Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

“Uzbekistan Airways Technics” MCHJ muhandis-texnik xodimlar malakasini oshirdi

2022 14 Oktabr
75
Ulashing

Malakali kadrlar – zamon talabidir. Butun dunyo bo‘ylab mutaxassislarni o‘qitish, tayyorlash va qayta tayyorlash ishlari olib borilmoqda. Bugungi kunda jamiyatimizning har bir sohasida xodimlarning malakasini oshirishni rivojlantirish bo‘yicha loyihalar amalga oshirilmoqda. “Uzbekistan Airways” AJning tarkibiy bo‘linmasi hisoblangan “Uzbekistan Airways Technics” MCHJ ham o‘z xodimlarining kasbiy mahoratini oshirishga harakat qilmoqda.

“Uzbekistan Airways Technics” MChJ bo‘linmalarining havo kemalariga va ularning tarkibiy qismlariga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha malakali muhandis-texnik xodimlarga bo‘lgan talabini baholash amalga oshirildi va o‘quv rejasi belgilandi. Rejaga “Uzbekistan Airways” AJ havo kemalarining, shuningdek, xorijiy mijozlarning parvozga yaroqliligini ta’minlash bo‘yicha ishlarni bajarish uchun zarur bo‘lgan o‘quv kurslari kiritildi.

Belgilangan rejaga muvofiq, o‘tgan yilning iyul oyidan 2022-yil iyuligacha qadar quyidagi o‘quv kurslari tashkil etildi va o‘tkazildi:

Havo kemasini o‘rganish bo‘yicha:
 GEnx dvigatelli Boeing 787
CFM56 dvigatelli Airbus А318/A319/А320/A321 va IAE V2500 dvigatelli A319/А320/A321
CFM Leap-1A dvigatelli A319/A320/A321 (A320neo) havo kemalarini CFM56 dvigatelli A318/A319/A320/A321 havo kemalaridan tuzilishi va texnik ko‘rikdagi farqni o‘rganish
Maxsus kurslarda quyidagi kabi ishlarni bajarishga tayyorgarlik ko‘rish:
Airbus A318/A319/A320/A321 CFM56 dvigatelli havo kemalarini ishga tushirish va sinovdan o‘tkazish, boroskopiya, Boeing 757 RR RB211 dvigatelini ishga tushirish va sinovdan o‘tkazish
g‘arbda ishlab chiqarilgan A321 havo kemalarining tarkibiy qismlari – asosiy g‘ildiraklari va karbon tormozlariga, A320 havo kemasining favqulodda evakuatsiya tizimiga texnik xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash
Airbus havo kemalariga texnik xizmat ko‘rsatish, tarkibiy qismlarini va kompozit materiallarini ta’mirlash va boshqalar.
 Axborot texnologiyalari asri, bu har bir xodimdan axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga ega bilishni va o‘z faoliyatida mahoratini tobora rivojlantirishni talab qiladi, bilamizki, texnologiya – bu kelajak demakdir. Uzbekistan Airways Technics, o‘z navbatida, doimiy ravishda o‘z xodimlarining malakasini oshirish ustida ishlamoqda. Axir, asosiy buyurtmachi – “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi unifikatsiya dasturi bo‘yicha o‘z parkini Airbus oilasining havo kemalari bilan to‘ldirib bormoqda. Bundan tashqari, UAT shuningdek, g‘arbda ishlab chiqarilgan har xil turdagi havo kemalarini ta’mirlash va texnik ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha Markaziy Osiyodagi taniqli aviatashkilotlardan biri hisoblanadi.

Shuni ta’kidlash kerakki, so‘nggi vaqtlarda yirik aviatsiya kompaniyalari ham yangi turdagi havo kemalarini yaratish imkoniyatlarini kengaytirmoqdalar. MCHJ shuningdek, Boeing-737 havo kemasining yangi turiga texnik xizmat ko‘rsatishni o‘zlashtirdi va shu munosabat bilan 52 kishi qayta o‘qitildi. Bundan tashqari, Boeing-747 havo kemasining yangi turiga texnik xizmat ko‘rsatish o‘zlashtirildi. Buning uchun 26 kishi qayta o‘qitildi, bu tashqi bozorda taklif etilayotgan xizmatlar doirasini kengaytirishga va xizmatlar eksporti, ish hajmi va ish haqi, rentabellikning oshishiga olib keladi.

O‘qitish kurslari dasturini aviazavodning 200 ga yaqin muhandis-texnik xodimlarni tamomlashdi. Tashkilot kelajakda o‘z oldiga katta rejalarni maqsad qilgan, u bu bilan cheklanib qolmoqchi emas va mutaxassislarni tayyorlash va malakasini oshirish dasturini rivojlantiradi. Axir, har bir muhandis o‘z mahoratini oshirishi kerak, chunki bu butun aviatsiya sohasining sifat darajasini oshirishning kalitidir.  

 

PDF-ni yuklab oling