Şuni ma'lum qilamizki, faqatgina 2026-yil 11-noyabr kuni aviakompaniyaning barça muntazam qatnovlarida (şu jumladan, respublika içidagi), qayerdaki HY qatnov operatori bölsa, ekonom va biznes-klass xizmat körsatişning e'lon qilingan individual tariflariga 11% gaça çegirma taqdim etiladi;
Aksiya böyiça batafsil ma'lumot:
- Aksiya ötkaziliş davri – 2026-yil 11-noyabr;
- Taşiş davri – çeklanmagan (taşişning amal qiliş muddati qöllaniladigan tarif qoidalari bilan belgilanadi, aviaçiptalarni rasmiylaştiriş e'lon qilingan jadval miqyosida ruxsat etiladi);
- Çegirma ekonom va biznes-klassning barça e'lon qilingan individual tariflari uçun, şuningdek, faqat aviakompaniyaning özining muntazam qatnovlarida, şu jumladan past budjetli (loukoster) qatnovlarida ulanma qatnovlar uçun ekonom va biznes-klass tariflariga ruxsat etiladi (qayerdaki HY qatnov operatori bölsa).
- Taqdim etiladigan çegirma miqdori:
- kattalar uçun – ekonom va biznes-klass tariflaridan 11% gaça;
- 2 yoşdan 12 yoşgaça bölgan bolalar va salonda joy egallaydigan 2 yoşgaça bölgan bolalar uçun – bolalar çegirmasini qöllagan holda tegişli xizmat körsatiş klassining e'lon qilingan tarifidan 11%;
- 2 yoşgaça bölgan va salonda joy egallamaydigan bolalar uçun uşbu çegirma amal qilmaydi;
- Aviaçiptani qaytariş/qayta band qiliş/qayta rasmiylaştiriş holatlarida tarifga taqdim etilgan çegirma qaytariş/qayta rasmiylaştiriş/NO-SHOW uçun olinadigan yiğimlarga nisbatan qöllanilmaydi, bolalar uçun – örnatilgan tartibda (25% çegirma qöllanilgan holda) undiriladi. Qisman foydalanilgan aviaçiptani qaytariş summasini hisoblaş uçun foydalanilgan qismdagi tarif taqdim etilgan çegirmasiz çegirib taşlanadi;
- Çegirma qöllanilgan holda rasmiylaştirilgan, butunlay foydalanilmagan aviaçiptalarni qayta rasmiylaştiriş/qayta band qiliş holatlarida çegirmalar qöllanilmagan holda töliq tarif darajasigaça qöşimça tölov amalga oşirilişi lozim. Bundan töplangan ballar hisobiga xizmat körsatiş klassini "Z" klassigaça oşiriş, şuningdek, Change Name Policy texnologiyasi doirasida yölovçining ismi, familiyasi va pasport ma'lumotlariga özgartirişlar kiritiş böyiça aviaçiptalarni qayta rasmiylaştiriş mustasno;
- Oldin rasmiylaştirilgan (şu jumladan, avval ötkazilgan aksiyalar böyiça) aviaçiptalarni 11.11.2026-yilda qayta rasmiylaştiriş/qayta band qiliş holatlarida tarifga nisbatan çegirma qöllanilmaydi;
- Çegirma qöllanilgan holda rasmiylaştirilgan qisman foydalanilgan aviaçiptalarni qayta rasmiylaştiriş/qayta band qiliş holatlarida qayta hisob-kitob aviaçipta rasmiylaştirilgan sanaga (ya'ni çegirma qöllanilgan holda) amalga oşiriladi;
- Çegirma qöllanilgan holda sotiş aviakompaniya saytida, Özbekiston Respublikasi hududida ("Uzbekistan Airways Sales" filialida va uning agentlari tomonidan), şuningdek, çet elda faqat öz savdo tarmoği uçun yölovçilarning fuqaroligidan qat'i nazar ruxsat etiladi. BSP/ARC/TKP agentlariga tatbiq etilmaydi;
- Çegirmalarni birlaştiriş taqiqlanadi, bolalar çegirmasidan taşqari;
- Çegirma HY marketing taşuvçisi bölgan CodeShare qatnovlarida, tijorat kelişuvlari (SPA) doirasida e'lon qilingan tariflar uçun, "Uzbekistan Helicopters" MÇJ (HY1001-1100) va "Silk Avia" qatnovlarida, joylar blokini taqdim etiş böyiça şartnomalar doirasida, şuningdek, guruh bandlovlari uçun qöllanilmaydi.
Uzbekistan Airways bilan har qanday samo kengliklarida özingizni uydagidek his qilasiz!
Barcha yangiliklar