Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

Uzbekistan Airways tadbirkorlarni ochiq muloqotga taklif qiladi

2026 22 May
Ulashing

Murojaatlarni tezkor ko‘rib chiqish va tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Uzbekistan Airways tizimida biznes vakillari bilan har kunlik uchrashuvlar o‘tkazish amaliyoti joriy etilmoqda. 

2026-yilning 15-avgustiga qadar ish kunlari soat 10:00 dan 13:00 gacha aviakompaniya rahbariyati hamda uning tarkibiy va tarmoq bo‘linmalari – “Catering”, “Uzbekistan Airways Technics”, “Uzbekistan Helicopters”, “Silk Avia” va “Uzbekistan Airways Sales” rahbarlari biznes vakillari uchun xizmatlarni rivojlantirish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, taklif va murojaatlarni ko‘rib chiqish masalalari yuzasidan ochiq qabullar o‘tkazadi.

Hamkorlik istiqbollari va yangi tashabbuslarni muhokama qilishdan mamnun bo‘lamiz! 

PDF-ni yuklab oling
AI Assistant
Yordam kerakmi?