Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Sayyor qabul Surxondaryo viloyatida

2022 3 Mart
207
Ulashing

2022-yilning 3-mart kuni Termiz shahrida “Uzbekistan Airways” Aksiyadorlik jamiyati tomonidan navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi. Unda aviakompaniya, transport, turizm va madaniy meros hududiy boshqarmasi vakillari bilan birgalikda aviachiptalar sotuvi boʻyicha agentlar va jismoniy shaxslar, sayyohlik kompaniyalari, yoshlar, OAV va blogerlar ishtirok etdi.

Tadbir ishtirokchilariga “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining 30-yillik faoliyati davomida Oʻzbekiston fuqaro aviatsiyasi sohasida katta yutuqlarga erishgani haqida ma’lumot berildi. Aviaparkni Boeing va Airbus kabi yangi zamonaviy havo kemalari bilan toʻldirishi parvozlar geografiyasini kengaytirish va yoʻlovchilarga sifatli xizmat koʻrsatish imkoniyatidir.

Bundan tashqari, bugungi kunda har bir yoʻlovchi parvozdan keyin aviakompaniya tomonidan taqdim etilayotgan xizmatlarni shaxsan baholashi mumkinligi qayd etildi. Bunda ularga “Maxfiy yoʻlovchi” dasturi yordam beradi. Bu dasturdan barcha yoʻlovchilar foydalanishlari mumkin.

Bu borada ushbu sayyor qabulda ham yoʻlovchilar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini roʻyobga chiqarish, himoya qilish va kafolatlash borasida aniq manzilli ishlar amalga oshirilayotganligi toʻgʻrisida maʼlumot berildi.

Usmonali Normatov, “Surxon tongi” jurnalisti:

– Avval Sariosiyo aeroportidan uchib ketganimizni eslayman. Aviakompaniya parvozlarni amalga oshirishni rejalashtirganmi va umuman bu aeroportni ta’mirlash rejada bormi?

Va ikkinchi savol: nima uchun faqat talabalarga ta’tillarda imtiyozlar beriladi, bu aksiyani yil davomida uzaytirsa boʻladimi?

Faol jurnalistning birinchi savoliga Surxondaryo viloyati transport boshqarmasi vakillari javob berishdi – Sariosiyo aeroportini ta’mirlash 2022-2026 yillarga moʻljallangan rejaga kiritilgan.

Aziz Muxamedjanov, yoʻlovchi tashish boshqarmasi boshligʻi:

– Toshkentdan muntazam parvozni amalga oshirish borasida – agar talab mavjud boʻlsa, biz tayyormiz, albatta, xalqaro aviatsiya talablarini inobatga olgan holda.

Talabalarga beriladigan imtiyozlar – bu faqat biz bilan emas, balki bir nechta vazirlik va idoralar bilan birgalikda hal qilinishi kerak.

“Qizlar ham uchuvchi boʻlishi mumkinmi?” deb savol berdi talaba qizlardan biri majlislar zalidan. Forruxxoʻja Yaxyaev, parvoz xizmati departamenti direktorining oʻrinbosari batafsil javob berdi. “Bugungi kunda aviakompaniyamizda ayol uchuvchilar yoʻq. Agar kimdadir ushbu kasbga qiziqish boʻlsa, biz faqat xursand boʻlamiz. Yaqinda biz yangi kadrlarni tayyorlash va ishga olishni rejalashtirmoqdamiz”.

Ta’kidlash joizki, bir necha Osiyo mamlakatlaridan toʻgʻridan-toʻgʻri Termizga kelish va qaytish qatnovlarini ochish boʻyicha koʻplab takliflar kelib tushdi Bu ziyorat turizmi rivojiga xizmat qiladi. Bundan tashqari, Rossiya Federatsiyasining mashhur shaharlariga charter reyslarini amalga oshirish boʻyicha takliflar mavjud.

Sayyor qabul doirasida yoʻlovchilarni qiynayotgan muammolar boʻyicha savol-javob tariqasida ishtirokchilar bilan muloqot qilinib, aholining murojaatlari atroflicha oʻrganib chiqildi. Murojaatlarning aksariyat qismi joyida yechimini topdi, qoʻshimcha oʻrganish va vaqt talab qiladigan murojaatlar boʻyicha masʼul rahbar va xodimlarga tegishli topshiriqlar berildi.

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi ushbu xalq bilan uchrashuvlarni har bir viloyatda uyushtirib, yoʻlovchilarni qiynayotgan savollarga yechim topib, ularni taklif-mulohazalarini oʻrganishda davom etadi.

PDF-ni yuklab oling