Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Sevara Nazarxon – Uzbekistan Airways’ning yuzi

2022 3 Avgust
650
Ulashing

SNBu yil Uzbekistan Airways o‘z faoliyatinining 30 yilligini nishonlamoqda. Bu kichik sana emas albatta. Aviakompaniya o‘tgan yillar davomida o‘zini O‘zbekiston transport tizimining lokomotivi sifatida namoyon qildi. Ilgari Uzbekistan Airways o‘z qadriyatlarini jamoatchilik oldida qo‘llab-quvvatlovchi hamda to‘g‘ri namoyon etuvchi san’atkor bilan hamkorlik olib bormagan. So‘nggi yillarda aviatsiya sohasida ko‘p o‘zgarishlar sodir bo‘ldi va mamlakatning asosiy aviatashuvchisi yangi rivojlanish yo‘lini tanladi.

Aviakompaniya faoliyatining barcha jabhalarida o‘zgarishlar kuzatilmoqda,  va nihoyat aviakompaniya yuzi tanlandi, endi u – mashhur xonanda Sevara Nazarxon. Aviakompaniya vakillari Sevaraning ijodini yaqindan tanishadi, hurmat qilishadi. Shuni ta’kidlab o‘tish joizki, Sevara nafaqat yurtimizda, balki xorijda ham tanilgan.

– Uzbekistan Airways havo kemalari sahnida men har doim o‘zgacha iliqlikni va qulaylikni his qilaman. Bu tuyg‘u inson o‘z uyidan yiroqda bo‘lganida juda ahamiyatli. Hamkorlik qilish taklifi menga yaxshi g‘oya bo‘lib tuyildi, shu bilan birga men zimmamga qanday ma’suliyat yuklanayotganini yaxshi tushunaman”, – deydi Sevara Nazarxon.

Хonandaning ta’kidlashicha, u har qanday ishga katta mas’uliyat bilan yondashadi, o‘zini “jangchi” deb hisoblaydi va uning uchun shunchaki ishtirok etish emas, balki yakuniy natija muhim. Ushbu g‘oya noyob bo‘lib, Uzbekistan Airways aviakompaniyasi nufuziga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.  

– Men ko‘p sayohat qilaman va men uchun parvoz davomida xavfsizlik juda muhim. Ko‘p aviakompaniyalarning xizmatlaridan foydalanaman, ularning ichida men yaxshi ko‘rganlarim ham bor, shu sababli taqqoslash imkoniga egaman. Hozirgi kunda hech mubolag‘asiz ayta olamanki, Uzbekistan Airways’ning yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish darajasi sezilarli darajada o‘sdi. Kompaniyada ishga professional yondashuv seziladi. Yo‘lovchilar uchun qulaylik ta’minlanishiga ishonch hosil qilish uchun odatda men ham “ekonom- klass”da parvoz qilaman. Men ushbu hamkorlik tez orada o‘z mahsulini berishiga umid qilaman. Ishonamanki, bularning barchasi albatta amalga oshadi va harakatlarimiz zoye ketmaydi”, – deydi Sevara.

Aviakompaniya Sevara Nazarxon va uning ijodiy jamoasi ushbu hamkorlik doirasida aviatashuvchi xizmatlari haqida jamoatchilikni xabardor qilishiga, yangi ochiqlik siyosati hamda kutilayotgan o‘zgarishlar borasida yo‘lovchilarga uzluksiz ma’lumot yetkazishiga ishonadi.

 

Suriya MAGDEYEVA

PDF-ni yuklab oling