Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Jahon banki vakillari bilan uchrashuv

2021 8 Iyun
123
Ulashing

Jahon bankining transport masalalari bo‘yicha katta iqtisodchisi va “Uzbekistan Airways” AJni O‘zbekiston aviatsiya sektorini isloh qilish bo‘yicha texnik ko‘mak berish doirasida amaliy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha loyiha rahbari Sevara Melibayeva boshchiligidagi mutaxassislardan iborat jamoa Toshkentga yetib keldi. Ular O‘zbekiston Respublikasi hukumatiga to‘lovi qoplanadigan maslahat xizmatlari ko‘rsatishning ikkinchi bosqichi davomida taqdim etiladigan amaliy yordam tadbirlarida ishtirok etishadi.  

“Uzbekistan Airways” AJ raisining birinchi o‘rinbosari Umid Xusanov xalqaro ekspertlarni O‘zbekistonga tashrifi bilan qutladi va bugungi kunda butun dunyodagi bunday beqaror epidemiologik vaziyatda dolzarb uchrashuvlarni o‘tkazilayotgani uchun minnatdorchilik bildirdi. Shuningdek, u ushbu uchrashuvlarning parvozlarni ishlab chiqish va sifatini ta’minlash, jumladan, xavfsizlik masalalari va eng muhimi, raqobatbardosh aviakompaniyani shakllantirish uchun muhimligini ta’kidladi.

Xalqaro ekspertlar ushbu dastur bo‘yicha parvozlar sifatini yaxshilash va xavfsizligini ta’minlash, yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish, shuningdek, ochiq muhitda moliyaviy prognozlarni tuzish bo‘yicha treninglar o‘tkazilishini ta‘kidladilar.  

To‘lovi qoplanadigan maslahat xizmatlari bo‘yicha birinchi faoliyat 2019-yil oktyabr oyida yakunlandi, natijada hukumat aviatsiya sohasida faol islohotlarni amalga oshirdi va “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi “Uzbekistan Airways” AJ va “Uzbekistan Airports” AJ kabi kompaniyalarga bo‘lindi. 2020-yil yanvar oyida O‘zbekiston hukumati va transport vazirligi “Uzbekistan Airways” AJ va “Uzbekistan Airports” AJ kabi yangi tashkil etilgan davlat korxonalarini qayta qurish ishlariga texnik yordam ko‘rsatish bo‘yicha qo‘shma ishlarni davom ettirishga qaror qilishdi. “Uzbekistan Airways” AJ ekspertlari va rahbariyati bilan birgalikda aviakompaniyani qayta qurish uchun biznes-reja va “yo‘l xaritasi”ni tayyorladik. Pandemiya vaqtida biz masofadan turib ishlashni davom ettirdik. Aviakompaniya rahbariyati iltimosiga ko‘ra biz jamoamizni safarbar etib, rahbariyatimizning ruxsati bilan O‘zbekistonga kelishga muvaffaq bo‘ldik, – deydi Sevara Melibayeva, Jahon bankining transport masalalari bo‘yicha katta iqtisodchisi va “Uzbekistan Airways” AJni O‘zbekiston aviatsiya sektorini isloh qilish bo‘yicha texnik ko‘mak doirasida amaliy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha loyiha rahbari.   

Tadbir davomida mahalliy sharoitga moslashishni hisobga olgan holda, O‘zbekistonda o‘z tajribasini qo‘llash maqsadida xalqaro toifadagi ekspertlarni jalb etish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar haqida ham to‘xtalib o‘tildi.

PDF-ni yuklab oling