Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

“Maxfiy yo‘lovchi” dasturiga qo‘shiling

2022 7 May
315
Ulashing

“Uzbekistan Airways” AJ faoliyatini takomillashtirish va yo‘lovchilarning fikr-mulohazalarini o‘rganish maqsadida 2021-yil 15-dekabrda “Maxfiy yo‘lovchi” dasturi ishga tushirildi, bu esa aviakompaniyaning havo kemasi sahnida ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini baholash imkonini beradi. 4 oy davomida dasturning 1300 dan ortiq ishtirokchisi aviakompaniyaning “maxfiy yo‘lovchilari”ga aylanib ulgurishdi va Uzbekistan Airways’ga alohida e’tibor va takomillashtirishni talab etadigan xizmat ko‘rsatish elementlarini aniqlashga yordam berishdi.  

18 yoshdan kichik bo‘lmagan Uzbekistan Airways’ning har bir yo‘lovchisi “Maxfiy yo‘lovchi” dasturi ishtirokchisi bo‘lishi mumkin. Ishtirokchilar miqdori cheklanmagan. Ishtirok etish uchun arizalar yil davomida istalgan vaqtda qabul qilinadi.

Dastur haqida batafsil ma’lumotni quyidagi havola orqali olishingiz mumkin  https://www.uzairways.com/uz/hy-maxfiy-yolovchisi-dasturi-togrisida-nizom

PDF-ni yuklab oling