7 va 8-noyabr kunlari mamlakatimizning tarixiy markazi bölmiş Samarqand şahrida yilning eng kutilgan voqealaridan biri – Xalqaro Samarqand marafoni bölib ötdi. Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantiriş jamğarmasi qoşidagi xayriya taşkiloti tomonidan taşkil etilgan uşbu yirik sport tadbiri 15 000 ga yaqin iştirokçini birlaştirdi.

Uzbekistan Airways aviakompaniyasining yigirma nafar xodimi turli yuguriş masofalarida muvaffaqiyatli qatnaşib, yuksak jismoniy tayyorgarlik, qat’iyat va mustahkam hamjihatlik namunalarini körsatdilar. Soğlom turmuş tarzini qöllab-quvvatlaş hamda korporativ sportni rivojlantiriş aviakompaniyamiz madaniyatining ajralmas qismidir.

Har bir hamkasbimiz belgilangan masofani muvaffaqiyatli bosib ötib, öz yutuqlari qatorini marafonning esdalik medali bilan boyitdi. Biz hamkasblarimiz bilan çin dildan faxrlanamiz, faol hayotiy pozitsiyalari uçun ularga minnatdorlik bildiramiz hamda yuguriş yölaklarida ham, kasbiy faoliyatda ham yangi zafarlar tilab qolamiz!
Barcha yangiliklar