Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Uzbekistan Airways uchuvchilarni qabul qilishini e’lon qiladi

2023 25 Yanvar
5392
Ulashing

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi A320/321, Boeing 787/767/757 samolyotlariga havo kemasi komandiri va ikkinchi uchuvchilarni ishga qabul qilishini e’lon qilinadi.

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:

  1. А320/321, Boeing 787/777/767/757/737 havo kemalari uchun ruxsatnoma;
  2. FA uchuvchisining amaldagi guvohnomasi (АTPL);
  3. Amaldagi tibbiy guvohnoma (amal qilish muddati 6 oydan kam bo‘lmagan);
  4. ICAO 4 shkalasi va undan yuqori boʻlgan ingliz tili darajasi (amal qilish muddati 6 oydan kam bo‘lmagan);
  5. RNAV, RVSM, EDTO, FANS, CAT II ICAO parvozlariga ruxsatnoma;
  6. 6 oydan koʻp bo‘lmagan muddatda parvoz ishidagi tanaffus;
  7. HKKlar uchun A320/321 turidagi havo kemalarda parvoz vaqti – kamida 1500 soat, ikkinchi uchuvchilar uchun – kamida 1000 soat;
  8. Rosaviatsiyadan guvohnomaning qonuniyligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma.

Hujjatlar quyidagi elektron pochtaga yuborilsin: fd.commission@uzairways.com

Hujjatlarni qabul qilish 10.02.2023 yilgacha amalga oshiriladi.

Saralashning rejalashtirilgan sanasi 13-14.02.2023, Toshkent shahrida.

Tanlov bosqichlari:

  1. Suhbat;
  2. ICAO shkalasi bo‘yicha inliz tili darajasini tekshirish;
  3. Trenajyor sinov.

Shartnoma tuzish muddati – 12 oy, keyinchalik uzaytirish bilan.

Tanlov ishtirokchilari tanlov o‘tkaziladigan joyga va ortga qaytish uchun “Uzbekistan airways” AJ reyslariga aviachiptalar taqdim etiladi;

HKK uchun oylik maosh 8000 AQSH dollaridan, ikkinchi uchuvchi uchun esa 3000 AQSH dollaridan boshlanadi;

Mehnat ta’tili 45 ish kunigacha;

Uchuvchi va oilasi uchun yilda bir marta chegirmali aviachiptalar beriladi. 

Eslatma: To‘ldirishingiz va yuborishingiz kerak bo‘lgan ariza ilova qilingan.

PDF-ni yuklab oling