Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

Uzbekistan Airways va Azerbaijan Airlines ufqlarni kengaytirmoqda: yangi code-share kelishuvi va yo‘lovchilar uchun ko‘proq qulaylik!

2025 16 Iyun
Ulashing

2025-yil 13-iyun kuni Uzbekistan Airways’ning Toshkentdagi bosh ofisida O‘zbekistonning flagman aviatashuvchisi va Ozarbayjonning milliy aviatashuvchisi – “Azerbaijan Airlines” (AZAL) aviakompaniyasi O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida sayohat qilish uchun yangi ufqlarni ochadigan parvozlarni birgalikda amalga oshirish (code-share) to‘g‘risidagi bitimni imzoladi.

Code-share kelishuvi – bu aviakompaniyalar o‘rtasidagi hamkorlik shakli bo‘lib, unda ular o‘z parvozkodlari ostida hamkor aviaqatnovlariga chiptalarni sotish va yo‘lovchilarga yo‘nalishlar va tutashuvlarning kengroq tanlovini taqdim etish orqali birgalikda parvozlarni amalga oshiradilar.

Yangi hamkorlik tufayli yo‘lovchilarga Toshkentdan Bokuga va ortga qaytuvchi, shuningdek, Bokudan Toshkentga va ortga qaytuvchi yo‘nalishlar bo‘yicha sayohatlarni rejalashtirishda yanada ko‘proq moslashuvchanlik taqdim etiladi. Endilikda sayohatchilar ikkala aviakompaniyaning haftasiga mavjud to‘qqizta aviaqatnovidan eng qulayini tanlash imkoniyatiga ega.

Kelishuv, shuningdek, tranzit yo‘lovchilarga tutashuvlarning keng tanlovini taqdim etib, Toshkent va Bokudagi xablar orqali xalqaro sayohatlar uchun yo‘nalishlarning qulayligi va ommabopligini oshiradi.

Bundan tashqari, Uzbekistan Airways yo‘lovchilari O‘zbekistonning ikkinchi eng muhim sayyohlik va madaniy markazidan qulay va samarali parvoz qilish imkoniyatlarini kengaytirib, "Azerbaijan Airlines" aviakompaniyasining Samarqand – Boku – Samarqandyo‘nalishi bo‘yicha parvozlaridan foydalanishlari mumkin bo‘ladi.

Shuhrat Yadgarov, Uzbekistan Airways Boshqaruv raisining tijorat va turizm bo‘yicha o‘rinbosari: “Har bir yangi kelishuv bilan biz shaharlarimiz va madaniyatlarimizni yaqinlashtirmoqdamiz. AZAL bilan code-share – bu nafaqat yo‘lovchilar uchun qulaylik, balki O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi do‘stlik va ochiqlik ramzidir. Ishonchimiz komilki, bu hamkorlik sayohatlar uchun yangi imkoniyatlar ochadi va xalqlarimizni yaqinlashtiradi.”

Shuningdek, “Azerbaijan Airlines” aviakompaniyasi tijorat direktori Jamil Manizade quyidagilarni ta’kidladi:

“Uzbekistan Airways bilan hamkorlik aviakompaniyalarning nafaqat yo‘nalishlar tarmog‘ini kengaytirish, balki mamlakatlarimiz xalqlari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash istagini aks ettiradi. Biz yo‘lovchilarga yanada ko‘proq qulaylik, moslashuvchanlik va sayohat uchun yangi yo‘nalishlarni taklif qilishdan mamnunmiz. Ushbu kelishuv Ozarbayjon va O‘zbekiston o‘rtasidagi yaqin hamkorlik, turizmni rivojlantirish va do‘stlikni mustahkamlash yo‘lidagi qadamdir.”

Kelishuv ikki mamlakat o‘rtasidagi transport aloqalarini mustahkamlash, ishbilarmonlik va sayyohlik almashinuvini rivojlantirish, shuningdek, ikki milliy aviatashuvchining sa’y-harakatlarini birlashtirish orqali yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi. 

 

 

Batafsil ma’lumot: www.uzairways.com

OAV uchun kontaktlar:

Jamoatchilik bilan aloqalar boshqarmasi

"Uzbekistan Airways" AJ

pr@uzairways.com

 

PDF-ni yuklab oling
AI Assistant
Yordam kerakmi?