Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Uzbekistan Airways xorijiy sertifikatga ega bortkuzatuvchilarni ishga qabul qilishini e’lon qiladi

2023 17 Mart
3767
Ulashing

    Uzbekistan Airways xorijiy davlat tomonidan berilgan va boshqa aviakompaniyalarda ish tajribasiga ega bo‘lgan, amaldagi guvohnomasi (litsenziyasi) bor bortkuzatuvchilarni ishga qabul qilishini e’lon qiladi.

Nomzodlarga talablar:

  1. A320/321 havo kemalari uchun amal qiladigan ruxsatnoma;
  2. Bortkuzatuvchining amal qiluvchi guvohnomasi (litsenziya);
  3. Amaldagi tibbiy sertifikat (amal qilish muddati bir oydan kam bo‘lmagan);
  4. Ingliz tilini bilish darajasi (Intermediate’dan past bo‘lmagan);
  5. Parvoz ishlarida 6 oydan ko'p bo‘lmagan tanaffus;
  6. Bortkuzatuvchi sertifikatining (litsenziyasining) qonuniyligi to‘g‘risidagi guvohnoma;
  7. 3 yildan kam bo‘lmagan ish tajribasi;
  8. Yosh 25 dan 35 gacha;
  9. Bo‘yi 165 dan 175 smgacha.

Hujjatlar quyidagi elektron manziliga yuborilishi kerak: ca.school@uzairways.com

Shartnoma muddati 12 oy.

Eslatma: to‘ldirishingiz va yuborishingiz kerak bo‘lgan arizani havola orqali yuborishingiz mumkin.

Eslatma: ilova qilingan arizani to‘ldiring va yuqorida ko‘rsatilgan elektron pochta manzilingizga yuboring.

PDF-ni yuklab oling