
Bir nechta parvoz qismlari uchun qaytariladigan va qaytarilmaydigan tariflar bo‘yicha rasmiylashtirilgan aviachiptalarga ega yo‘lovchilarga mahalliy yo‘nalishlarda xizmat ko‘rsatish qoidalaridagi o‘zgarishlar
Umumiy qoidalarga ko‘ra, tashish shartnomasini bajarishda aviachipta yo‘lovchi tomonidan chiptada ko‘rsatilgan yo‘nalish ketma-ketligiga muvofiq, jo‘nash punktidan boshlab foydalanilishi kerak.
Yo‘lovchilar ushbu qoidani buzganlarida — parvozning biror qismini o‘tkazib yuborib, ro‘yxatdan o‘tishga faqat keyingi qism uchun kelganlarida, bu bandni qayta tiklash, chiptani qayta rasmiylashtirish yoki qaytarishni talab qiladigan muammolarga olib keladi. Bunday hollarda aviakompaniya odatda yo‘nalishning barcha keyingi qismlari uchun band qilingan o‘rinlarni (bronni) yo‘lovchini ogohlantirmasdan bekor qiladi.
2026-yil yanvar oyidan boshlab aviakompaniya ichki yo‘nalishlardagi reyslar uchun yangi qoidalarni joriy etadi. Bu qoidalar parvozning birinchi qismiga kelmagan, ammo keyingi qismlarda o‘z o‘rnidan foydalanishni xohlagan yo‘lovchilarga tegishli.
Faqat O‘zbekiston Respublikasi ichidagi mahalliy yo‘nalishlar uchun aviakompaniya yo‘lovchi kelmagan (foydalanilmagan) qismdan keyingi barcha parvoz qismlari uchun bronni bekor qilmaydi. Yo‘lovchi aviachiptada ko‘rsatilgan va u uchun joy band qilingan keyingi parvoz qismlaridan foydalanishi mumkin. Shu bilan birga, agar yo‘lovchi foydalanilmagan parvoz qismlari uchun to‘langan mablag‘ni qaytarishni yoki chiptani qayta rasmiylashtirishni xohlasa, to‘langan tarif turidan qat’i nazar:
• Qaytarish faqat foydalanilmagan yo‘nalish qismlari uchun aeroport yig‘imlari miqdorida amalga oshiriladi.
• Foydalanilmagan parvoz kuponlari qayta rasmiylashtirish uchun qabul qilinmaydi.
Xalqaro yo‘nalishlar uchun aviakompaniya amaldagi standart qoidalarni saqlab qoladi: yo‘lovchi yo‘nalishning birinchi qismiga kelmagan taqdirda, barcha keyingi qismlar uchun bron yo‘lovchini ogohlantirmasdan bekor qilinadi. Bunday yo‘lovchining chiptasi, uning murojaatiga ko‘ra, dastlabki chipta sotib olingan tarif qoidalariga muvofiq, ixtiyoriy qaytarish/qayta rasmiylashtirish shartlari asosida qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.
Hurmatli yo‘lovchilar!
Eslatib o‘tamiz, 2017-yil 16-avgustdagi PF-5156-son farmonning 3-bandiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining amaldagi biometrik pasporti ("yashil pasport") O‘zbekistondan chiqib ketish uchun faqat 2021-yil 1-yanvargacha amal qiladi. Yuqoridagi sanadan boshlab mamlakatdan chiqish faqat yangi turdagi xorijga chiqish biometrik pasport ("qizil pasport") bilan amalga oshiriladi.
Biroq, siz "yashil pasport" bilan uning amal qilish muddati tugagunga qadar O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilishingiz hamda O‘zbekiston hududiga kirishingiz mumkin.
Mahalliy qatnovlardagi parvozlar uchun hujjatlar
Yoʻlovchilarni roʻyxatdan oʻtkazish va bagajni rasmiylashtirish aeroportlardagi roʻyxatdan oʻtkazish ustunchalarida yoki tashuvchi tomonidan koʻrsatilgan boshqa joyda amalga oshiriladi va
- Boeing-757/767/787, A320 samolyotlarida roʻyxatdan oʻtkazish qatnov joʻnashidan 3 soat avval boshlanadi
Hurmatli yoʻlovchilar!
Shuni ma’lum qilamizki, 2018-yilning 1-aprelidan boshlab “Uzbekistan airways” AJning Sankt-Peterburgdan qatnovlariga roʻyxatdan oʻtish vaqti qatnov joʻnashidan 3 soatu 30 daqiqa oldin boshlanadi va qatnov joʻnashiga 1 soat qolganda roʻyxatdan oʻtish tugatiladi.
Blagoveshensk shahri aeroportidan aviachiptada ko‘rsatilgan jo‘nash vaqtidan 5 soat oldin.
Samolyot sahniga oʻtqazish qatnov joʻnashidan 1 soat oldin boshlanadi va uchib ketishdan 20 daqiqa oldin tugatiladi.
Xalqaro qatnovlarda chiptani roʻyxatdan oʻtkazish va bagajni rasmiylashtirish aviachiptada koʻrsatilgan joʻnash vaqtidan 40 daqiqa oldin tugatiladi.
Xorijiy aeroportlarda roʻyxatdan oʻtkazish qatnov joʻnashidan 40 daqiqa oldin tugatiladi. Quyidagi shaharlar aeroportlari bundan mustasno: Toshkent, Ankara, Moskva (Vnukovo), Myunxen, Dehli, Kuala-Lumpur, London (Heatrow va Gatwick), Milan, Nyu-York, Rim, Seul, Istanbul, Tel-Aviv, Frankfurt, Sharja, Dubay, Bangkok, Pekin, Nyachang aeroportlaridan uchib ketadigan MAK qatnovlarida yoʻlovchilarni roʻyxatdan oʻtkazish va bagajni rasmiylashtirish qatnov joʻnashidan 1 soat oldin.
Blagoveshensk shahri aeroportidan aviachiptada ko‘rsatilgan jo‘nash vaqtidan 2 soat oldin.
Milliy aviakompaniyaning ichki qatnovlarida aviabiletlarni ro‘yxatga olish va bagajni rasmiylashtirish:
- O‘zbekiston Respublikasining barcha aeroportlarida – aviabiletda ko‘rsatilgan jo‘nab ketish vaqtidan 30 daqiqa oldin tugaydi.
Roʻyxatdan oʻtish tugatilgandan soʻng yetib kelgan yoʻlovchi qatnovga qoʻyilmaydi.
Chiptada ko‘rsatilgan uchish vaqtidan 1 soat oldin tugatiladigan ro‘yxatdan o‘tish vaqtiga kechikib kelgan yo‘lovchi mazkur qatnovda tashuvga qo‘yilmaydi.
Havo kemasida tashish taqiqlangan xavfli moddalar va buyumlar ro'yxati
Bagaj tashuvlari bo‘yicha chеklovlar