Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

Uzbekistan Airways uchuvchilar tayyorlashni yangi bosqichga olib chiqmoqda

2025 22 Avgust
Ulashing

Uzbekistan Airways Egmont Aviation aviakompaniyasi bilan o‘zining uchuvchilar maktabi kursantlarini amaliyotga tayyorlash bo‘yicha shartnoma tuzdi. Birinchi guruh allaqachon nazariy tayyorgarlikni muvaffaqiyatli yakunlab, barcha imtihonlarni topshirdi. Hozirda ular Sloveniyada Egmont Aviation bazasida amaliy mashg‘ulotlarni o‘tamoqda.

Ma’lumot uchun: Egmont Aviation – Sloveniyaning EASA sertifikatiga ega uchuvchilar maktabi bo‘lib, u PPL darajasidan ATPL darajasigacha, shu jumladan litsenziyalarni konvertatsiya qilish dasturlari va aviatsiya ingliz tili kurslarini o‘qitadi.

Joriy yilning sentyabr oyidan boshlab o‘zbekistonlik kursantlarning yangi guruhi qo‘shma dastur doirasida o‘qishni boshlaydi. Nazariy tayyorgarlik Egmont Aviation yo‘riqchilari va o‘qituvchilarini jalb qilgan holda O‘zbekiston hududida, amaliy qismi esa Sloveniyada o‘tkaziladi.

Boshqaruv raisining parvozlar bo‘yicha o‘rinbosari Shahzod Ilyasovich Ikramov: "Agar ilgari Uzbekistan Airways kursantlari faqat O‘zbekiston havo hududida parvoz qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan bo‘lsa, endilikda amaliy qismni xorijda bajarish Uzbekistan Airways yosh uchuvchilariga Yevropaning turli mamlakatlari havo hududida tajriba orttirish, xalqaro standartlarga moslashish va kasbiy dunyoqarashini kengaytirish imkoni beradi."

O‘zbekistonlik kursantlar Maribora (Sloveniya) aeroportida parvozlarga amaliy tayyorgarlikdan o‘tadilar. Mashg‘ulotlar fuqaro aviatsiyasi uchuvchilarini tayyorlash bo‘yicha ko‘p yillik tajribaga ega malakali yevropalik yo‘riqchilar rahbarligida o‘tkaziladi. O‘quv kursini yakunlaganidan so‘ng, barcha kursantlar dunyoning ko‘plab mamlakatlarida e’tirof etilgan EASA (Yevropa aviatsiya xavfsizligi agentligi) xalqaro sertifikatini qo‘lga kiritadilar. Bu sertifikat ularga O‘zbekistonda ham, chet ellarda ham kelajak karyeralarini rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar ochadi.

Shunday qilib, Uzbekistan Airways aviatsiya ta’limini rivojlantirish yo‘lida oldinga ishonchli qadam tashlamoqda. Bo‘lajak uchuvchilarimiz jahon aviatsiya hamjamiyatining bir qismiga aylanib, Vatanga sadoqatini saqlab, uning nomini osmonlarda tarannum etmoqda.

PDF-ni yuklab oling
AI Assistant
Yordam kerakmi?