Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Uzbekistan Airways yana bir Airbus A320neo havo kemasini qabul qildi

2024 20 Aprel
287
Ulashing

Bugun, 20-aprel kuni Toshkent aeroportiga Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Airbus havo kemalari oilasining yigirma uchinchi A320neo avialayneri kelib qo‘ndi.

170 oʻrinli ikki toifali konfiguratsiyadagi havo kemasi Taynandan (Tayvan) yetib keldi va anʼanaga koʻra suv arkasi bilan kutib olindi. UK32040 davlat raqamiga ega havo kemasi uzoq muddatli ijara asosida yetkazib berildi va hozirda soddalashtirilgan livreyaga ega.

Samolyotni olib kelish aviakompaniyaning tajribali uchuvchilari – Airbus parvoz otryadi sardori o‘rinbosari Amrillo Nutfullaev va havo kemasi sardori Ivan Zinovyev tomonidan amalga oshirildi.

Havo kemasini qabul qilishda bortkuzatuvchi-instruktor Yuliya Agayeva va O‘zbekiston aviatsiya agentligi vakili Oybek Tangirov ham ishtirok etdi. Tez orada layner parvozlar jadvaliga kiritiladi va muntazam hamda charter aviaqatnovlarni amalga oshirishni boshlaydi.

“Uzbekistan Airways keng parvozlar geografiyasi, yangi yo‘nalishlar ochish hamda aviakompaniya parvozlarida yuqori darajadagi qulaylik va xavfsizlikni ta’minlash tufayli mintaqada yetakchilikni saqlab qolishga intiladi. Aviaparkdagi havo kemalarining yetarli bo‘lishi O‘zbekiston fuqarolariga sayohat qilish imkoniyatlarini kengroq tanlash va sayyohlarning mamlakatimizga bemalol tashrif buyurishini ta’minlash imkonini beradi. Asosiy aeroportda zarur tekshiruvlar amalga oshirilgach, havo kemasi parvozlarni amalga oshirishni boshlaydi va Uzbekistan Airways yo‘nalishlar tarmog‘ini kengaytirish dasturida ishtirok etadi. Yaqin haftalarda ushbu turdagi yana bir havo kemasini olib kelishni rejalashtiryapmiz”, — dedi “Uzbekistan Airways” AJ boshqaruvi raisi Shuhrat Shavkatovich Xudaykulov.

Bugungi kunda Airbus A320neo havo kemalari xavfsiz va tejamkor bo‘lgan dunyodagi mashhur va o‘rta masofaga parvoz qiluvchi eng yaxshi avialaynerlardan biri hisoblanadi.

O‘rtacha 150-200 o‘ringa ega, yangilangan havo kemasi tejamkor dvigatellar va fyuzelyaj dizaynidagi zamonaviy ishlanmalar tufayli yoqilg‘ini sezilarli darajada tejash imkonini beradi.

Ta’kidlash joizki, oldingi avlod avialaynerlariga nisbatan karbonad angidrid chiqarish darajasi 50% ga kamaytirilganligi tufayli samolyot raqobatchilari orasida eng ekologik toza sanaladi.

 

Uzbekistan Airways O‘zbekistondagi eng yirik aviakompaniya hisoblanadi. Aksiyadorlik jamiyati maqomiga ega. Uning aviaparkida Boeing 767/787, Airbus A320ceo/320neo/321neo/A330, L-410, ATR-72 kabi havo kemalar mavjud.

Uzbekistan Airways muntazam, charter va yuk tashuvchi aviqatnovlarni amalga oshiradi hamda Uzbekistan Airways Express loukoster tizimiga ega.

Aviakompaniya 2023-yilda 32 333 parvoz va 5 021 247  yo‘lovchini tashidi. Yo‘nalishlar tarmog’i va havo kemalar parkini doimiy ravishda kengaytirmoqda hamda ko‘rsatilayotgan xizmatlar darajasini yaxshilaydi. Parvoz xavfsizligi esa aviakompaniya uchun doimo ustuvor vazifa bo'lib qoladi.

Uzbekistan Airways tarkibiga quyidagi kompaniyalar ham kiradi: “Uzbekistan Helicopters” MChJ, “Uzbekistan Airways Technics” MChJ, “Catering” MChJ, “O‘quv-mashq markazi” MChJ.

PDF-ni yuklab oling