Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Uzbekistan Airways TXTY-2022 ishtirok etmoqda

2022 30 Noyabr
20
Ulashing

       Bugun, 30-noyabr “Uzbekistan Airways” Aksiyadorlik jamiyati bosh hamkori bo‘lgan Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi (TXTY) – “Ipak yo‘lida turizm” ochilishi  bo‘lib o‘tdi.  

Uch kun davomida aviakompaniya o‘zining muntazam mahalliy va xalqaro yo‘nalishlardagi yo‘lovchi, shuningdek, vertoltot turlarini imkoniyatlarini taqdim etadi. Mijozlar bazasining ko‘paytirish, B2B uchrashuvlar, davra suhbatlari – bularning barchasi TXTY-2022 xalqaro yarmarkasidan kutilayotgan natijalar. Yarmarka doirasida bir nechta uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi, unda Uzbekistan Airways aviakompaniyasining elchisi Sevara Nazarxon, travel bloggeri Xusnora Shadiyeva ishtirok etadi, shuningdek, Istanbulga ikkita chipta, vertolyot parvozi vaucheri, sadoqatlik kartalariga ballar va samolyot modellari o‘ynaladi.

Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi – “Ipak yo‘lidagi turizm” 2022-yilning 30-noyabrdan 2-dekabrgacha bo‘lib o‘tadi.

 

PDF-ni yuklab oling