Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

“Uzbekistan Helicopters” MCHJ tijorat maqsadlarida foydalanish uchun yangi vertolyotlar taqdimotini oʻtkazdi

2021 31 Iyul
134
Ulashing

2021-yil 31-iyul kuni “Uzbekistan Helicopters” MCHJ UAT samolyot-ta’mirlash majmuasida AIRBUS H-125 va MI-8MTV vertolyotlari taqdimotini oʻtkazdi. Bu haqda “Uzbekistan Airways” AJ axborot xizmati xabar berdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev turizm infratuzilmasini rivojlantirish loyihalari taqdimotlari bilan tanishar ekan, mamlakatimiz hududlarining transport logistikasini rivojlantirish muhim ahamiyatga ega ekanini, bu yurtimizning sayyohlik salohiyatini oshirishga imkon berishini bir necha bor ta’kidladi. Shu munosabat bilan sotib olingan yangi vertolyotlar davlat rahbari tomonidan belgilangan ichki turizmni rivojlantirish vazifalarini samarali hal etish imkonini berish bilan bir qatorda, mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzini oshirishga ham xizmat qiladi.

Tadbirning rasmiy dasturida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi bilan yaqindan hamkorlik qiluvchi “Uzbekistan Helicopters” MCHJ faoliyati ham namoyish etildi.

“Uzbekistan Helicopters” aerovizual parvozlar (aerofoto va videosuratga olish) boʻyicha xizmatlarni taqdim etadi, shuningdek, eng murakkab qurilish loyihalarining montaj ishlarini bajarish, yirik gabaritli yuklarni tashish, togʻlarga turistik ekskursiya parvozlarni va Oʻzbekistonning tarixiy shaharlari boʻylab yoʻlovchilarni tashishni ham amalga oshiradi. Ta’kidlash joizki, Uzbekistan Helicopters jamoasi uchun parvozlar xavfsizligi ustuvor yoʻnalish hisoblanadi. Buning uchun tashkilotda professional uchuvchilar va muhandis-texnik tarkib shakllantirilgan, moddiy-texnik baza muntazam ravishda modernizatsiya qilib borilmoqda.

Masalan, H125 vertolyoti yuqori baland togʻ va  issiq iqlim sharoitlarida ekspluatatsiya qilishga moslashtirilgan va  tashqi ilgakka osgan holda 1400 kg.gacha yukni olib keta oladi. Aviatransport shuningdek kuzatuv-qutqaruv operatsiyalarini amalga oshirish, yirik yongʻin maydonlarini oʻchirish, yuklarni koʻtarish, hosilni changlatish, elektr uzatish tarmoqlarini yuqoridan kuzatish, aerovideo tasvirga olish, parashyutda sakrash, geologik qidiruv va h.k. kabi keng koʻlamli vazifalarda samarali qoʻllaniladi.   

Bugungi kunda “Uzbekistan Helicopters” MCHJ uchuvchilari muhandislar va texniklar bilan hamkorlikda yangi AIRBUS H-125 va MI-8MTV-1 vertolyotlarini ekspluatatsiya qilish boʻyicha tajriba va malakalarini mustahkamlashmoqda. AIRBUS H-125 da parvoz qilish sifati va shunday xizmatning mavjudligi yaqin istiqbolda mamlakatda ichki turizmni rivojlantirish, aholining mobilligini oshirishga imkon berishi kutilmoqda.

Tadbir doirasida turizm sohasi vakillari, OAV va blogerlar toʻrtta yangi vertolyot bilan yaqindan tanishdilar va Toshkent-Beldersoy-Amirsoy-Chimgan yoʻnalishi boʻylab maxsus tanishuv parvozini amalga oshirdilar.

Telegram: t.me/uzbekistanairways

PDF-ni yuklab oling