2026-yil 26-noyabr kuni “Uzbekistan Airways” AJ bazasida «Laboratory of the Centre of Excellence» loyihasi doirasida “Korporativ xavflarni boşqariş tizimida ESG-xavflar” mavzusidagi birinçi amaliy seminar bölib ötdi. Tadbir Özbekiston Respublikasi İqtisodiyot va moliya vazirligi hamda “UzAssets” AJ tomonidan taşkil etilgan bölib, Osiyo taraqqiyot banki kömagida amalga oşirilmoqda.


Maydonça PwC xalqaro ekspertlarini, şuningdek, Özbekistonning yirik davlat kompaniyalarining xavflarni boşqariş (risk-menejment), moliya va barqaror rivojlaniş yönalişlariga mas’ul rahbarlari hamda ixtisoslaşgan mutaxassislarini birlaştirdi. Uçraşuvning asosiy xususiyati uning amaliy yönaltirilganligi böldi – iş jarayoni korxonalarning real işlab çiqariş va boşqaruv keyslari asosida interaktiv formatda taşkil etildi.


Dastur diqqat markazida ekologik, ijtimoiy va boşqaruv omillarini, jumladan, iqlim xavflarini korporativ boşqaruv tizimiga integratsiya qiliş böyiça kompetensiyalarni rivojlantiriş masalasi turdi. Xalqaro uslubiyot va vositalarni muayyan biznes-jarayonlarga tatbiq etgan holda, iştirokçilar ESG-xavflar bilan işlaşning töliq siklini bosib ötdilar: ularni aniqlash va kompaniya faoliyatiga ta’sirini kompleks baholaşdan tortib, xavflar reyestrini şakllantiriş, munosabat bildiriş strategiyalari hamda monitoring mexanizmlarini işlab çiqişgaça.

Uçraşuvga oçiq tarmoqlararo muloqot alohida qiymat bağışladi: mamlakatning eng yirik davlat korxonalari rahbarlari va ixtisoslaşgan mutaxassislari umumiy muammolarga turli rakurslardan nazar taşlaş, tarmoq xususiyatlarini taqqoslaş va samarali boşqaruv yecimlarini birgalikda modellaştiriş imkoniga ega böldilar. PwC xalqaro ekspertlarining uslubiy kömagida kompaniyalar jamoalari dolzarb global vositalarni körib çiqiş bilan çegaralanib qolmay, ularni milliy biznesning amaliy vazifalariga moslaştirib, gorizontal kasbiy aloqalarni mustahkamladilar.

Ixtisoslaşgan idoralar, xalqaro taraqqiyot institutlari va respublikaning yirik kompaniyalari sa’y-harakatlarining birlaşuvi butun korporativ sektorning sifat jihatidan ösişi uçun yangi imkoniyatlar oçadi. Bunday amaliy sessiyalarda iştirok etiş boşqaruv jamoalariga global çağiriqlarga öz vaqtida munosabat bildiriş, operatsion jarayonlar şaffofligini oşiriş va mas’uliyatli biznes yuritish tamoyillarini izçil joriy etişda yordam beradi.

Uzbekistan Airways bazasida bunday taşabbuslarning amalga oşirilişi barqaror rivojlaniş tamoyillariga va korporativ boşqaruv böyiça ilğor jahon standartlarini joriy etişga bölgan tizimli sodiqligimizni aks ettiradi. Uçraşuv yakunlariga köra, iştirokçilar amaliy format samaradorligini yuqori baholab, uning tajriba almaşiş va mamlakat davlat sektoridagi jamoalarning kasbiy mahoratini oşirişga qöşgan salmoqli hissasini alohida ta’kidladilar.
Barcha yangiliklar