Uzbekistan Airways O‘zbekiston shaharlaridan Moskva va Sankt-Peterburgga dastlabki parvozli aviaqatnovlar uchun AKSIYA o‘tkazilayotgani haqida ma’lum qiladi. Unga ko‘ra, to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘nalishlarda xizmat ko‘rsatishning e’lon qilingan iqtisodiy toifadagi individual tariflaridan chegirma taqdim etiladi:
Aksiya muddati (sotuv sanalari) – 2025-yil 12–15-oktabr kunlari (shu jumladan).
Parvoz davri — cheklanmagan (parvoz amal qilish muddati qo‘llanilayotgan tarif qoidalariga asosan belgilanadi, aviachiptalarni e’lon qilingan jadval doirasida rasmiylashtirishga ruxsat etiladi).
Yo‘nalishlar — O‘zbekiston shaharlaridan Moskva va Sankt-Peterburg yo‘nalgan Uzbekistan Airways muntazam aviaqatnovlari, bunda HY aviaqatnovi operatori hisoblanadi (masalan, OW (one way – bir tomonga) tashuv Namangan–Moskva yoki RT (round trip – borib qaytish) tashuv Namangan–Moskva–Namangan).
DIQQAT!!! Chegirma Moskvadan yoki Sankt-Peterburgdan boshlanadigan yo‘nalishlarga (masalan, Moskva–Namangan, Moskva–Namangan–Moskva) qo‘llanilmaydi.
Iqtisodiy sinf tariflari uchun chegirmalar hajmi:
O‘zbekiston shaharlaridan Moskvaga birinchi uchish bilan — tarifdan 40% gacha
O‘zbekiston shaharlaridan Sankt-Peterburgga birinchi uchish bilan — tarifdan 30% gacha
2 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar va salonda joy egallagan 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun — mos ravishda 40% va 30% gacha chegirma, bolalar chegirmasi qo‘llanilgan holda;
Salonda joy egallamaydigan 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun chegirma amal qilmaydi.
Aviachiptani qaytarish / qayta bron qilish / qayta rasmiylashtirish holatlarida chegirma qaytarish, qayta rasmiylashtirish yoki NO-SHOW yig‘imlariga nisbatan qo‘llanilmaydi; bolalar uchun to‘lovlar belgilangan tartibda (25% chegirma bilan) olinadi. Qisman foydalanilgan chipta uchun qaytariladigan summa chegirmasiz foydalanilgan uchastka tarifidan hisoblanadi.
To‘liq foydalanilmagan, ammo chegirma bilan rasmiylashtirilgan aviachiptani qayta rasmiylashtirishda tarifning to‘liq miqdorigacha to‘lov amalga oshiriladi (chegirmalarsiz). Istisno holatlar: to‘plangan ballar evaziga “Z” klassga ko‘tarilish yoki Change Name Policy doirasida ism, familiya va pasport ma’lumotlarini o‘zgartirish.
Chegirma amal qilish davrida avval rasmiylashtirilgan aviachiptani qayta rasmiylashtirishda tarifga chegirma qo‘llanilmaydi.
Chegirma bilan rasmiylashtirilgan qisman foydalanilgan chiptani qayta rasmiylashtirishda hisob-kitob chipta rasmiylashtirilgan sanaga muvofiq (ya’ni chegirma bilan) amalga oshiriladi.
2025-yil 12–15-oktabr kunlari, 2025-yil 1-oktabrda HYWHFRTM promokodi (15% chegirma) bo‘yicha rasmiylashtirilgan chiptalarni qayta rasmiylashtirishda, 40% va 30% gacha bo‘lgan chegirmalar qo‘llanilmaydi — tarif to‘liq miqdorigacha to‘ldiriladi.
Chegirma bilan sotuv quyidagi joylarda amalga oshiriladi:
Aviakompaniya rasmiy sayti (UZS/USD/RUB) orqali;
O‘zbekiston hududida “Uzbekistan Airways Sales” filiali va uning agentlari orqali;
Chet elda faqat HY bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri agentlik shartnomasi asosida ishlaydigan (25021…) agentlar tarmog‘i orqali, yo‘lovchining fuqaroligidan qat’i nazar. Chegirma BSP agentlariga tatbiq etilmaydi.
Chegirmalarni birlashtirish taqiqlanadi (bolalar chegirmasidan tashqari).
Chegirma O‘zbekiston shaharlaridan Moskvaga va Sankt-Peterburgga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘nalishlardagi barcha e’lon qilingan individual iqtisodiy sinf tariflariga (shu jumladan past byudjetli aviaqatnovlarga) HY (25021…) stoklarida amal qiladi. CodeShare aviaqatnovlarida va SPA tijoriy kelishuvlari doirasidagi tariflarda qo‘llanilmaydi.
Chegirma o‘rindiqlar blokini ajratish shartnomalari doirasida va guruhli bronlar uchun amal qilmaydi.
Chegirma qo‘llaniladigan yo‘nalishlar boshqa yo‘nalishlar bilan birlashtirilgan taqdirda, tashuvni alohida aviachiptalar orqali rasmiylashtirish lozim.