Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

“Yorqin haftalik” doirasida barcha xalqaro reyslarga 20% chegirma taqdim etamiz

2023 23 Noyabr
5419
Ulashing

Yangi yil bayrami arafasida sovg‘alar ulashish vaqti keldi! Uzbekistan Airways barcha xalqaro yo‘nalishlarning tariflarga 20% chegirma e’lon qiladi. Chegirma bir hafta davomida, 23-noyabrdan boshlab 30-noyabrga qadar davom etadi va aviakompaniyaning 2023-yilning 23-noyabridan boshlab 2024-yilning 29-fevraliga qadar amalga oshiriladigan xalqaro aviaqatnovlar uchun amal qiladi.

 

Aksiyasining batafsil shartlari:

  1. Sotuv davri 2023-yil 23-noyabrdan 2023-yil 30-noyabrgacha;
  2. Amal qilish muddati 2023-yil 23-noyabridan 2024-yil 29-fevraligacha;
  3. Taqdim etiladigan chegirma miqdori:
  • kattalar uchun tarifdan – 20%;
  • 2 yoshgacha va 2 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan salonda joy egallovchi bolalar uchun – bolalar tarifiga mos ravishda – 20%;
  • chegirma salonda joy egallamaydigan va 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun amal qilmaydi;
  1. Aviachipta qaytarilganda/qayta bronlashtirilganda/qayta rasmiylashtirilganda tarifga taqdim etilgan chegirma aviachiptani qaytarish/qayta bronlashtirish/NO-SHOW uchun undiriladigan yig‘imlarga nisbatan qo‘llanilmaydi. Bolalar uchun belgilangan tartibda (25% chegirma bilan) undiriladi;
  2. Ilgari sotib olingan aviachiptalar (2023-yil 22-noyabrgacha) 2023-yil 23-noyabrdan 2024-yil 29-fevralgacha bo‘lgan vaqt ichidagi reyslar uchun qayta rasmiylashtirilgan/qayta bron qilingan taqdirda, chegirma qo‘llanilmaydi;
  3. Bangkok, Myunxen, Nyu-Yorkka va ortga qaytuvchi yo‘nalishlar uchun ilgari belgilangan chegirmalar 2023-yil 23-noyabrdan bekor qilinadi;
  4. Bangkok/Myunxen/Nyu-York yoʻnalishlari boʻyicha toʻliq foydalanilmagan aviachiptalar uchun ilgari amalda boʻlgan chegirmani hisobga olingan holda, 29.02.2024 yilgacha bo‘lgan reyslar uchun ushbu chegirmani hisobga olib qayta rasmiylashtirishga ruxsat beriladi. Agar avval rasmiylashtirilgan aviachipta chegirmasiz rasmiylashtirilgan bo'lsa, qayta rasmiylashtirilganda joriy chegirma u uchun amal qilmaydi;
  5. 2023-yil 23-noyabrdan 2023-yil 30-noyabrgacha bo‘lgan “Yorqin payshanba” aksiyasi doirasida ilgari rasmiylashtirilgan to‘liq foydalanilmagan aviachiptalarni 2023-yil 23-noyabrdan 2024-yil 29-fevralgacha bo‘lgan parvozlar uchun ushbu chegirmani hisobga olgan holda qayta rasmiylashtirishga ruxsat beriladi;
  6. Chegirmalarni birlashtirish taqiqlanadi;
  7. Chegirma Uzbekistan Airways muntazam xalqaro aviaqatnovlarining e’lon qilingan barcha individual ekonom va biznes-klass tariflari uchun (bir tomon va borish-qaytish uchun) amal qiladi. CodeShare aviaqatnovlarida va Tijorat shartnomalari (SPA) ostida e’lon qilingan tariflar uchun amal qilmaydi.

 

Aviachiptalarni www.uzairways.com saytida, aviakompaniya agentlaridan va hozirda Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli ko‘chasi, 9-uyda joylashgan Uzbekistan Airways Sales filialida xarid qilish mumkin.

 

PDF-ni yuklab oling