O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining ayrim davlatlarga kirishlari uchun qo‘yiladigan maxsus talablar
Xitoyga kirishni rad etish holatlarining oldini olish uchun quyidagilarga ishonch hosil qiling.
Eslatib o‘tamiz, parvozdan oldin barcha xorijiy fuqarolar uchun majburiy talab bo‘lgan “China Electronic Arrival Card” (elektron kelish kartasi)ni to‘ldirishingiz zarur.
Buni parvozdan 24–72 soat avval https://s.nia.gov.cn/ArrivalCardFillingPhone/ saytida amalga oshirish mumkin. Kartani to‘ldirgach, sizga QR-kod taqdim etiladi. Uni saqlab qo‘ying va XXR aeroportiga yetib borganingizda taqdim eting.
Vyetnamga parvoz qilishni rejalashtirayotgan yo‘lovchilar uchun ma’lumotlar.
2026-yil 18-iyundagi 1165/TB-CR-sonli xabarnomaga muvofiq, 2026-yil 22-iyundan boshlab (HY561/23JUN reysidan e’tiboran) Vyetnam Sotsialistik Respublikasi hududiga kirib kelayotgan barcha yo‘lovchilar chegara nazoratidan o‘tishdan oldin onlayn immigratsiya ro‘yxatdan o‘tish shaklini rasmiylashtirishlari va to‘ldirishlari talab etiladi. Ushbu shaklni Vyetnamning xalqaro aeroportlari orqali davlat chegarasini kesib o‘tishdan kamida 72 soat oldin rasmiylashtirish kerak.
Onlayn platformaga kirish havolasi:
https://prearrival.immigration.gov.vnAQSHGA YO‘L OLAYOTGAN YO‘LOVCHILAR UCHUN MUHIM MA’LUMOT
Ebola virusining Amerika Qo‘shma Shtatlariga kirib kelishi xavfini kamaytirish maqsadida AQSh Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazlari (CDC) yaqinda Kongo Demokratik Respublikasida (KDR) bo‘lgan barcha sayohatchilarning AQShga kirishini vaqtincha cheklamoqda.
Parvoz sanasidan oldingi 21 kun davomida KDRda bo‘lgan barcha sayohatchilar AQShga yo‘l oluvchi reyslarga qo‘yilmaydi. Ushbu cheklov xorijiy fuqarolarga, AQSh fuqarolariga, shuningdek AQSh fuqarosi bo‘lmagan, biroq Amerika milliy maqomiga ega shaxslarga nisbatan ham tatbiq etiladi.
KDRda bo‘lgan barcha sayohatchilar, shu jumladan AQSh fuqarolari va Amerika milliy maqomiga ega shaxslar, AQShga kirishga urinishdan oldin KDR hududidan tashqarida 21 kun davomida bo‘lishni rejalashtirishlari kerak. Bu talab, shuningdek, KDRda oraliq to‘xtashni amalga oshirgan yoki KDR orqali bir nechta to‘xtash joylarini o‘z ichiga olgan yo‘nalish bo‘yicha safar qilgan barcha yo‘lovchilarga, ular samolyotdan tushgan yoki bortda qolganidan qat’i nazar, tatbiq etiladi.
So‘nggi 21 kun davomida Ugandada yoki Janubiy Sudanda bo‘lgan (ammo KDRda bo‘lmagan) va havo transporti orqali AQShga safar qilayotgan AQSh fuqarolari AQShga belgilangan aeroportlardan biri orqali kirishlari kerak. Hozirgi vaqtda ular quyidagilar:
- Vashington Dalles xalqaro aeroporti (IAD);
- Xartsfild–Jekson Atlanta xalqaro aeroporti (ATL);
- Nyu-Yorkdagi Jon F. Kennedi xalqaro aeroporti (JFK).
- Xyustondagi Jorj Bush xalqaro aeroporti (IAH) 2026-yil 31-avgustdan boshlab belgilangan aeroport hisoblanmaydi.
Xorijiy fuqarolarga, shu jumladan AQShda qonuniy doimiy yashovchi shaxslarga (grin-karta egalari) va ularning oila a’zolariga, ular Uganda yoki Janubiy Sudan hududidan tashqarida kamida 21 kun bo‘lmagunlariga qadar AQShga kirish yoki AQShga yo‘l oluvchi reyslarga chiqishga ruxsat berilmaydi.
