Bugundan boshlab Uzbekistan Airways Express qatnovlarida parvozni yanada yoqimli qilish uchun mazali issiq ovqatga oldindan buyurtma berishingiz mumkin!
- Tanlash uchun ikki xil variant bor:
 - Bort issiq ovqatining to‘liq standart to‘plami – mol go‘shtidan garnirli issiq taom, sabzavotli salat/sabzavotli gazak, non va shirinlik: to‘lov kunidagi kurs bo‘yicha 10 yevro
 - Faqat mol go‘shtidan asosiy issiq taom garniri bilan: to‘lov kunidagi kurs bo‘yicha 5 yevro
 - Ovqat keytering xizmati tomonidan parvoz paytida amalda bo‘lgan standart menyu boʻyicha yetkazib beriladi va taomlar to‘plamidan tanlash imkoniyatini o‘z ichiga olmaydi.
 - Xizmat "Uzbekistan Airways Express"ning 2,5 soatdan ortiq davom etadigan qatnovlarida ko‘rsatiladi.
 - Buyurtma berish va xizmat uchun to‘lov aviachiptani rasmiylashtirish paytida yoki undan keyin amalga oshiriladi va jadvalda koʻrsatilgan parvoz vaqtidan 45 kun oldin boshlanadi hamda parvoz boshlanishidan 24 soat oldin to‘xtatiladi.
 - Xizmatni bron qilish, rasmiylashtirish va to‘lov faqat yo‘lovchi ko‘rsatgan yo‘nalish qismlari uchun amalga oshiriladi.
 - Yo‘lovchi aviachiptani ixtiyoriy ravishda qaytargan taqdirda, xizmat uchun to‘langan mablag‘lar jadval bo‘yicha parvozdan kamida 24 soat oldin qaytarilishi mumkin.
 - Aviachipta majburiy qaytarilganida xizmat uchun to‘langan summa to‘liq qaytariladi.
 
Xizmatdan aviakompaniya veb-saytida, mobil ilovasida, Uzbekistan Airways Sales filialida yoki aviakompaniya agentlari orqali foydalanish mumkin. Uzbekistan Airways Express bilan parvozingiz vaqtida sizga yoqimli ishtaha tilaymiz!
        
Barcha yangiliklar