchilikda belgilangan normasidan ortiq bo‘lsa va  aksiz solig‘i belgilanmagan tovarlar uchun bunday ortiq qismiga bojxona to‘lovi to‘lanadi.

3. Turli nomdagi 10 tagacha dori preparatlari va ularning har biridan 5 o‘ramdan ortiq bo‘lmagan miqdordagi dori vositalari; 5 o‘ramdan ortiq bo‘lmagan miqdordagi tibbiy buyumlar.

Unda bir o‘ramda:

  • qattiq (tabletkalar, drajelar, granulalar, kukunlar, kapsulalar) dori shakllari uchun - 100 birlikdan ortiq emas;

  • eritma tayyorlash uchun qo‘llaniladigan kukunlar uchun - 500 grammdan ortiq emas;
  • granula shakldagi gomeopatik dori vositalari uchun - 50 grammdan ortiq emas;
  • infuzion eritmalar va oral (og‘iz orqali) qo‘llaniladigan eritmalar uchun - 500 millilitrdan ortiq emas;
  • inyeksiyalar uchun eritmalar - 10 ampuladan yoki 10 flakondan ortiq emas;
  • tashqi dorilar uchun - 200 millilitrdan yoki 200 grammdan ortiq emas. 

Dori vositalari va tibbiy buyumlar ishlab chiqaruvchining o‘ramida bo‘lishi kerak.

O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish taqiqlanadi:

  1. narkotik vositalar, psixotrop moddalar va prekursorlar (qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno);
  2. davlat va jamiyat tizimiga putur yetkazishga, hududiy yaxlitlikni, siyosiy mustaqillik va davlat suverenitetini buzishga, urushni, terrorizmni, zo‘ravonlikni, millatchilik va diniy adovatni, irqchilik va uning turlarini (antisemitizm, fashizm) targ‘ib qilishga qaratilgan matbuot asarlari, qo‘lyozmalar, klishelar, rasmlar, fotosuratlar, fotoplyonkalar, negativlar, kino, video va audio mahsulotlar, gramplastinkalar, ovozli yozuvlar, shuningdek, pornografik mazmundagi materiallar;
  3. portativ lazer nurlatgichlar;
  4. portlovchi moddalar va portlatish vositalari;
  5. uchuvchisiz uchish apparatlari.     

O‘zbekiston Respublikasi hududiga qurol-yarog‘, o‘q-dorilar; hayvonot va o‘simlik dunyosi obyektlari; radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalar; madaniy boyliklarni (rasmlar, haykaltaroshlik asarlari, an’anaviy xalq badiiy hunarmandchiligi buyumlari va boshqalarni) olib kirishga vakolatli organlarning tegishli ruxsatnomalari mavjud bo‘lgan taqdirda va yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ularni ko‘rsatish sharti bilan ruxsat beriladi.

Naqd chet el valyutasini O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqishga ruxsat beriladi:

  1. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashash joyiga ega bo‘lgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga:
  • ruxsatnomasiz 2000 (ikki ming) AQSh dollari ekvivalenti doirasidagi miqdorda;
  • 2000 (ikki ming) AQSh dollari ekvivalenti miqdoridan ortiq bo‘lgan summa - O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki yoki vakolatli banklarning ruxsati bilan;
  • 5000 (besh ming) AQSh dollari ekvivalenti miqdoridan ortiq summa - O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining ruxsati bilan;
  1. boshqa chet el fuqarolariga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashash joyiga ega bo‘lmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga - yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasiga muvofiq respublikaga olib kirilgan summa doirasida. O‘zbekiston Respublikasiga kirishda bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilgan summalardan ortiqcha naqd chet el valyutasini olib chiqishga Markaziy bank yoki vakolatli banklarning ruxsati bilan yo‘l qo‘yiladi.

 O‘zbekiston Respublikasi hududidan quyidagilarni olib chiqish taqiqlanadi:

a) giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar (qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno);

b) don (bug‘doy, suli, arpa, guruch, makkajo‘xori, grechka); non-bulka mahsulotlari (unli qandolatchilik mahsulotlari, piroglar, uyda pishirilganidan tashqari); un, yorma; uy hayvonlari, parranda, go‘sht va oziq-ovqat go‘shti submahsulotlari, uy parrandasidan tayyorlangan submahsulotlar; shakar; o‘simlik yog‘lari; teri xomashyosi (shuningdek nostandart charm), po‘stin-mo‘yna xomashyosi, shu jumladan qorako‘l teri xomashyosi (shuningdek nostandart charm); temir-tersak, rangli metallar chiqindilari; chuvish imkoniyati mavjud bo‘lganda ipak pillalari, ipak xomashyosi (pishitilmagan), ipak chiqindilari (shu jumladan chuvish imkoniyati bo‘lmagan pillalar, ipak iplari chiqindilari va yumshagan chiqindilar); polietilentereftalat (PET) braki, qiyqimlari va skraplari (chiqindilari), shuningdek, qonun hujjatlarida belgilangan ro‘yxatga muvofiq respublikadan olib chiqishga ruxsat etilmagan biologik obyektlar.

Qurol-yarog‘, o‘q-dorilar; hayvonot va o‘simlik dunyosi obyektlari; radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalar; madaniy boyliklarni (suratlar, haykaltaroshlik asarlari, an’anaviy xalq badiiy hunarmandchiligi buyumlari va boshqalarni) O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqishga vakolatli organlarning tegishli ruxsatnomalari mavjud bo‘lgan taqdirda va yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ularni ko‘rsatishi sharti bilan ruxsat beriladi.

Turli nomdagi 10 tagacha dori vositalarini va ularning har biridan 5 o‘ramdan ko‘p bo‘lmagan dori vositalarini; 5 tadan ko‘p bo‘lmagan tibbiy buyumlarni olib chiqishga ruxsat etiladi.

Bunda bitta o‘ramda quyidagilar bo‘lishi kerak:

  • qattiq (tabletkalar, drajelar, granulalar, kukunlar, kapsulalar) dori shakllari uchun - 100 birlikdan ortiq emas;
  • eritma tayyorlash uchun qo‘llaniladigan kukunlar uchun - 500 grammdan ortiq emas;
  • granula shakldagi gomeopatik dori vositalari uchun - 50 grammdan ortiq emas;
  • infuzion eritmalar va oral (og‘iz orqali) qo‘llaniladigan eritmalar uchun - 500 millilitrdan ortiq emas;
  • in’ektsiyalar uchun eritmalar - 10 ampuladan yoki 10 flakondan ortiq emas;
  • tashqi dorilar uchun - 200 millilitrdan yoki 200 grammdan ortiq emas.

Dori vositalari va tibbiy buyumlar ishlab chiqaruvchining o‘ramida bo‘lishi kerak.

AI Assistant
Need help?