Safar rejalarini o‘zgartirish, uchinchi davlatda vaqtincha yashashni tashkil etish yoki boshqa konsullik xizmatlarini olish uchun moliyaviy yoki boshqa yordamga muhtoj bo‘lgan AQSh fuqarolari AQShning eng yaqin elchixonasi yoki konsulligiga murojaat qilishlari kerak. Favqulodda vaziyatlarda va ish vaqtidan tashqari paytlarda AQSh Davlat departamentining Konsullik masalalari bo‘yicha xizmatiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilish lozim:
- +1 202-501-4444 — xorijdan qo‘ng‘iroq qilish uchun;
- +1-888-407-4747 — AQSh/Kanadadan qo‘ng‘iroq qilish uchun.
Batafsil ma’lumotlar:
https://www.cdc.gov/ebola/situation-summary/returning-travelers.html
Uzbekistan Airways aviakompaniyasini tanlaganingiz uchun tashakkur.
Gruziyaga kirishni rad etish holatlarining oldini olish uchun quyidagilarga ishonch hosil qiling:
- Sizda zarur bo‘lgan barcha sayohat hujjatlari mavjudligi.
- Mamlakatda bo‘lishning butun muddati uchun tibbiy sug‘urta majburiy.
- Sizda ishlash uchun rasmiy taklifnoma mavjudligi (agar ishlash uchun boradigan bo‘lsangiz).
- Sizda Gruziya hududidagi mehmonxona uchun bron /yashash manzili mavjudligi.
- Mamlakatda bo‘lgan vaqtingizda yashash uchun yetarli miqdorda pul mablag‘ingiz mavjudligi.
Malayziyaga parvoz qilishni rejalashtirayotgan yo‘lovchilar uchun ma’lumotlar.
Hurmatli yo‘lovchilar!
2023-yil 1-dekabrdan boshlab Malayziyada barcha chet el fuqarolari uchun MDAC (Raqamli kirish kartasi) tizimi joriy etildi.
MDACni mamlakatga kelishdan kamida 3 kun oldin to‘ldirish kerak.
So‘rovnomani quyidagi sayt orqali to‘ldirish mumkin: https://imigresen-online.imi.gov.my/mdac/main yoki QR-CODE ni skanerlash orqali:
Hindistonga parvoz qilishni rejalashtirayotgan yo‘lovchilar uchun ma’lumotlar.
2025-yil 1-oktyabrdan boshlab Hindistonga tashrif buyuruvchi yo‘lovchilar immigratsiya nazorati peshtaxtalarida ushlanib qolmaslik va immigratsiya jarayonini soddalashtirish uchun Hindistonga kelishdan 72 soat oldin Disembarkation Card kartasini (kelish elektron kartalari) onlayn tarzda to‘ldirishlari kerak.
Hindistonga tashrif buyuruvchi xorijiy fuqarolar Disembarkation Card kartasini BOI sayti (https://boi.gov.in), Hindiston viza xizmati sayti (https://indianvisaonline.gov.in) va “Indian Visa Su-Swagatam” rasmiy mobil ilovasi orqali onlayn to‘ldirishlari mumkin.
Rossiya Federatsiyasi fuqarolarining Latviyaga kirishiga oid o‘zgarishlar
2025-yil 15-iyuldan boshlab Latviyada, Rossiya fuqarolari uchun Latviya Respublikasiga kirishda yagona amaldagi hujjat biometrik ma’lumotlarga ega pasport mavjud bo‘lishi to‘g‘risida qaror kuchga kiradi.
Qarorga muvofiq, amaldagi Shengen qisqa muddatli vizasiga ega bo‘lgan va biometrik ma’lumotlarga ega pasporti bo‘lmagan Rossiya fuqarolari endi Latviya Respublikasiga kira olmaydilar. Biroq, 2025-yil 15-iyulgacha Latviyaga kirganlar Shengen vizasi muddati tugagunga qadar Latviyada qolishlari mumkin.
Ilgari biometrik bo‘lmagan pasportlarga berilgan vizalar - vizada ko‘rsatilgan shartlarga muvofiq amal qiladi. Biroq, chegarani kesib o‘tish uchun viza bilan biometrik bo‘lmagan pasportga qo‘shimcha ravishda amaldagi biometrik pasportni taqdim etish kerak.
