Uzbekistan Airways Toshkent, Samarqand, Urganch va Andijondan Istanbulga va ortga qaytuvchi aviaqatnovlarida 4 kishidan 9 kishigacha bo‘lgan guruhlar uchun maxsus A4PAX tarifini joriy etmoqda.
Maxsus narxdagi chiptalarni 4-noyabrdan 11-noyabrgacha sotib olish, 15-noyabrdan 15-dekabrgacha esa sayohat qilish mumkin. Yo‘lovchilarga O‘zbekistondan uchishda 35 kg gacha va Istanbuldan qaytishda 45 kg gacha bepul yuk tashish imkoniyati beriladi.
• Ushbu tarif bo‘yicha sotuvlar faqat "Uzbekistan Airways" AJning o‘z muntazam aviaqatnovlarida aviakompaniya veb-saytida, O‘zbekiston Respublikasi hududida ("Uzbekistan Airways Sales" filiali va uning agentlari tomonidan), shuningdek, xorijda faqat o‘z sotuv tarmog‘i uchun ochiladi (HY bilan faqat to‘g‘ridan-to‘g‘ri agentlik shartnomalari bo‘yicha ishlaydigan agentlar, 25021...). BSP, ARC, TKP agentlariga taalluqli emas;
• Bitta bronlashda yo‘lovchilarning minimal soni – 4 kishi;
• Bitta bronlashda yo‘lovchilarning maksimal soni – 9 kishi;
• Ushbu tarif bo‘yicha qayta bronlash/qayta rasmiylashtirish va qaytarish taqiqlanadi;
• Toshkent, Samarqand, Urganch, Andijondan Istanbulgacha bo‘lgan uchastkada bepul bagaj tashish normasi – 35 kg, Istanbuldan Toshkent, Samarqand, Urganch, Andijongacha – 45 kg.
• Boshqa tarif turlari bilan birlashtirishga ruxsat berilmaydi.
➖Bir tomonga: har bir yo‘lovchi uchun 1 789 000 so‘mdan boshlab
➖Ikki tomonga: har bir yo‘lovchi uchun 3 339 000 so‘mdan boshlanadi
Chiptalarni booking.uzairways.com saytida, Uzbekistan Airways Sales filialida va aviakompaniyaning rasmiy agentlaridan xarid qilishingiz mumkin.
Barcha yangiliklar