Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

Germaniya shaharlariga Uzbekistan Airways qanotlarida parvoz qilamiz

2023 30 Oktabr
538
Ulashing

Germaniya – Uzbekistan Airways xalqaro reyslarni amalga oshirishni boshlagan birinchi davlatlardan biri. 1993-yilda O‘zbekiston fuqarolari va mamlakatimiz mehmonlari Toshkentdan Yevropaning eng yirik biznes markazlaridan biri bo‘lgan Frankfurt shahriga sayohat qilish imkoniga ega bo‘lganlar.

Pandemiya hisobga olinmasa, 30 yil davomida Frankfurtga parvozlar muntazam amalga oshirilib, mamlakatlar o‘rtasidagi iqtisodiy va turizm aloqalari mustahkamlanib kelinmoqda. Bugungi kunda Toshkent va Frankfurt oʻrtasidagi havo qatnovi dushanba, payshanba va shanba kunlari zamonaviy Airbus 321Neo laynerida amalga oshiriladi.

29-oktyabrdan boshlab Uzbekistan Airways parvozlar xaritasida Germaniyaning yana bir shahri paydo bo‘ladi. Bu Bavariyadagi aholi soni eng zich joylashgan Myunxen. U o‘zining go‘zal arxitekturasi, gastronomiyasi va Oktoberfest festivali bilan butun dunyoga mashhur.

 Toshkent – Myunxen – Toshkent yoʻnalishi boʻyicha yangi aviaqatnovlar haftasiga ikki marta – juma va yakshanba kunlari quyidagi jadvalga muvofiq amalga oshiriladi:

  • Toshkentdan jo‘nab ketish soat 06:25 da;
  • Myunxenga yetib kelish soat 9:20 da;
  • Myunxendan jo‘nab ketish soat 10:45 da;
  • Toshkentga yetib kelish soat 21:05 da.

Uzbekistan Airways va Deutsche Bahn o‘rtasidagi kelishuv tufayli Frankfurt yoki Myunxenga sayohat yanada qiziqarli bo‘ladi. Chunki aviakompaniya yo‘lovchilari endilikda xalqaro parvozlarga va Germaniyaning Deutsche Bahn temir yo‘llarining bir qismiga yagona chipta sotib olish imkoniyatiga ega. Poyezdga chiqish talonini olish bo‘yicha batafsil yo‘riqnoma bilan quyidagi havola orqali tanishingiz mumkin – https://www.uzairways.com/ru/deutsche-bahn.

Germaniya shaharlaridan tashqari Uzbekistan Airways yo‘lovchilarga Toshkentdan Yevropaning Milan (juma), Parij (seshanba), Riga (dushanba, chorshanba va juma kunlari), London (seshanba va juma kunlari) kabi shaharlariga bo‘lgan aviaqatnovlarni taklif etadi.

Aviachiptalarni 3% chegirma bilan rasmiy veb-saytda, Uzbekistan Airways ilovasida, Uzbekistan Airways Sales filialida yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilishingiz mumkin.

Aloqa markazi telefon raqami: +998 78 140 02 00 (24\7)

 

Uzbekistan Airways O‘zbekistondagi eng yirik aviakompaniya hisoblanadi. Aksiyadorlik jamiyati maqomiga ega. Uning aviaparkida Boeing 767/787, Airbus A320ceo/320neo/321neo/A330, L-410, ATR-72 kabi havo kemalar mavjud.

Aviakompaniya 2022-yilda 3,9 milliondan ortiq yo‘lovchini tashidi. Yo‘nalishlar tarmog’i va havo kemalar parkini doimiy ravishda kengaytirmoqda hamda ko‘rsatilayotgan xizmatlar darajasini yaxshilaydi. Parvoz xavfsizligi esa aviakompaniya uchun doimo ustuvor vazifa bo'lib qoladi.

Uzbekistan Airways muntazam, charter va yuk tashuvchi aviqatnovlarni amalga oshiradi hamda Uzbekistan Airways Express loukoster tizimiga ega.

Uzbekistan Airways tarkibiga quyidagi kompaniyalar ham kiradi: “Uzbekistan Helicopters” MChJ, “Uzbekistan Airways Technics” MChJ, “Catering” MChJ, “O‘quv-mashq markazi” MChJ.

 

PDF-ni yuklab oling