Ilgari Latviyaning uzoq muddatli vizalari va/yoki yashash guvohnomasini olgan Rossiya fuqarolari Latviya Respublikasida istiqomat qilishni davom ettirishlari, mamlakatga kirish yoki undan chiqishlari mumkin bo‘ladi, shuningdek, ularga 2026-yil 15-yanvargacha olti oylik vaqtinchalik o‘tish davri beriladi, bu davrda ular biometrik bo‘lmagan hujjatlarini biometrik ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan pasportga almashtirishlari mumkin bo‘ladi.
BAAga parvoz qilishni rejalashtirayotgan yo‘lovchilar uchun ma’lumotlar.
Birlashgan Arab Amirliklari hududiga kirishda O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi pasportining amal qilish muddatiga qo‘yiladigan talablar.
Birlashgan Arab Amirliklariga kirish uchun immigratsiya talablariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari Birlashgan Arab Amirliklariga kirgan kundan boshlab kamida 6 oy davomida amal qilishi kerak bo‘lgan xorijiy pasportga ega bo‘lishlari kerak. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun Birlashgan Arab Amirliklari hududida 30 kundan oshmagan muddat uchun viza talab etilmaydi.
Batafsil ma’lumotlar Birlashgan Arab Amirliklari Tashqi ishlar vazirligining rasmiy portalida - https://www.mofa.gov.ae/en/travel-update
Belarusga parvoz qilishni rejalashtirayotgan yo‘lovchilar uchun ma’lumotlar.
«Uzbekistan airways» AJ yo`llovchilarining Belarus Respublikasiga kirishi rad etilishining oldini olish uchun, quyidagilarga ishonch qilish lozim:
- Ilgari Belarus va Rossiya Federatsiyasi hududida mamlakat qonunlari va vaqtincha turish muddati buzilmaganligi
- Barcha kerakli sayohat hujjatlari mavjudligi
- Ishlash uchun rasmiy taklifnoma (ishlashga ketayotganlarga)
- Belarus Respublikasi hududida haqiqiy mehmonxona broni/yashash manzili mavjudligi
- Mamlakatda vaqtincha bo`lib turgan vaqtga yashash uchun yetarli pul miqdori (1 kun*25 AQSh dollari)
- Qaytish chiptasi
Belarus Respublikasi chegara xodimlari bilan suhbatda savollarga aniq va ishonch bilan javob berish kerak. Mamalakatga kelish sababini aniq ko`rsatish kerak.
Gruziyaga parvoz qilishni rejalashtirayotgan yo‘lovchilar uchun ma’lumotlar.
Chegarachilar bilan suhbatda Siz mamlakatga kelish sababini aniq ko‘rsatishingiz kerak, buning uchun qaytish chiptasi bo‘lishi tavsiya etiladi.
Turkiyaga kirishda pasportning amal qilish muddatiga qo‘yiladigan talablar.
2015-yil 1-yanvardan boshlab, “Chet elliklar va xalqaro himoya to‘g‘risida”gi 6458-sonli Qonunning 7.1 b-moddasiga binoan, Turkiyaga kirishni istagan chet elliklar o‘zlarining vizalari, elektron vizalari, vizasiz rejimi yoki yashash uchun ruxsatnomasidan keyin kamida 60 kun amal qiladigan sayohat hujjatini (pasportini) olib yurishlari kerak.
90 kunlik “qolish muddati” bilan Turkiyaga viza bilan kirish uchun chet elliklar kamida 60 kun davomida amal qiladigan pasport/sayohat hujjatiga ega bo'lishlari kerak, bunda mamlakatga kirish vaqtida amal qilish muddati 150 kun (90 kun + 60 kun/5 oy) ni tashkil qiladi
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, Turkiya Respublikasiga vizasiz kirish uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari chet el pasportiga ega bo‘lishlari kerakligini eslatib o‘tamiz, uning amal qilish muddati Turkiya Respublikasiga kirgan kundan boshlab kamida 150 kunni tashkil etadi.
Batafsil ma’lumotlarni quyidagi saytdan olishingiz mumkin: https://www.mfa.gov.tr/passport-validity-requirements-while-entering-turkey-in-accordance-with-law-on-foreigners-and-international-protection.en.mfa
Batafsil ma’lumot: https://www.iatatravelcentre.com/passport-visa-health-travel-document-requirements.htm