Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Uzbekistan Airways’ning Sankt-Peterburgdagi vakolatxonasi

2023 16 Mart
1787
Ulashing

   2023-yilning 10-mart kuni “Uzbekistan Airways” AJning Sankt-Peterburg shahridagi vakolatxonasi O‘zbekiston Respublikasi Bosh konsulligi va AeroTour ko‘magida turoperatorlar va Rossiya sayyohlik kompaniyalari aviakompaniyaning 2023-yilgi yozgi parvozlar jadvaliga o‘tishga bag‘ishlangan tantanali tadbirini o‘tkazdi.  

Uchrashuvga ommaviy axborot vositalari vakillari, Sankt-Peterburg sayyohlik kompaniyalari top-menejerlari hamda Shimoliy poytaxt havo harakati – Pulkovo aeroporti rahbariyati taklif etildi.

Uzbekistan Airways’ning Sankt-Peterburgdagi vakili Xushnud Ortiqov mehmonlarni aviakompaniyaning 2023-yil bahor-yozgi jadvali bilan tanishtirdi, yangi xalqaro yo‘nalishlar haqida ma’lumot berdi. Tadbir davomida Rossiyadan Yevropa va Osiyoga sayohat qiluvchi yo‘lovchilar uchun Toshkentning yangi tranzit imkoniyatlari ham qayd etildi.

Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston o‘rtasidagi turizm va ishbilarmonlik aloqalarini mustahkamlash haqida O‘zbekiston Respublikasining Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsuli Alisher Babaev so‘zlab berdi.

Uzbekistan Airways aviaqatnovlarida O‘zbekiston Respublikasiga ko‘plab turistik guruhlarini shakllantirish imkonini beruvchi guruhli aviatashuvlar mavzusini ochib bergan AeroTour kompaniyasining taqdimoti rossiyalik turoperatorlarning qizg‘in munosabatiga sabab bo‘ldi.

Sankt-Peterburg sayyohlik kompaniyalari Oʻzbekiston Respublikasining Sankt-Peterburgdagi Bosh konsuli, Uzbekistan Airways aviakompaniyasi vakili va AeroTour xodimlari bilan Oʻzbekistonga aviachiptalarni bron qilish, aviakompaniyaning parvozlar dasturi boʻyicha masalalarni muhokama qilib, Oʻzbekistonning turizm imkoniyatlari haqida maʼlumot oldi hamda hamkorlik boʻyicha muzokaralar olib bordi.

PDF-ni yuklab oling