Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

Uzbekistan Airways uchuvchilar maktabining navbatdagi bitiruvchilari

2025 4 Iyun
Ulashing

“Uzbekistan Airways” AJ bosh ofisida aviakompaniya uchuvchilar maktabi bitiruvchilariga sertifikatlar tantanali ravishda topshirildi. Bu Uzbekistan Airways O‘quv-mashg‘ulot markazi mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan noyob dastlabki o‘qitish konsepsiyasi bo‘yicha tayyorlangan yosh uchuvchilarning ikkinchi guruhidir.

O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri Ilhom Maxkamov va “Uzbekistan Airways” AJ Boshqaruvi raisi Shuxrat Xudaykulov bitiruvchilar oldida tabrik nutqi so‘zladilar.

Ilhom Maxkamov uchuvchilar tarkibini tayyorlashda erishilgan natijalarni yuqori baholab, bu milliy aviatsiyaning mustahkam kadrlar bazasini shakllantirish yo‘lidagi muhim qadam ekanligini ta’kidladi. 

“Uzbekistan Airways” AJ Boshqaruv raisi Sh. Xudaykulov O‘zbekistonda fuqaro aviatsiyasini rivojlantirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanligini ta’kidlab, yangi uchuvchilarni tayyorlashda o‘z tajriba va bilimlarini sarflagan o‘qituvchi va murabbiylarga samimiy minnatdorchilik bildirdi.

S. U. Abdullayev, Sh. B. Akromxo‘jayev, J. M. G‘ulomov, U. Sh. Ikramov, T. B. Kenjayev, M. M. Muxamedov, J. D. Muxsimov, O. B. Qurbonovlar Airbus A320 havo kemasi uchuvchisi sertifikatini qo‘lga kiritdilar.

“Biz uchuvchilarni tayyorlashni davom ettirishni rejalashtirmoqdamiz, chunki oldinda havo kemalar parkini ko‘paytirish va yo‘nalishlar tarmog‘ini kengaytirish bo‘yicha katta rejalarimiz bor. Mana shunday kuchli va iqtidorli mutaxassislar jamoasiga boshchilik qilib, ishonch bilan ayta olamanki, biz muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan qo‘yilgan vazifalarni munosib bajaramiz. Sizning parvoz hayotingiz mazmunli va qiziqarli bo‘lishini, parvozlar soni har doim qo‘nishlar soniga teng bo‘lishini tilayman”, – dedi Boshqaruv raisi o‘z tabrik so‘zida. 

Ayniqsa, o‘quv jarayonida o‘zlarining nazariy va amaliy bilimlarini yosh avlodga o‘rgatib kelayotgan o‘qituvchi va murabbiylarga alohida minnatdorchilik bildirildi. Bular German Grigorevich Maligin, Konstantin Aleksandrovich Kalichko, Avaz Egamberdiyevich Qambarov, Bahrom Mannapovich Narxo‘jayev, Vladislav Markovich Argov va boshqalardir.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, "Uzbekistan Airways" AJ mamlakatning yetakchi universitetlari bilan hamkorlikni faol rivojlantirmoqda. 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab Toshkent davlat transport universiteti bilan – “Havo kemalarining parvoz ekspluatatsiyasi” yo‘nalishi va Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti bilan – “Aerokosmik muhandislik” yo‘nalishi bo‘yicha shartnomalar amal qila boshladi. 

O‘quv dasturi 2+2 formatida tashkil etilgan: ikki yil oliy o‘quv yurtida va ikki yil aviakompaniyaning O‘quv-mashg‘ulot markazi qoshidagi uchuvchilar maktabida o‘qish.

Shunday qilib, Uzbekistan Airways nafaqat professional uchuvchilarning yangi avlodini tayyorlamoqda, balki xalqaro standartlarga javob beradigan zamonaviy aviatsiya ta’limi tizimini ham shakllantirmoqda. 

PDF-ni yuklab oling