Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

O‘zbekiston fuqarolari uchun Ukrainaga kirish qoidalari

2021 30 Sentabr
2363
Ulashing

2021-yil 13-sentabrdan boshlab Ukraina hududiga O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari kirishi uchun yangi qoidalar o‘rnatganligini eslatamiz.

Ukraina hududiga kirish uchun O‘zbekistonning barcha fuqarolari Ukrainada ro‘yxatdan o'tgan sug‘urta kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan COVID-19 dan davolanish xarajatlari, kuzatuvi va butun qolish muddati davomida amal qiladigan sug‘urta polisiga (guvohnoma, sertifikat) ega bo‘lishlari lozim.

Shuningdek, O‘zbekistondan Ukrainaga kelgan fuqarolar ham quyidagilarni taqdim etishlari shart:

  • JSST tomonidan foydalanish uchun tasdiqlangan COVID-19 ga qarshi vaksinasining bir yoki bir nechta dozasini olganligini tasdiqlovchi hujjat yoki
  • JSST tomonidan foydalanish uchun tasdiqlangan COVID-19 ga qarshi vaksinalarning birini olganligi, salbiy PZR-testi yoki COVID-19 butunlay sog‘ayishni tasdiqlovchi xorijiy namunadagi COVID-sertifikati yoki
  • Parvozdan 72 soat ko‘p bo‘lmagan vaqtda topshirilgan salbiy PZR-testi yoki ekspres-antigen testi.

Ukrainaga kirish uchun testlar emlangan shaxslar va 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Parvozdan 72 soat ichida PZR testi yoki ekspres-antigen testlari salbiy natija ko‘rsangan bo‘lsa, bunday shaxslarga o‘z-o‘zini izolyatsiya qilish sharti qo‘llanilmaydi.

Ta’kidlash joizki, koronavirusga qarshi emlanmagan va davlat chegarasini kesib o‘tgan 18 yoshdan oshgan barcha O‘zbekiston fuqarolari testning salbiy natijasiga ega bo‘lishlari va Ukraina hududida bo‘lish muddatidan qat’iy nazar, o‘z-o‘zini izolyatsiya qilishni nazorat qilish uchun Vdoma mobil ilovasini o‘rnatishlari va undan ro‘yxatdan o‘tishlari shart. Ilovani Google Play, App Store (Вдома)dan yuklab olish mumkin.

Batafsil ma’lumotni https://visitukraine.today/ru havolasi orqali ham olishingiz mumkin.

Telegram: t.me/uzbekistanairways

PDF-ni yuklab oling