Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

Uzbekistan Airways Nyu-Dehlida IATAning 81-Bosh assambleyasida ishtirok etdi

2025 3 Iyun
Ulashing

2025-yil 1-3-iyun kunlari Hindistonning Nyu-Dehli shahrida Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasining (IATA) 81-Bosh assambleyasi va Butunjahon havo transporti sammiti (WATS) bo‘lib o‘tdi. Tadbirda aviatsiya sohasi yetakchilari, hukumat va ommaviy axborot vositalari vakillaridan iborat 1 700 dan ortiq delegat ishtirok etdi.

O‘zbekistonning milliy aviatashuvchisi Uzbekistan Airways aviakompaniyasi tadbirda faol ishtirok etib, hamkorlar bilan bir qator uchrashuvlar o‘tkazdi va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi. Havo flotini kengaytirish, aviakompaniyaning butun yo‘nalishlar tarmog‘i bo‘ylab tranzit imkoniyatlarini takomillashtirish, raqamli texnologiyalarni joriy etish va yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbirning rasmiy qismi doirasida 2-iyun kuni Hindiston Bosh vaziri Shri Narendra Modi va Hindiston fuqaro aviatsiyasi vaziri Shri Kinjarapu Ram Moxan Naydu so‘zga chiqdi. Ular Hindiston aviatsiya infratuzilmasini rivojlantirish va havo transporti sohasida xalqaro aloqalarni mustahkamlashga intilishini ta’kidladilar. Xususan, Hindistonda aeroportlar sonini 200 taga yetkazish, ichki aviaqatnovlar narxini arzonlashtirish, xorijiy aviatashuvchilar bilan kooperatsiyani kuchaytirish rejalari aytildi.

Muhim voqealardan biri Uzbekistan Airways va Air India o‘rtasida interlay-kelishuv imzolanishi bo‘ldi. Kelishuv ikki mamlakat o‘rtasida turizm va ishbilarmonlik sayohatlarini rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar ochadi va Uzbekistan Airways’ning Janubiy Osiyo mintaqasidagi mavqeini mustahkamlaydi.

Shuningdek, Uzbekistan Airways vakillari IATA tomonidan tashkil etilgan barqaror rivojlanish, aviatsiyani raqamli transformatsiya qilish va parvozlar xavfsizligi choralarini kuchaytirish bo‘yicha strategik sessiyalarda ishtirok etdi. Forum doirasida bir qator xalqaro aviatashuvchilar va tegishli tashkilotlar bilan ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi.

Uzbekistan Airways’ning IATA Bosh assambleyasida ishtirok etishi kompaniyaning global aviatsiya hamjamiyatiga integratsiyalashish, mintaqada yetakchilikka intilish va o‘z xizmatlarini doimiy ravishda takomillashtirishga sodiqligidan dalolat beradi.

PDF-ni yuklab oling