“Uzbekistan Airways” AJ 2025-yil 16-iyun kuni Istanbul – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha HY272 aviaqatnovi amalga oshirayotgan havo kemasida sodir bo‘lgan voqea haqida ma’lum qiladi.
Parvoz paytida yo‘lovchilardan biri baland ovozda turmush o‘rtog‘i bilan munosabatlarini oydinlashtirishni boshlagan, bu esa havo kemasi bortidagi jamoat tartibini buzgan. Boshqa yo‘lovchilar va ekipaj a’zolarining nomaqbul xatti-harakatlarni to‘xtatishni bir necha bor so‘rashlariga qaramay, fuqaro o‘zini tajovuzkorona tutishda davom etgan, jumladan, boshqa yo‘lovchilar bilan janjallashib qolgan.
Ushbu harakatlar fuqaro havo kemasida o‘rnatilgan xulq-atvor me’yorlariga zid bo‘lgan parvoz tartibi va qulayligini buzish xavfini tug‘dirdi.
Toshkent shahar xalqaro aeroportiga qo‘ngandan so‘ng, tartibni buzgan ayol, amaldagi qonunchilikka muvofiq keyingi tergov-surishtiruv ishlari uchun Toshkent shahar xalqaro aeroportlarida xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi xodimlariga topshirildi.
“Uzbekistan Airways” AJ barcha yo‘lovchilarning xavfsizligi va qulayligini ta’minlash bizning ustuvor vazifamiz ekanligini eslatib o‘tadi. Biz barcha yo‘lovchilarni havo kemasida o‘zini tutish qoidalariga rioya qilishga va bir-birlariga hurmat bilan munosabatda bo‘lishga chaqiramiz.
Tushunganingiz uchun rahmat.