Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Rossiya Federatsiyasiga borayotgan yoʻlovchilar diqqatiga

2021 10 Dekabr
59
Ulashing

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va inson farovonligini nazorat qilish federal xizmati (Rospotrebnadzor) “omikron” shtammining oʻziga xos xususiyatlari tufayli PZR-testlarining amal qilish muddatini qisqartirishga qaror qildi.

“COVID-19ga PZR usulida olingan laboratoriya tekshiruvi manfiy natijasining amal qilish muddati laboratoriya natijalari olingan vaqtdan boshlab 48 soatni tashkil etadi” – deyiladi hujjatda.

Endi, 8-dekabrdan boshlab, bunday sertifikatlar faqat 48 soat (test olingan vaqtdan boshlab) amal qiladi. Eslatib oʻtamiz, ilgari testlarning amal qilish muddati 72 soatni tashkil etgan.

Ushbu oʻzgarish Rossiya Federatsiyasiga borayotgan chet elliklar va Rossiyaga sayohat qilishni rejalashtirayotgan sayyohlar uchun ham muhim ahamiyatga ega.

Eslatib oʻtamiz, Rossiya Federatsiyasiga borishni rejalashtirayotgan yoʻlovchilar «Путешествую без COVID-19» ilovasidan roʻyxatdan oʻtishlari talab etiladi – https://www.uzairways.com/uz/press-center/news/rossiyaga-jonab-ketishni-rejalashtirayotgan-yolovchilar-uchun-muhim-xabar-0

Telegram: t.me/uzbekistanairways

PDF-ni yuklab oling