Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Uzbekistan Airways biznes aviatsiyasining 2022-yil yakunlari

2023 17 Yanvar
129
Ulashing

Uzbekistan Airways so‘nggi ikki yil ichida jadal rivojlanayotgan segment – ​​biznes aviatsiyasini yo‘lga qo‘ygan holda yo‘lovchi tashish sohasida ko‘rsatilayotgan xizmatlar ko‘lamini kengaytirdi.  Yoʻlovchilar tomonidan individual va shaxsiy aviaqatnovlarga boʻlgan talab ortib borayotganini hisobga olgan holda, aviakompaniya ushbu kichik aviatsiyaga 2021-yildan kirib kelgan va shu kungacha Oʻzbekiston Respublikasida biznes aviatsiyasini rivojlantirishga faol hissa qoʻshmoqda.

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi “Pilatus PC-24” biznes-jetini qo‘lga kiritgach, 2022-yilda O‘zbekiston Respublikasi va qo‘shni davlatlar aholisi hamda ishbilarmon doira vakillarining talabini qondirish maqsadida ushbu havo kemasidan Respublikamiz, shuningdek, undan tashqarida faol ekspluatatsiya qilishni muvaffaqiyatli boshladi.   

2022-yilda “Uzbekistan Airways” AJ “Pilatus PC-24” havo kemasida Ostona, Olmaota, Dushanbe, Ashxobod, O‘sh, Bishkek, Islomobod, Xo‘jand, Baku, Issiqko‘l va O‘zbekistonning faoliyat yuritayotgan barcha aeroportlari bo‘ylab 100 dan ortiq yo‘lovchi charter reyslarni amalga oshirdi.

Eslatib o‘tamiz, Pilatus PC-24 qulay parvoz uchun mo‘ljallangan Shveytsariya reaktiv samolyoti bo‘lib, 2500 kmgacha bo‘lgan masofada 8 tagacha yo‘lovchi uchun mo‘ljallangan.

PDF-ni yuklab oling