Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Uzbekistan Airways bortida chaqaloq dunyoga keldi

2023 26 Aprel
1058
Ulashing

26-aprel kuni Toshkent-Istanbul yo'nalishi bo'yicha HY273 aviaqatnovi chaqaloq dunyoga kelishi bilan yakunlandi. Tug'ruq Istanbulga yaqinlashganda boshlandi. 1996-yilda tug'ilgan yo’lovchi Sitora A. bortkuzatuvchilarga og’riq boshlanganligini bildirgan. Brigadir vaziyatni baholab, bortdagi yo’lovchilarga murojaat qilib, agar ular orasida shifokorlar bo’lsa yordam berishlarini so'radi. Biroz vaqt o'tgach, yo'lovchi homiladorlikning 28-haftasida o'g'il farzandni dunyoga keltirdi. Xavfsiz qo'nishdan so'ng Istanbul xalqaro aeroportining tibbiyot xodimlari bortga chiqishdi. Ona va yangi tug'ilgan chaqaloq klinikaga yotqizildi, ularning ahvoli barqaror deb baholandi.

Aviakompaniya jamoasi nomidan kichik yurtdoshimizning ota-onasini farzandi tug'ilgani bilan tabriklaymiz, bortda tug'ruq jarayoniga yordam bergan ekipaj va shifokorlarga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Ushbu quvonchli voqea sharafiga Uzbekistan Airways tug’ruq jarayoniga har tomonlama yordam ko'rsatgan yo'lovchilarga esdalik sovg'alarini taqdim etadi. Ehtimol, Butunjahon uchuvchilar kunida havo kemasida tug'ilgan chaqaloq o'z hayotini osmon va aviatsiya bilan bog'lar.

PDF-ni yuklab oling