We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

Font-size
Interface size

Enable a screen reader

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Character spacing
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Line spacing

Uzbekistan Airways 11.11 aksiyasini e’lon qilmoqda

Share on social media

Sayohatni rejalashtirishni ayni payti! 11-noyabrdan 18-noyabrgacha iqtisodiy klassdagi parvozlar uchun chiptalarni tarifdan 20% gacha chegirma bilan xarid qilishingiz mumkin. Aksiya O‘zbekistondan amalga oshiriladigan barcha yo‘nalishlarga, shu jumladan borish va qaytish aviaqatnovlariga ham taalluqli. Yo‘lovchi tashish tarifiga qo‘shimcha ravishda chegirma qo‘llanilmaydigan soliqlar, yig‘imlar va qo‘shimcha to‘lovlar qo‘shiladi.

 

1. Aksiya 2025-yil 11–18-noyabr kunlari o‘tkaziladi;

2. Yo‘nalish – O‘zbekistondan (shu jumladan mahalliy aviaqatnovlar) dastlabki uchishi bo‘lgan muntazam aviaqatnovlarda Uzbekistan Airways aviaqatnov operatori xisoblanadigan parvozlar. 

3. Iqtisodiy klass tariflaridan beriladigan chegirma miqdori:

- kattalar uchun – tarifning 20% gacha;

- salonda joy egallagan 2 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar va 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun – bolalar chegirmasi qo‘llanilgan holda e’lon qilingan tarifning 20% gacha;

- 2 yoshgacha bo‘lgan va salonda joy egallamaydigan bolalar uchun ushbu chegirma tatbiq etilmaydi;

4. Qaytarish/qayta bronlash/qayta rasmiylashtirishda tarifga taqdim etilgan chegirma qaytarish/qayta rasmiylashtirish/NO-SHOW uchun undiriladigan yig‘imlarga nisbatan qo‘llanilmaydi, bolalar uchun – belgilangan tartibda (25% chegirma qo‘llanilgan holda) undiriladi. Qisman foydalanilgan aviachiptani qaytarish summasini hisoblash uchun bayram chegirmasi qo‘llanilmagan holda foydalanilgan aviaqatnov qismidagi tarif chegirib tashlanadi;

5. Chegirma bilan to‘liq foydalanilmagan aviachiptalar qayta rasmiylashtirilgan/qayta bron qilingan taqdirda, chegirmalarsiz tarifning to‘liq darajasiga qo‘shish zarur. Yo‘lovchining ismi, familiyasi va pasport ma’lumotlariga o‘zgartirishlar kiritish texnologiyasi doirasida aviachiptalarni qayta rasmiylashtirishda, shuningdek, to‘plangan ballar uchun xizmat ko‘rsatish sinfini Z gacha oshirish istisno hisoblanadi.

6. Ilgari sotib olingan aviachiptalar 2025-yil 11-18 noyabr kunlarida qayta rasmiylashtirilgan/qayta bron qilingan taqdirda, tarifga chegirma qo‘llanilmaydi;

7. Chegirma qo‘llanilgan holda qisman foydalanilgan aviachiptalar qayta rasmiylashtirilgan/qayta bron qilingan taqdirda qayta hisob-kitob aviachipta rasmiylashtirilgan sanada (ya’ni chegirma qo‘llanilgan holda) amalga oshiriladi;

8. Ilgari taqdim etilgan promo-kodlar va chegirmalar bo‘yicha 01.10.2025/yilda rasmiylashtirilgan aviachiptalar 2025-yil 11-18-noyabr kunlari qayta rasmiylashtirilgan taqdirda, chegirma qo‘llanilmaydi, to‘liq tarifgacha qo‘shimcha to‘lov amalga oshirilishi kerak.

9. Chegirma bilan aviakompaniya veb-saytida (UZS/USD/RUB uchun), O‘zbekiston Respublikasi hududida ("Uzbekistan airways sales" filiali va uning agentlari tomonidan), shuningdek, xorijda faqat o‘z savdo tarmog‘i uchun (faqat to‘g‘ridan-to‘g‘ri agentlik shartnomalari bo‘yicha HY bilan ishlaydigan agentlar, 25021...) yo‘lovchilarning fuqaroligidan qat’i nazar, sotishga ruxsat beriladi. BSP agentlariga tatbiq etilmaydi. Saytdagi sotuvlar avtomatik rejimda, agentlar tomonidan - qo‘lda amalga oshiriladi, kattalar va 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun 20% gacha chegirma qo‘llaniladi (belgilangan CH25% chegirmaga qo‘shimcha ravishda);

10. Tashuvlar davri – cheklanmagan (tashuvlarning amal qilish muddati qo‘llaniladigan tarif qoidalari bilan belgilanadi, aviachiptalarni e’lon qilingan jadvalga muvofiq rasmiylashtirishga ruxsat beriladi);

11. Chegirmalarni birlashtirish taqiqlanadi, bolalarnikidan tashqari;

12. Chegirma O‘zbekistondan dastlabki parvoz bilan, shu jumladan past byudjetli aviaqatnovlar bilan, HY (25021...) aviakompaniyaning o‘zining aviaqatnovlarida e’lon qilingan barcha individual iqtisodiy xizmat tariflari uchun ruxsat etiladi. CodeShare aviaqatnovlarida va tijorat shartnomalari (SPA) doirasida e’lon qilingan tariflar uchun qo‘llanilmaydi;

13. Chegirma joylar blokini taqdim etish bo‘yicha shartnomalar doirasida, shuningdek, guruhli bron qilish va A3PAX/A4PAX tarifiga rasmiylashtiriladigan aviachiptalarga tatbiq etilmaydi;

14. Chegirma Uzbekistan Helicopters/Silkavia aviaqatnovlariga tatbiq etilmaydi;

15. Chegirma aviakompaniyaning Toshkentdan Moskvaga va Toshkent/Buxoro/Samarqand/Urganchdan Sankt-Peterburgga dastlabki parvozi bilan muntazam qatnovlariga tatbiq etilmaydi, ularda 2025-yil 12-noyabrgacha mos ravishda 40% va 30% gacha chegirma taqdim etiladi (2025-yil 13-noyabrdan 18-noyabrgacha ekonom-klass tariflaridan 20% gacha chegirma amal qiladi), shuningdek, dastlabki parvozi Andijondan Novosibirskka bo‘lgan aviaqatnovlarda P/R tariflari uchun 65% gacha chegirma saqlanib qoladi (qolgan tarif turlari uchun 20% gacha amal qiladi). 

 

Chegirmali aviachiptalarni Uzbekistan Airways Sales filialida, aviakompaniyaning O‘zbekiston hududidagi agentlarida, shuningdek, www.uzairways.com saytida xarid qilishingiz mumkin. 

Download PDF
AI Assistant
Need help?