Uzbekistan Airways yanada aniqroq tijorat qarorlarini qabul qilişga va ösib borayotgan yönalişlar tarmoğini samaraliroq böşqarişga yordam beradigan raqamli vositalarni rivojlantirişda davom etmoqda.
Aviakompaniya aviatsiya bozoridagi tariflarni monitoring va tahlil qiliş uçun "RateGain" xalqaro texnologik kompaniyasining AirGain platformasini tanladi. Uşbu yeçim Daromadlarni böşqariş departamentiga turli yönalişlarda taşiş narxlari özgarişini real vaqt rejimida kuzatiş, takliflarni tahlil qiliş va bozordagi özgarişlarga tezkorlik bilan munosabat bildiriş imkonini beradi.
Bugungi kunda Uzbekistan Airways yönalişlar tarmoği Özbekistonni Yevropa, Osiyo, Yaqin Şarq va Şimoliy Amerika şaharlari bilan boğlovçi 100 dan ortiq yönalişlarni qamrab oladi. Parvozlar geografiyasi rivojlanişi va flotning kengayişi bilan birga tarif siyosatini şakllantirişda hisobga olinişi lozim bölgan ma’lumotlar hajmi ham ösib bormoqda.
AirGain turli manbalardagi — aviakompaniyalar saytlari, onlayn-agentliklar, meta-qidiruv servislar va global band qiliş tizimlaridagi ma’lumotlarni birlaştiradi. Şunga köra Uzbekistan Airways mutaxassislari bozordagi vaziyat haqida töliqroq tasavvurga ega bölişlari va bu ma’lumotlardan tarif siyosati böyiça kundalik işlarida foydalanişlari mumkin böladi. Platforma, şuningdek, bozordagi özgarişlarni tezroq aniqlaş, raqobat muhitini tahlil qiliş va mutaxassislarga qölda bajariladigan yuklamani oşirmagan holda katta hajmdagi ma’lumotlar bilan işlaşga yordam beradigan sun’iy intellektga asoslangan vositalardan foydalanadi.
Böşqaruv raisining tijorat va turizm böyiça örinbosari Şuxrat Yadgarov şunday ta’kidladi: «Özbekistonda aviaqatnovlarga bölgan talab bugungi kunda har qaçongidan ham yuqori va biz bu talabni qondiriş uçun flot hamda yönalişlar tarmoğini rivojlantirişga sarmoya kiritmoqdamiz. Ösişimiz bilan birga narx belgilaş sohasidagi har bir qaror tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. "AirGain" aviakompaniyaga qatnovlar amalga oşiriladigan har bir yönaliş böyiça real vaqt rejimida bozordagi vaziyat haqida aniq tasavvurni taqdim etadi. Bu bizga talab va taklif dinamikasiga tezkor munosabat bildiriş hamda yangi yönalişlarda tariflar setkasini yanada samarali şakllantiriş imkonini beradi. Ösib borayotgan milliy aviataşuvçiga aynan şunday imkoniyatlar zarur».
RateGainning aviatsiya yönalişi böyiça katta vitse-prezidenti va boş menejeri Vinay Varma şunday dedi: «Markaziy Osiyo Yevropa, Yaqin Şarq va Osiyo örtasida boğlovçi halqa sifatidagi öz rolini mustahkamlamoqda va bunda Toşkent muhim rol öynamoqda. "Uzbekistan Airways"ning flotni rivojlantirişga kiritayotgan sarmoyalari va hamkorliklarni kengaytirişi aviakompaniyaning xalqaro ösişga bölgan aniq intilişini aks ettiradi. "AirGain" aviakompaniyalar tariflari va bozordagi özgarişlar haqida yanada aniqroq tasavvur taqdim etib, ularga asosliroq tijorat qarorlarini tezroq qabul qilişda yordam beradi. Biz "Uzbekistan Airways" bilan uning yönalişlar tarmoği kengayayotgan va xalqaro mövqeyi mustahkamlanayotgan bir davrda hamkorlik qilayotganimizdan faxrlanamiz».
RateGain bilan hamkorlik Uzbekistan Airways texnologik infratuzilmasini rivojlantirişda yana bir qadam bölmoqda. Aviakompaniya uçun bu nafaqat yangi raqamli vositani joriy etiş, balki xalqaro yönalişlar tarmoği kengayişi fonida tijorat jarayonlari samaradorligini oşiriş böyiça yanada keng kölamli işlarning bir qismidir.
Uzbekistan Airways yanada aniqroq qarorlar qabul qiliş, iş samaradorligini oşiriş hamda Özbekiston aviatsiya bozorining ösib borayotgan imkoniyatlari bilan birgalikda aviakompaniyani izçil rivojlantiriş imkonini beruvçi zamonaviy yeçimlarni joriy etişda davom etadi.
Barcha yangiliklar