Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

Uzbekistan Airways’da "Shaffoflik va mas’uliyat: korrupsiya uchun jazoning muqarrarligi" mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi

2025 10 Iyul
Ulashing

Bugun, 2025-yil 10-iyul kuni "Uzbekistan Airways" AJ majlislar zalida "Shaffoflik va mas’uliyat: korrupsiya uchun jazoning muqarrarligi" mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi. 

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosari Svetlana Boymirzayevna Artikova va Toshkent aviatsiya transporti prokurori Sherzod Tairovich Mamajanov so‘zga chiqdi. 

Seminar davomida ishtirokchilarga aviatsiya sohasida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishning dolzarb jihatlari batafsil tushuntirildi. Aviakompaniyada korrupsiyaga qarshi madaniyatni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. 

Seminarni Svetlana Ortiqova ochiq va qulay formatda o‘tkazdi. U o‘z nutqida korrupsiyaga nisbatan prinsipial nafratni shakllantirishning shaxsiy yo‘li haqida ilhomlantiruvchi tarzda so‘zlab berdi va har qanday darajadagi nopoklik, manfaatparastlik va mansab vakolatini suiiste’mol qilish holatlariga nisbatan ichki murosasizlikni tarbiyalash muhimligini ta’kidladi. Spiker, shuningdek, kompaniya mutaxassislarining kundalik ish faoliyatda duch keladigan haqiqiy muammolar va chaqiriqlarga oid dolzarb savollariga javob berdi. 
 

Muhokama yakunlari bo‘yicha Svetlana Ortiqova "Uzbekistan Airways" AJ xodimlarining fikr-mulohazalari va takliflari asosida tegishli qonunchilik hujjatlarini tayyorlash bo‘yicha ishlarni boshlash tashabbusini koʻtardi. Bu nafaqat fuqaro aviatsiyasi sohasida, balki tizimli huquqiy zaifliklarni bartaraf etishni talab qiladigan biznes va davlat faoliyatining boshqa yo‘nalishlarida yanada shaffof va himoyalangan huquqiy muhitni yaratish yo‘lidagi muhim qadamdir. 

Svetlana Ortiqovaning chiqishi "Halol parvoz: aviakompaniyada korrupsiyaning oldini olish" shiori ostida bo‘lib o‘tdi va xodimlar orasida jonli aks-sado berdi. Seminarni Sherzod Mamajonov davom ettirib, sohadagi korrupsion xavf-xatarlar mavzusini yoritib berdi. Uning ta’kidlashicha, so‘nggi yillarda "Uzbekistan Airways" AJda birorta ham korrupsiya holati qayd etilmagan, bu esa kompaniya ichida olib borilayotgan profilaktika ishlarining yuqori samaradorligidan dalolat beradi. 
 

Tadbir jonli muloqot shaklida bo‘lib o‘tdi, unda kompaniya xodimlari faol ishtirok etib, korrupsiyaga qarshi qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha qimmatli takliflar berishdi. Korrupsiyaviy xavf-xatarlar yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ishlab chiqarish faoliyatining nozik jihatlari va ularni bartaraf etish yo‘llari muhokama qilindi. 

Seminar yakunida ISO 37001:2025 xalqaro standarti bo‘yicha o‘qitilgan va imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tgan "Uzbekistan Airways" AJ xodimlariga sertifikatlar topshirildi. Taqdirlash marosimini CERT Akademiyasi direktori Marat Xabibulin olib bordi. 
 

Seminar korrupsiyaga nisbatan murosasizlik tamoyillarini mustahkamlash, xodimlarning huquqiy ongini oshirish va aviatsiya sohasida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar uchun jazoning muqarrarligi yo‘lidagi yana bir qadam bo‘ldi.

PDF-ni yuklab oling
AI Assistant
Yordam kerakmi?