Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Qurbon hayiti munosabati bilan mahalliy yo‘nalishlarga bayram chegirmasi

2023 6 Iyun
1591
Ulashing

2023-yilning 8-iyunidan boshlab Uzbekistan Airways aviakompaniyasi tomonidan Qurbon hayit bayrami kunlari, ya’ni, shu yilning 28-iyunidan 2-iyuligacha amalga oshiriladigan barcha mahalliy reyslarning aviachiptalariga 50% chegirma taqdim etiladi.

Aviachiptalarni arzon narxlarda sotib oling va Qurbon hayitini oilangiz va do‘stlaringiz davrasida kutib oling. Uzbekistan Airways: dunyoni yaqinlashtirib!

Chegirmadan foydalanishning shartlari:

  1. Aviachiptalar sotuvi muddati 08.06.2023 dan 02.07.2023 gacha;
  2. Tashuv sanasi: 28.06.2023 dan 02.07.2023 gacha;
  3. Taqdim etiladigan chegirma miqdori:
  • kattalar uchun tarifdan – 50%;
  • 2 yoshgacha va 2 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan salonda joy egallovchi bolalar uchun – bolalar tarifiga mos ravishda chegirma miqdori kattalar tarifining – 50% ni tashkil qiladi);
  • сhegirma salonda joy egallamaydigan va 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun amal qilmaydi;
  1. Aviachipta qaytarilganda/qayta bronlashtirilganda/qayta rasmiylashtirilganda tarifga taqdim etilgan chegirma aviachiptani qaytarish/qayta bronlashtirish/NO-SHOW uchun undiriladigan yig‘imlarga nisbatan qo‘llanilmaydi. Bolalar uchun belgilangan tartibda (25% chegirma bilan) undiriladi;
  2. 28.06.2023 dan 02.07.2023 gacha amalga oshiriladigan reyslarga sotib olingan aviachiptalar qayta rasmiylashtirilsa yoki qayta bron qilinsa, tarifga chegirma qo‘llanilmaydi;
  3. 03.07.2023 dan boshlab qisman foydalanilgan aviachiptalar chegirmadan foydalangan holda qayta rasmiylashtirilgan/qayta bron qilingan taqdirda, aksiya davomida amalga oshiriladigan qatnovlarda 2-segmentga chegirma qo‘llanilmaydi;
  4. Chegirma faqat aksiya davriga to‘g‘ri keladigan aviaqatnovlar uchun qo‘llaniladi;
  5. Aviachiptalarni chegirma bilan aviakompaniyaning veb-saytida, “Uzbekistan Airways Sales” filiali va uning agentlaridan faqat O‘zbekiston fuqarolari sotib olishlari mumkin; 
  6. Chegirmalarni birlashtirish taqiqlanadi.

Aksiyasi doirasida aviachiptalarni aviakompaniyaning rasmiy www.uzairways.com sayti, UzAirways ilovasi orqali, shuningdek, Uzbekistan Airways Sales filialida yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilish mumkin.

PDF-ni yuklab oling